Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Uzbekona.uz portali yanada ommalashishi uchun qanday yo'l tutgan ma'qul?
Всего ответов: 33
Статистика

Всего на сайте: 19
Гостей: 19
Пользователи: 0

19:16
Olimlar cho‘zilgani sari qalinlashadigan sun’iy materialni yaratdi
Buyuk Britaniyaning Lids universiteti tadqiqotchilari beqiyos auksetik tarkibga ega yangi materialni sintez qildi. Material cho‘zilgani sari qalinlashadi. Mushuk terisi, odam organizmidagi paylar tabiiy auksetiklar hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida bu turdagi material birinchi marta yaratildi.

Yangi sintetik material molekulyar darajada auksetik hisoblanadi. Bu esa materialni tayyorlash juda qiyin ekanligini anglatadi, ishlab chiqarish jarayonidan oldin esa qo‘shimcha tadqiqotlar talab qilinadi. Auksetiklar energiyani juda yaxshi yutadi va yuqori mustahkamlikka ega. Kelajakda materialdan zirhli jiletlar, binolarda ushlab turuvchi konstruksiyalar va tibbiy qurilmalar tayyorlash mumkin bo‘ladi.
Категория: Qiziqarli (YANGILIKLAR) | Просмотров: 16 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: DUNYO | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: