Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

O`zgidromet: 3 noyabr kuni O`zbekiston bo`ylab kuchli yog`ingarchilik kuzatiladi

Автор: Adminкатегория: Uzb Newsдата: 03-Ноябрь-2016, 11:48

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 20-22, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi va ayrim shimoliy hududlarda qorga aylanish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 13-18, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, kechqurun qorga aylanish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 17-22, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 20-25, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechqurun yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol  yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yog`ingarchilik bo`lish ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 10-15, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Ozgidromet:, Ozbekiston, kuni, boylab, kuchli, kuzatiladi, yogingarchilik, noyabr

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги