0

«Paxtakor» mavsumdagi ilk o‘yinga tayyormi?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 28.02.2020
Ertaga, 10 fevral kuni «Paxtakor» OCHLning yangi mavsumidagi ishtirokini boshlaydi. Futbolimiz bayroqdorining ilk raqibi BAA chempionati yetakchisi «Shabob Al Ahli» jamoasi bo‘ladi. «Paxtakor» mavsumdagi ilk o‘yiniga tayyormi?

Bugun, 9 fevral kuni har ikki jamoa «Paxtakor» stadionida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Darvoqe, «Paxtakor» stadioni yopilishi kerak edi, ammo uning o‘rnida yangi stadion qurilishi haqidani gaplar shunchaki shov-shuv bo‘lib chiqdi. Bugungi mashg‘ulotlar vaqtida barchaning e’tibori «Shabob Al Ahli» futbolchisi Aziz G‘aniyevda bo‘ldi. Yaqindagina BAA jamoasi safida o‘tgan Aziz yangi jamoasidagi ilk o‘yini O‘zbekistonda o‘tkazishi mumkin.

«Shabob Al Ahli» ayni damda BAA chempionatida yetakchilik qilmoqda. Ahmad Halil 16-turdan keyin 36 ochko bilan 1-pog‘onaga joylashgan. Jamoa murabbiyi Aziz G‘aniyev bu o‘yinga tayyorligini, ammo hali jamoa uslubiga tushib olishi kerakligini aytdi. Bu esa Aziz katta ehtimol bilan ertaga asosiy tarkibda tushmasligini bildiradi. Ammo murabbiy uni ikkinchi tarkibda tushirishini ham istisno qilmaymiz.

«Paxtakor» haqida gapiradigan bo‘lsak, Arveladze jamoasi juda yaxshi holatda. Milliy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ham «Paxtakor»chilarni BAAdagi yig‘inga chaqirmay ularga yana yengillik berdi. «Paxtakor» futbolchilari yaxshi xordiq olib mavsumga tayyorlanishdi. Mavsumoldi yig‘in ham issiq BAAda o‘tkazildi. Arveladze jamoasi Eren Derdiyukdek kuchli hujumchi bilan kuchaydi. Katta ehtimol, «Paxtakor» 4-2-3-1 taktikasida o‘ynashni davom ettirsa kerak. Bu sxemada Derdiyuk hujumning oldingi chizig‘ida o‘ynaydi. Cheran, Hamdamov va Masharipov esa hujumkor uchlikni tashkil qiladi.

Теги: sport, YANGILIKLARI, kunlik