0

Odnoklassniki qoʻllab-quvvatlash xizmatiga ega, anonim tartibda ishlovchi chat faoliyatini boshlab yubordi

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Texnoдата: 20.03.2019
Odnoklassniki roʻyxatdan oʻtmagan foydalanuvchilarga onlayn-chatda ijtimoiy tarmoqlar oʻrtasida birinchilardan boʻlib yordam bera boshladi. Parolni oʻzgartirish yoki oʻchirilgan profil bilan bogʻliq masalalarni endi qoʻllab-quvvatlash xizmati xodimlari bilan shaxsiy yozishmalar orqali, ijtimoiy tarmoq sahifasiga kirmagan holda hal etish mumkin.

Roʻyxatdan oʻtmagan foydalanuvchilar murojaatlarining 70 foizi OK qoʻllab-quvvatlash xizmatiga yoʻnaltiriladi. Bunda muloqot onlayn-chatda pochtadan farqli ravishda tezroq oʻtadi, demak ijtimoiy tarmoq sahifasiga kirish imkoniyatini qayta tiklash uchun kamroq vaqt talab etiladi. Ilgari qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan muloqot faqat pochta orqali amalga oshirilar, javobga taxminan 2 soat vaqt sarflanar edi. Endi javobning oʻrtacha vaqti 2-5 daqiqadan oshmaydi, profilni qayta tiklash uchun esa 15-20 daqiqa (pochtadan farqli ravishda 5 baravar kam) sarflanadi, xolos.

Hozircha chat orqali qoʻllab-quvvatlash xizmatiga masalan, parolni qayta tiklash qodi kelmagan yoki profilni telefon raqami orqali tiklash mumkin boʻlmagan holatlar yuzasidan ayrim namunaviy murojaatlarni joʻnatish mumkin. Kelgusida anonim tartibdagi barcha masalalar chatda qayta ishlanadi.

Yangi imkoniyatdan ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasida foydalanish mumkin. Qoʻllab-quvvatlash xizmatiga ega chatni ochish uchun “Parolni unutdingizmi?” tugmasini bosish, oʻz profilini topish va shundan soʻng “Biz bilan bogʻlaning” havolasini bosish lozim. Tegishli shakl toʻldirilganidan soʻng, ekranning quyi burchagida qoʻllab-quvvatlash xizmatiga ega chat ochiladi.

Kelgusida foydalanuvchilarning qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan anonim tartibdagi muloqoti avtomatik tarzda amalga oshiriladi: murojaatlarning qismini maxsus chat-bot qayta ishlaydi. Shuningdek, onlayn-chatdan OKning mobil versiyasida hamda ijtimoiy tarmoqning iOS va Android uchun moʻljallangan ilovalarida foydalanish mumkin boʻladi.

Qoʻllab-quvvatlash xizmati oʻz faoliyatini roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun OKning bevosita xabarnomalar servisida 2017 yilda boshlab yubordi. Ushbu davr mobaynida javobning oʻrtacha vaqti 7 baravar qisqardi va ayni paytda qariyb 3 daqiqani tashkil etadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqning qoʻllab-quvvatlash xizmati sutka mobaynida foydalanuvchilarning 10 mingtadan ortiq savollariga javob beradi.

Теги: Texnalogiya

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: