Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

O`zbekistonda 9 oyda inflyasiya darajasi 2,2% tashkil qildi

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 21-Октябрь-2016, 17:55

O`zbekiston Respublikasini 2016 yilning to`qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo`mitasining hisoboti taqdim etildi.

Unga ko`ra O`zbekistonda Yalpi ichki mahsulot hajmi 2015 yilning shu davriga nisbatan 7,8 foiz, sanoat hajmi 7,2 foiz, qishloq xo`jaligi hajmi 6,4 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,2 foiz o`sdi. 

Yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profisiti va 2,2 foizni tashkil qilgan inflyasiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash orqali erishildi. 

Sanoatni tarkibiy o`zgartirish, modernizasiya va diversifikasiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirishga oid faol investisiya siyosatining amalga oshirilishi o`zlashtirilgan kapital qo`yilmalar hajmining 9,4 foizga va pudrat-qurilish ishlarining 15 foizga o`sishi imkonini berdi. 

Joriy yil boshidan buyon 2016-2020 yillarda xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish dasturi doirasida 9 mingta yangi servis ob`ekti tashkil etilgani shu yilning to`qqiz oyida ko`rsatilgan xizmatlar hajmining 12,4 foiz va yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar ulushini 2015 yilning shu davridagi 51,2 foizdan 51,7 foizgacha oshirish imkonini berdi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: 2%, inflyasiya, oyda, tashkil, darajasi, qildi, Ozbekistonda

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги