Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Pokistonda fotosurati bilan dunyoga tanilgan moviy ko`zli afg`on ayoli qamoqqa olindi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 28-Октябрь-2016, 17:11

XX asrda fotosurati orqali mashhur bo`lgan afg`onistonlik Sharbat Gula nomli ayol Pokiston polisiyasi tomondan qamoqqa olindi, deb xabar berdi "Vesti.ru” nashri.

Moviy ko`zli afg`on ayolining fotosurati u 13 yoshligida, ya`ni 1985 yilda National Geographic jurnalining muqovasini bezagandi. Uning surati jahon fotografiyasi tarixida mashhur bo`lib, urushga qarshi bo`lgan ayol timsoli deb qabul qilingan edi. Sharbat Gula s`yomka paytida minglab afg`onlar kabi 1979 yilda Afg`onistonga kiritilgan sovet harbiylaridan qochgan qochoqlardan biri edi.

Sharbat Gula 26 oktyabr kuni Afg`onistonda davom etayotgan salkam 40 yillik fuqarolik urushidan qochgan, aksariyat afg`onlar yashaydigan Peshovar shahrida qo`lga olingan. Ayni vaqtda Pokiston hududida 1,4 million nafar afg`onlar yashaydi. Pokiston humuatining xabar berishicha, 44 yoshli Sharbat Gula qonunga zid ravishda Pokiston pasportini qo`lga kiritgan. Afg`on qochoqlari uchun qalbaki pasport sotib olish oddiy holga aylangan. Pokiston fuqaroligi ularga mamlakat hududida erkin harakatlanish, uy-joy sotib olish, shaxsiy biznesini ochish, nikohdan o`tish imkonini beradi. Qalbaki pasportlarga qarshi kurash "Tolibon” terrorchilik guruhi rahbari, otib o`ldirilgan Axtar Mansurning yonidan boshqa shaxsning nomiga olingan Pokiston pasporti topilgandan keyin kuchaygan. Terrorchi qalbaki pasport yordamida chegaradan bemalol o`tib-qaytib yurgan. Sharbat Gula 2014 yilda Sharbat Bibi nomi bilan qalbaki pasport olgan. Unga pasport olishda ko`maklashgan ikki xodimga nisbatan ham jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davomida ularning aybi isbotlansa, 14 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi, Sharbat Gula esa Afg`onistonga deportasiya qilinishi mumkin.  

Ayolni suratga tushirib, dunyoga mashhur qilgan fotosuratchi Stiv Makkarri Sharbat Gulaning qamalishiga o`sha kunning o`zidayoq norozilik bildirdi. U o`zining "Feysbuk” sahifasida ayolni qutqarish uchun qo`lidan kelgancha harakat qilishini, uning qamalishini esa inson huquqlarini poymol qilish, deya izoh qoldirgan.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Ayoli, Pokistonda, tanilgan, moviy, fotosurati, BILAN, dunyoga, kozli, afgon, qamoqqa

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги