O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

24 oktyabr kuni O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risida"gi farmonni imzoladi. Farmon matni O`zA tomonidan e`lon qilindi.

Mamlakatda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta`minlash borasidagi ko`p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat ko`rsatgani hamda yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo`shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlar «Mehnat shuhrati», II darajali «Shon-sharaf», «Do`stlik», «Mardlik» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» va «Shuhrat» medallari bilan taqdirlandi.

25 oktyabr kuni O`zbekistonda Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.


Источник: Даракчи.уз
Категория: Uzb News | Просмотров: 364 | Добавил: Active | Теги: xodimlarini, vazifasini, Mirziyoev, PREZIDENTI, Ozbekiston, Ichki, ishlar, organlari, bajaruvchi, Shavkat
«Uzbekona.Uz» telegram каналига қўшилинг ва энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг!

Поделиться