Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Sergeli tumaniga tashrif buyurdi

Автор: Activeкатегория: Uzb Newsдата: 27-Сентябрь-2016, 00:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev 25 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko`p qavatli turar joylar va ijtimoiy soha ob`ektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o`rnida yangi binolarni qurish, ko`p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, bu borada iqtisodiy tejamkor usullarni joriy etish masalalariga alohida e`tibor qaratdi.

Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o`tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan yirik dastur – Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500 ta ko`p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog`liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to`xtaldi. Bu turar joylarning bugungi kun talablariga to`la javob beradigan puxta loyihalar asosida qurilishi, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta`minlash bo`yicha mutasaddi rahbarlar va mutaxassislar bilan atroflicha fikr almashdi.

Ta`kidlash joiz, bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi  qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo`lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Shunisi e`tiborliki, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi. 

Uchrashuvda yana bir muhim masala – azim poytaxtimizning barcha tumanlarida yangi madaniyat va istirohat bog`lari barpo etish, yashil maydon va hududlarni  yanada ko`paytirish masalasi muhokama etildi. Poytaxtda yangi transport-kommunikasiya tarmoqlari, madaniy-maishiy ob`ektlar bunyod etish, er usti tezyurar metro yo`nalishlari qurilishini loyihalashtirish ishlarini jadallashtirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi. 

Shavkat Mirziyoev yaqin kelgusida amalga oshirilishi mo`ljallangan bu loyihalar nafaqat Sergeli tumanini, balki butun Toshkent shahrining imkoniyat va salohiyatini yanada yuksaltirish yo`lida katta istiqbollar ochib berishini qayd etdi. 

Ushbu bunyodkorlik ishlari zamirida qurilish materiallari ishlab  chiqarishga ixtisoslashgan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini har jihatdan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, mahalliy resurslardan  keng foydalanish, sohada  minglab yangi ish o`rinlarini yaratish ko`zda tutilgani, ayniqsa, ahamiyatlidir. 

Uchrashuvda poytaxt aholisi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ulkan hajmdagi obodonchilik va ko`kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, bir so`z bilan aytganda, odamlarni hayotdan rozi qilish masalasi doimiy e`tibor markazida bo`lishi ta`kidlandi. 

Bebaho boyligimiz bo`lgan tinchlik va osoyishtalikni ko`z qorachig`idek asrash eng dolzarb vazifadir. Uchrashuvda Toshkent shahrida tartib-intizomni har tomonlama mustahkamlash, pasport-viza rejimiga  qat`iy amal qilish bo`yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama etilgan barcha masalalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги