Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 84
Статистика

Всего на сайте: 23
Гостей: 23
Пользователи: 0

19:21
Poroshenko Putin qanday holatda g‘alabaga erishishini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Bloomberg’ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, agarda Ukraina hukumati mamlakatdagi prezidentlik saylovlarini kechiktirsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozonadi.

«Agar biz prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirsak, unda bu holatda faqat bir g‘olib bo‘ladi va ushbu g‘olibning nomi - janob Putin. Biz unga bu imkoniyatni bermaymiz», - dedi Poroshenko.

Davlat rahbarining qayd etishicha, Ukrainada harbiy holatning joriy etilishi ukrainaliklar konstitutsiyaviy huquqlariga hech qanday cheklovlar qo‘ymaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari mudofaa qobiliyatini oshirish maqsadida harbiy holatni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya qanday holatga tushib qolganini aytgandi.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV telekanali efirida ma’lum qilishicha, Rossiya «total yakkalatib qo‘yilgan» holatda, Ukraina esa, aksincha, xalqaro arenadagi «faol o‘yinchi» hisoblanadi.
Категория: Dunyo news | Просмотров: 15 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: DUNYO | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: