0

«Oqtepa lavash» barcha filiallarini yopdi (video)

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 27.06.2019
«Oqtepa lavash» ovqatlanish tarmog‘i barcha filiallarini yopdi. Bu haqda «Oqtepa lavash» MChJ rahbari Hayot G‘ulomov «Sevimli» telekanalining «Zamon» dasturiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.



Toshkentda «Oqtepa lavash»dan ommaviy zaharlanganlar soni 41 nafarga yetgani xabar qilingandi. Poytaxtimizda yuz bergan ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ovqatdan ommaviy zaharlanish bo‘lgani va u «Oqtepa lavash» umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’moli bilan bog‘langani haqida xabar qilgandik.

«Oqtepa lavash» ma’muriyati Feysbukdagi sahifasida mazkur voqealarga izoh berib, javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi. Dastlabki xabarda zaharlanganlar soni 15 nafarni tashkil etgani aytilgandi.

Теги: Yurtimizda