0

OzLiDeP O`zbekiston Prezidentligiga Shavkat Mirziyoev nomzodini ko`rsatish to`g`risida qaror qabul qildi

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 19-Октябрь-2016, 16:53

Joriy yilning 19 oktyabrida Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s`ezdi bo`lib o`tdi. Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan 300 ga yaqin delegat qatnashdi.

S`ezd ishtirokchilari 2016 yil 4 dekabrda bo`lib o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mamlakatimiz ijtimoiy–siyosiy hayotida muhim voqea ekanligi, unda O‘zLiDePning faol ishtirok etishi lozimligini qayd etdilar.

Anjuman qatnashchilari ta`kidlaganlaridek, mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Milliy davlatchiligimizning mustahkam asoslari yaratildi. Demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga o`tish, aholi hayot darajasini yuksaltirish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi. Qonun ustuvorligi, ko`ppartiyaviylik, demokratik saylovlar mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.

S`ezd ishtirokchilari tomonidan yurtimizda har tomonlama o`zini oqlagan islohotlarning davomiyligini, Vatanimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligini ta`minlash yo`lida faol ish olib borish vakillik organlarida eng ko`p deputatlik o`rinlariga ega bo`lgan etakchi siyosiy kuch sifatida O‘zLiDeP uchun bundan buyon ham asosiy maqsad bo`lib qolishi ta`kidlandi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining xozirgi bosqichida O‘zLiDePdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o`tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan rivojlanish yo`lini yangi, yuksak bosqichga ko`tarishga qodir, islohotlarning tub mohiyatini aniq biladigan, ularni amalga oshirish jarayonlarining faol ishtirokchisi bo`lgan, xalq taqdirini o`z taqdiri bilan chambarchas bog`lab, doimo el-yurt tashvishi bilan yashaydigan, tashabbuskor va tashkilotchi shaxs nomzodini ilgari surish zarurligi alohida qayd etildi.

Ana shu holatlarni hamda s`ezd delegatlarining chiqishlarida o`z aksini topgan saylovchilar va ko`p sonli partiya elektorati vakillari fikrlarini inobatga olgan holda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston-liberal demokratik partiyasining S`ezdi bo`lajak saylovlarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish, mustaqil davlatchilik asoslarini barpo etish va mustahkamlashda, bozor tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi iqtisodiy tizimni shakllantirishda O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovga uzoq yillar elkadosh bo`lib ishlagan, o`zining butun mehnat faoliyatini Vatanimiz ravnaqiga bag`ishlab kelayotgan inson, o`zining amaliy faoliyati bilan yurtdoshlarimiz orasida haqli ravishda katta hurmat va obro`-e`tibor qozongan, partiya Siyosiy Kengashining a`zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoev nomzodini ko`rsatish to`g`risida  qaror qabul qildi.

Tadbirda O‘zLiDeP tomonidan ko`rsatilayotgan nomzod shu yilning 4 dekabrida bo`lib o`tadigan saylovlarda xalqimiz tomonidan qo`llab-quvvatlanishiga ishonch bildirildi.

S`ezdda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod Sh.M.Mirziyoev o`z saylovoldi dasturining asosiy yo`nalishlari haqida ma`ruza qildi.

S`ezd qaroriga ko`ra O‘zLiDeP qonunda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya nomzodini ro`yhatga olishni so`rab O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga murojaat etadi.

S`ezdda ko`rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Prezidentligiga, korsatish, qaror, Mirziyoev, Ozbekiston, togrisida, qabul, nomzodini, Shavkat, OzLiDeP

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги