0

Olimlar yovuz ruhlar bilan tillashishda yordam beruvchi qadimiy narkotiklarni topishdi…

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Qiziqarli (YANGILIKLAR)дата: 23.05.2019
Yaqinda amerikalik arxeologlar Boliviyaning Kueva-del-Chileno g'oridan qadimda yashagan shamanlarning hayvon terisidan tikilgan maxsus sumkasini topishdi. Sumkada turli narkotiklar, ularni maydalash uchun mo'ljallangan to'mtoq yog'och ham bor edi. Laboratoriya tekshiruvlari, tahlillar sumkada tarkibida bufotenin, dimetiltriptamin, guamin, kokain va benzoilekgonin moddalari mavjud bo'lgan narkotiklar saqlanganini ko'rsatdi. Aynan ular shamanni gallyutsinatsiya holatiga tushirgan va go'yo u kayfda yovuz ruhlar bilan tillashgan. Aslida esa bu narkomanlikka mukkadan ketish xolos. Buning isbotini tarixiy turk seriallaridagi alohida sahnalardan ham bilib olsa bo'ladi. Ularda mo'g'ul shamanlari narkotik tayyorlashi, keyin oldin o'zi, ketidan askarlarga ichirishi ajoyib tarzda tasvirlangan. Narkotiklar esa askar jangga kirganda, o'limdan qo'rqmasligi uchun berilgan. Amerika olimlari tahlillar o'tkazish jarayonida shu narsani hisobga olib qo'yishlari lozim edi. Biroq e'tibor berishmagan. Haqiqatni aytganda, narkotik iste'mol qilganning o'zi o'sha yovuz ruhlarga o'xshab qoladi.

Astag'firillo!

Теги: Foydali