0

O‘zbekiston Pro-ligasi futbolchilari totalizatorda ishtirok etgani gumon qilinmoqda

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Sport newsдата: 20.06.2019
O‘zPFL V Pro-liga ishtirokchisi bo‘lgan «Zarangari» futbol klubi a’zolarining totalizatorda ishtirok etganidan shubhalanishni boshladi.

«Zarangari» futbol klubi bungacha V Pro-liganing 3–turidan joy olgan «Zomin»ga qarshi o‘yinga o‘z vaqtida yetib kelmagani uchun texnik mag‘lubiyatga loyiq ko‘rilgandi. Mazkur klub bugun bo‘lib o‘tadigan «Orol»ga qarshi uchrashuvda ham ishtirok etmaydi. Reglamentga ko‘ra, jamoa musobaqadan chetlashtirilishi kerak. Klub litsenziyasining qaytarib olinishi masalasi O‘FA tegishli qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Klub rasmiylarining O‘zPFLga ma’lum qilishicha, 5-turdan o‘rin olgan Navoiyning «Ittifoq» klubiga qarshi uchrashuvda bir qator futbolchilar totalizatorda ishtirok etgan. Shundan kelib chiqib, O‘FA maxsus inspeksiyasi mazkur jamoalar ishini o‘rganishni boshlaydi. «Zarangari» klubidan ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar bu ish bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarilmaguniga qadar boshqa klublardan ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi katta ehtimol.

Xullas, futbol rivojiga bolta urayotgan futbolchi va murabbiylar sekin-sekin chiqib kelyapti.

Теги: sport