0

O‘zbekistonliklar nechta davlatga vizasiz borishi mumkin

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Uzb Newsдата: 18.07.2019
Henley & Partners ayrim o‘zgarishlarni kiritib, dunyo pasportlari reytingini taqdim etdi.
Bu reyting fuqarolari viza yoki boshqa maxsus hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tashrif buyurish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati asosida tuziladi.

Birinchi pog‘onada Yaponiya va Singapur. Bu davlat fuqarolari 189 ta mamlakatga bemalol sayohat qilishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda Germaniya, Finlyandiya va Janubiy Koreya – 187 ta mamlakat, uchinchi o‘rinda Daniya, Italiya va Lyuksemburg – 186 ta davlat.

Shuningdek, Latviya 10 o‘rin (179 davlat), Ukraina – 44 o‘rin (126 davlat) va Rossiya – 51 o‘rin (116 davlat).

Markaziy Osiyoda vaziyat ozgina boshqacha. O‘zbekiston 88-chi o‘rinda, respublika fuqarolari qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirmasdan 56 ta davlatga borishi mumkin. Tojikiston 87 o‘rinda (57 davlat), Qirg‘iziston 82-chi o‘rinda (82 davlat), Qozog‘iston 69 ta, respublika fuqarolari uchun 75 ta davlat o‘z eshiklarini ochadi.

Теги: Yurtimizda