O`zXDP O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xotamjon Abdurahmonovich Ketmonov nomzodini tasdiqladi - Uzb News - - Uzbekona.Uz | Развлекательный портал
Регистрация
Меню сайта
Онлайн видео
Новости сайта
Статистика
Онлайн всего: 3
Гостей: 3
Пользователей: 0

Сегодня, посетители: Nedforspidwet, Joshuaeviofs, CreatiyaPa, Bogirfuff, FadiCox, Kelvinpn, Treslotter, Jornmaf, FlintSymn, ErnestoVAB, Mine-Bosslet, UrkrassCoef, Milanami, LitvinenkoMah, JamesCique, eevzowhids, calvinvd2, Charleswoups, danig16
0

O`zXDP O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xotamjon Abdurahmonovich Ketmonov nomzodini tasdiqladi

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 14.10.2016, 16:25

Bugun Toshkent shahrida O`zbekiston Xalq demoratik partiyasining X qurultoyi bo`lib o`tdi. Unda qurultoy delegatlari, partiya Markaziy Kengashi a`zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolari, partiya faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Qurultoyda O`zXDPdan O`zbekiston Respubliksi Prezidentligiga nomzod hamda uning saylovoldi dasturini tasdiqlash, mazkur saylovda partiya tashkilotlari oldida turgan vazifalar, O`zXDP Ustaviga qo`shimchalar kiritish singari masalalar o`rin oldi. 

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonunning 24-moddasi muvofiq siyosiy partiyalar tomonidan ko`rsatiladi. Shunga ko`ra, qurultoyda O`zXDPning VI plenumida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan, O`zXDP Markaziy Kengashi raisi, partiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Xotamjon Abdurahmonovich Ketmonov nomzodi tasdiqlandi. 

Ta`kidlanganidek, nomzodning saylovoldi dasturi partiyaning dasturiy maqsadlariga asoslangan, xususan, jamiyatning barcha a`zolari uchun har tomonlama rivojlanish va ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta`minlashga, aholining ehtiyojmand qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga yo`naltirilgan. 

Shuningdek, Qurultoyda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha saylov kampaniyasida O`zXDP tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi. Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Источник: Даракчи.уз
Загрузка...

Теги: OzXDP Ozbekiston Respublikasi Prezi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

ФОТОРЕПОРТАЖ