Реклама
Новый песни и популярные музыка !
Место для вашей рекламы !
Место для вашей рекламы !
Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
Кино
» Uzb News
“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2021-yilda erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarga 4,1 trillion so‘m miqdorida su
“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2021-yilda erkin iqtisodiy va sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarga 4,1 trillion so‘m miqdorida su
Дата: 26.04.2022, 11:00

Milliy iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va yo‘nalishlariga amal qilgan holda, “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan erkin iqtisodiy-industrial va kichik sanoat hamda ixtisoslashtirilgan zonalar hududlarida sug‘urta faoliyatini barqaror rivojlanishiga erishildi.

Qabul qilingan majburiyatlar hajmi 4,1 trillion so‘mni tashkil etdi. 2021-yilda sug‘urta turlarining mazkur yo‘nalishi bo‘yicha 4,0 milliard so‘m miqdoridagi sug‘urta mukofoti ta’minlanib, sug‘urtalash hajmi 2020-yilga nisbatan 136 foizga o‘sdi.

Respublika hududlaridagi iqtisodiy va sanoat zonalari rezident korxonalari bilan 297 ta shartnomalar tuzildi. “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan 2021-yil mobaynida erkin iqtisodiy-industrial va kichik sanoat zonalari subyektlari bilan tuzilgan 52 ta shartnomalar bo‘yicha 1,9 milliard so‘m miqdoridagi sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Joriy yilda ham kompaniya erkin iqtisodiy-industrial, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan hududlarning rezident korxonalari bilan faol ish olib borishni davom ettiradi.

Xususan, iqtisodiy va sanoat hududlardagi korxonalarning sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha joylarga chiqqan holda konsultatsiyalar o‘tkazish, korxonalar uchun dolzarb bo‘lgan, ularning talab va istaklarini inobatga olgan holda, yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, kompleks sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish kabi qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Новые песни

Diqqat, Diqqat !
Xato va kamchiliklar bo'lsa shikoyatlar uchun bizga murojaat qiling.
Biz bilan bog'lanish !


Поделиться:

Метки: | Ko'rildi: 41
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Статистика
Всего на сайте: 31
Гостей: 31
Пользователи: 0