Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Per Karden tojikistonlik model Parvina Saidovani Parijga taklif qildi

Автор: Adminкатегория: Dunyo newsдата: 11-Ноябрь-2016, 14:11

Besh farzandning onasi, bir qancha go`zallik tanlovlarining g`olibasi bo`lgan tojikistonlik model Fransiya  poytaxtini zabt etish uchun yo`l oldi, deb xabar berdi "Sputnik-tj.com” nashri.

Tojikistonlik model Parvina Saidova Astana shahrida o`tkazilgan Miss World Beauty go`zallik tanlovining g`olibasi bo`ldi. U Mrs International-2016 nominasiyasi bo`yicha tojni qo`lga kiritdi. Bu tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan bo`lgan 120 nafar model ishtirok etdi. Hakamlar hay`ati ularni tashqi qiyofasiga, vokal va xoreografiyadan xabardorligiga, milliy liboslariga qarab baholadi. 


27 yoshli Parvina Tojikistonning "Sputnik” nashriga bergan intervyusida, g`alaba qozonishiga ishonmaganligini tan oldi. Bu g`alaba Parvina uchun xalqaro go`zallik tanlovlariga chiqish uchun yo`l ochdi. U ilgari tanlovda qatnashish uchun 700-800 evro badal to`lagan bo`lsa, endi bu to`lovdan ozod qilindi.


Bundan ikki yil muqaddam, Parvina 25 yoshda beva qolgan. Boshiga tushgan bu musibat nafaqat shaxsiy hayotiga, balki karerasiga ham yomon ta`sir qilgan. U bu haqda shunday deb eslaydi: "Turmush o`rtog`im vafot etgandan keyin, 5 bola bilan yolg`iz qoldim. Nima qilishni, bundan buyog`iga qanday yashashni bilmay, depressiyaga tushib qoldim. Shunda yaqin dugonalarimdan biri bo`lgan, tojik shoirasi Shoira Rahimjon menga aktyorlik mahoratidan dars beruvchi shaxsiy Akademiyaga o`qishga borishni tavsiya qildi, depressiyadan chiqishimga yordam berdi”.


U o`qishga borib, bir hafta o`qimasidanoq, "Tojikfilm”da suratga olinishi rejalashtirilgan film kastingiga taklif etildi. Barcha talabgorlar ichidan aynan u tanlandi. Shundan so`ng tojikistonlik mashhur xonandalarning ham kliplarida suratga tushdi. Keyinchalik  "Novaya era” modellik agentligi bilan shartnoma tuzdi. 2016 yilning aprel oyida Odessada o`tkazilgan modalar haftaligida Top Model — 2016 unvoniga sazovor bo`ldi.











Manba: Darakchi.uz

Теги: Parijga, Karden, Parvina, model, Per, qildi, taklif, Saidovani, tojikistonlik

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги