Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Obama AQSh harbiy intervensiyalarining oqibatlarini tan oldi

Автор: PerFecTкатегория: Dunyo newsдата: 05-Ноябрь-2016, 19:02
AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, AQShning harbiy intervensiyalari ayrim hollarda, vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirayotgan bo'lsa-da, ba`zan Vashingtonning aralashuvi kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Shu bilan muammo kattalashib ketmoqda, degan Barak Obama HBO telekanaliga bergan intervyusida."Butun dunyo bo'ylab yomon hodisalar bo'lmoqda. Va biz nimadir qilishimiz kerakligini sezmoqdamiz. Bu albatta, intervensiyalar foyda bergan holatlarga tegishli. Biroq, ayrim vaziyatlarda shunday qarorlar yanada yirik muammolarni ham keltirib chiqaradi. U yoki bu harakatlar qanday samara berishini aniqlash, — har qanday prezident oldida turgan murakkab vazifalardan biridir", — degan Obama.Ammo, uning izoh berishicha, amerikaliklarni IShID va "Al-Qoida" kabi terrorchilik tashkilotlari xurujidan himoya qilish masalasi borasida harbiy vositalarga murojaat qilish kerak bo'ladi.Obamaning fikricha, "jahon tartibi"ni saqlash uchun AQSh ittifoqchilariga ega bo'lishi kerak va ular bilan xalqaro maydonda hamkorlik qilishi zarur.
Manba: Kun.uz
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги