Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Penelopa Krusning 10 qiyofasi

Автор: Activeкатегория: Qiziqarli (YANGILIKLAR)дата: 20-Октябрь-2016, 16:44

«Oskar» mukofotiga sazovor bo`lgan birinchi ispan aktrisasiva modeli Penelopa Krus 1974 yili Ispaniyada tavallud topgan. 50 dan ortifilmlarda suratga tushgan. «Viki KristinaBarselona», «Qaytish», «To`qqiz» kartinalardagi roli uchun«Oskar» va «Oltin globus» mukofotlariga nomzodi qo`yilgan.

1.      «Kino san`ati menga bir muhim narsani o`rgatdi, vaziyat taqozo qilsa «yo`q» deyish kerak ekan».

2.      «Har bir ayol egnidagi libosi bilan berkitilgan sirdir».

3.      «Shou-biznesga kirib kelgan paytlarim,  jurnalistlarning shaxsiy hayotimga aralashishlari yoqmas edi. Hatto ularga bir necha marta «shaxsiy hayotimning ishimga nima aloqasi bor», deb baqirganman xam. Lekin hozir ulg`aydim va bu o`yinning qoidalarini o`rgandim».

4.      «11 yoshimda balet bilan shug`ullanardim. O`sha kezlar aktrisa bo`lish men uchun oyga uchishdek ushalmas orzu edi».

5.      «Men uchun «Oskar» haykalchasi dunyodagi eng yaxshi o`yinchoq va ovunchoq. Uni u xonadan bu xonaga ko`chiraveraman. Muhim qaror qabul qilishdan oldin unga qarab o`ylanaman. Hatto, sohilga borganimda ham haykalchani qo`limdan qo`ymay olib borganman. Hamon uni qo`lga kiritganimga ishonmayman. Men uchun bu tush go`yo».

6.      «Tug`ilgan kunimni nishonlashni unchalik ham xush ko`rmayman. Chunki ko`pchilik  diqqat markazida bo`lganimda juda hayajonlanaman. Bir marta hayajondan bayram tortini puflayotib, sochimni kuydirib ham olganman».

7.      «Sevimli aktrisam - Meril Strip. Men u o`ynagan barcha filmlarni bir necha martalab tomosha qilganman».

8.      «Karib dengizida dam olishni judayam sevaman. U erda o`zimni xuddi vatanimdagidek his qilaman».

9.      «Mazali taomlarni juda yaxshi ko`raman. Soat 18.00 dan keyin ovqat eyishdan o`zimni hech to`xtata olmadim».

10.    «Menda ham, turmush o`rtog`imda ham hanuzgacha haydovchilik guvohnomasi yo`q. Shuni deb, ayrim muammolarga  duch kelib yuramiz».

11.    «Balki ishonmassiz, lekin ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifam yo`q. Men insonlar bir-biriga o`z qo`llari bilan qog`ozda xat yozgan kezlarni sog`inaman. O`sha paytlarning odami ekanligim shundan bo`lsa kerak».

12.    «Farzandlarim haqida gapiraveraman. Hatto, ko`chadagi notanish insonlar bilan ham ular haqida so`zlasha olaman. Men uchun eng yaxshi mavzu bolalarimdir».

Manba: Darakchi.uz

Теги: Krusning, QIYoFASI, 10, Penelopa

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги