0

O'ylab ko'rdingizmi? 2020 yil 4 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 20.02.2020
QO'Y (21. 03 — 20. 04)



4 fevral kuni qo'y burji vakillarining ayrim vakillari uyqudan uyg'oniboq sayohatga jo'nashni ixtiyor eta boshlashadi. Afsuski, tushga borib bu fikringizdan qaytasiz. Qaytib yaxshi qilasiz. Bundan ko'ra moliyaviy ahvolingizni yaxshilash haqida jiddiy o'ylab ko'rsangiz yomon bo'lmasdi. Baribir qachondir sayohatga otlangan taqdiringizda ham pullaringiz yetarli bo'lishi kerak-ku! To'g'ri emasmi? Ayollar tashqi qiyofasi ko'ngildagidek bo'lishi uchun ovqatlanish, parhez masalasini qaytadan kun tartibiga qo'yishlari kerak.



BUZOQ (21. 04 — 20. 05)



Aqliy mehnat kishilarining buguni muvaffaqiyatli boshlanadi. Izlanishlar, dissertatsiya kabilar omadli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida basseynda cho'milib qaytishingiz tavsiya etiladi. Kechga borib yaqinlaringizdan olqishlar eshitishingiz kutilmoqda. Ular ro'zg'or uchun amalga oshirgan bir qator ishlaringizni ko'rgach, hayratda qolishadi. Kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing. Bu kechasi yaxshi uxlashingizda muhim ahamiyatga ega.



EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)



4 fevralda nihoyat ishxonangizdagi rahbarlardan maqtov eshitish baxtiga muyassar bo'lasiz. Ammo maoshingiz oshirilishi haqida iliq gaplar eshitmaysiz. Demak, sabr qilishingizga to'g'ri keladi. Jufti yoki bo'lg'usi jufti bilan yaqin orada janjallashib qolganlar bo'lsa, xursand bo'laverishsin. Bugun yarash oshi damlashingizga to'g'ri keladi. Sevgilingizga aslo mag'rurligingizni namoyish eta ko'rmang. Yon berishga moyil bo'ling. Omad sizga yor bo'lsin!



QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)



Bugun yaqin insonlaringiz salomatligi bilan jiddiy shug'ullanishingizga to'g'ri keladi. Agar farzandlaringiz bo'lsa, ularning jismoniy holati, ovqatlanishi bilan ham shug'ullaning. Kunning ikkinchi yarmida kim bilandir janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Agar u odam sizga doimo har jabhada yordam berib kelgan chiqsa, janjalning oldini olishga harakat qiling. Kechqurun hamma tashvishlarni yig'ishtirib qo'yib miriqib dam oling.



ARSLON (23. 07 — 23. 08)



4 fevral kuni ish va shaxsiy hayot bilan baravar band bo'lishingiz kutilmoqda. Shu darajada ishingiz ko'pki, bir piyola choy ichishga vaqt topa olmay halak bo'lasiz. Bugun juftingiz bilan aslo aytishmang. Ajri qimmatga tushishi mumkin. Bankdan kredit olishni mo'ljallab yurganlar uchun ham bugungi kun omadli kechadi. Kredit olishingiz masalasi ijobiy hal bo'ladi. Moliyaviy ahvolingiz a'lo darajada bo'lmasa ham pulsiz qolib ketmaysiz.



PARIZOD (24. 08 — 22. 09)



Bugun parizod burji vakillari ishxonasidagi hamkasblar bilan bahslashib qolishi kutiladi. Sizga hasad qiladigan hamkasblar ko'payib qolgan shekilli, baravariga sizni talashga tayyor turishadi. Agar ular bilan tenglashishni xohlamasangiz, bir necha kunga ta'til oling-u, istirohat qiling. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o'tkazing. Hotamtoyligingiz tutsa, shaharda yashasangiz, kechki ovqat uchun restoranga buyurtma bersangiz ham ziyon qilmaydi.



TAROZI (23. 09 — 23. 10)



4 fevralda o'zingiz haqingizda emas, boshqalar haqida ko'proq qayg'urishingizga to'g'ri keladi. Kim bilandir munosabatlarni uzishga bel bog'lagan bo'lsangiz, u haqida yomon so'zlashdan tiyiling. Kun mobaynida shaxsiy hayotingizda sezilarli o'zgarishlar yuz berishi mumkin. Qarindoshlar tutayotgan ishlaringizdan achchiqlanishlari ham ehtimolga yaqin. Negaki, oilada yetakchilikni siz qo'lga olishni mo'ljallabsiz. Qo'yavering, vaqt keladi, ular ham ko'nikadi. Asosiysi, asablarni asrang.



ChAYoN (24. 10 — 22. 11)



Novatorlarcha o'ylab topgan g'oyalaringiz ishxonangizdagi rahbarlarga juda yoqib tushadi. Sizni yangi loyihaga yetakchi etib tayinlashlari ham ehtimoldan xoli emas. Vaholanki, hamkasblaringiz bu vazifani uddalay olishmagandi. Lekin masalaning moddiy jihatiga aniqlik kiritishni ham unutmang. Dadillik bilan rahbarlarga murojaat etavering. Ular tushunishadi. Kechqurun juftingiz g'alati bir taklif kiritishi mumkin.



O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)



4 fevral kuni ayollar, qizlar birinchi navbatda kosmetolog qabuliga borib kelishlari tavsiya etiladi. Tanani yoshartirish va tozalash amallari siz uchun juda zarur. Lazerli terapiya olishni ham yoddan chiqarmang. Bugun faollik talab qiladigan o'yinlar, sport musobaqalarida ishtirok etish va toza havoda sayr qilish xayrli kechadi. Agar ortiqcha vazndan bezovtalanayotgan bo'lsangiz, ovqatlanish rejimini buzmang. Kechqurun do'stlardan biri favqulodda qo'ng'iroq qilishi kutiladi.



TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)



Bugun ijodkorlar ilhom parilari yetagida bo'lishadi. Demak, yana qaysidir shedevrlar dunyoga kelishi kutilmoqda. Qanday yaxshi. Buning natijasida siz nafaqat insonlarning olqishiga sazovor bo'lasiz, balki moddiy rag'bat ham olasiz. Shaxsiy hayotdagi rejalarni juftingiz bilan birgalikda tuzing. Kechqurun xonadoningizga chaqirilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Uxlashdan oldin toza havo sayriga chiqishni unutmang.



QOVG'A (20. 01 — 18. 02)



4 fevralda salomatligingiz haqida qattiqroq qayg'urishingiz talab etiladi. Aks holda kechga borib shamollab qolishingiz hech gap emas. Vitaminga boy mevalarni ko'proq yeng, tanani chiniqtirish amallarini ado eting va nihoyat to'g'ri ovqatlaning. Kechqurunga borib yolg'izlar orzusidagi insonni uchratib tanishishlari mumkin. Faqat ehtiyot bo'ling. Illyuziya asiriga aylanib qolmang.



BALIQ (19. 02 — 20. 03)



Baliq burjida tavallud topganlar kunning birinchi yarmida moliyaviy muammolarni bartaraf etish bilan shug'ullanishlari kerak. Mabodo jarimaga tushgan bo'lsangiz, birovlardan qarzingiz bo'lsa bugundan qoldirmay to'lab qo'yganingiz ma'qul. Ishxonangizda vaqt juda sekin o'tgandek tuyulishi mumkin. Lekin bardosh qilishdan boshqa chorangiz yo'q. Boshliqlarning tanqidiga uchramay desangiz, ishga beriling. Sifatga e'tibor qarating. Kechqurun oila davrasida vaqt o'tkazing.

Теги: Febral, Munajjimlar, UCHUN, kunlik