0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 9 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 21.10.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ish bajarish masalasida kimgadir suyanishni reja qilgan bo'lsangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz aniq. Yaxshisi, o'z kuchingiz va imkoniyatlaringizga suyangan holda ish bajaring. Oiladagi majburiyatingizni ham unutib qo'ymang. Kechqurun toza havo sayriga chiqishingiz tavsiya etiladi. Kuzning o'zgaruvchan havosini hisobga olgan holda kiyining. Aks holda shamollash orttirib olishingiz hech gap emas. Omad sizga yor bo'lsin!

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

9 oktyabr kuni nafaqat omad sizga kulib boqadi. Balki o'zingiz ham unga tik boqqan holda jilmaya boshlaysiz. Barcha muammolar ortiqcha asabiyliklarsiz ijobiy hal bo'lishi kutilmoqda. Muhabbatda oila qurmaganlarni quvonchli lahzalar kutadi. Ma'lum bo'ladiki, bo'lg'usi juftingiz sizni nafaqat sevadi, balki barcha mavjud nuqsonlaringizga ham ko'z yumadi. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

9 oktyabrda kuch va imkoniyatlarni kerakli tomonga to'g'ri yo'naltira olsangiz, oshig'ingiz olchi bo'ladi. Faqat oldindan g'alabangizni nishonlashga tushib ketmang. Oxirini kuting. Bel qismingizda favqulodda og'riq turish ehtimoli bor. Darhol vrach qabuliga boring. Muolajalarni qancha erta boshlasangiz, shuncha o'zingizga yaxshi bo'ladi. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang. Me'yorni biling. Xasta qondoshlaringiz bo'lsa, ularning holidan albatta xabar oling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Atrofdagilar bilan muloqotda bugun juda muloyim bo'lishingiz talab etiladi. Aks holda ishda ham, muhabbatda ham ko'ngilsizliklarga duch kelishingiz mumkin. Basharti kimdandir o'zingiz haqingizda tanqidiy fikr eshitsangiz, sira ranjimang. Bunga birinchi navbatda o'zingiz sababchi bo'lib chiqasiz. Bugun jismoniy zo'riqishlardan qoching. Salomatligingizga putur yetishi mumkin. Aqliy mehnat esa aksincha foyda keltiradi. Spirtli ichimliklar iste'molidan ham saqlanishingiz tavsiya etiladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

9 oktyabr kuni nimani ko'nglingiz tusasa o'sha bilan band bo'ling. Oilaviy byudjetni tuzib chiqing, olis kelajak rejalarini puxtalang. Juda bo'lmasa, sayohatga chiqing. O'zingizga qattiq ishongan holda harakatlar sodir eting. Oilasizlar esa romantik uchrashuvdan buguncha voz kechib turganlari ma'qul. Vaziyat shuni taqozo etishi kutilmoqda. Asosiysi, buni tanlaganingizga to'g'ri uqtira olsangiz bas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun ko'plab og'ir vaziyatlardan o'z kuchingiz bilan chiqib ketishingizga to'g'ri keladi. Bilingki, busiz hashamatga erisha olmaysiz. Kun davomida kimlar bilandir bahslashishingiz, muzokaralar olib borishingiz ehtimoli bor. Har qanday holatda ham o'zingizni qo'lga ola bilishingiz kerak bo'ladi. Kim bugun olis safarga otlansa, albatta yoqimli lahzalarga oshno tutinadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

9 oktyabrda intellektni taraqqiy etdirishingiz, professional kasbingiz bilan bog'liq qo'shimcha bilimlar olishni boshlashingiz faqat foyda keltiradi. Biling, bugun sizning kuningiz. Shuning uchun bironta ham quvonchli lahzani o'tkazib yubormang. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida yangi kelishuvlar bilan band bo'lishlari mumkin. Bunday vaziyatda sergaklikni qo'ldan bermang. Kechqurun ro'zg'or ikir-chikirlari tufayli biroz asabiylashishingiz mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun imkon doirasida yoqimli insonlar bilan muloqotda bo'lishga harakat qiling. Yoqimli insonlar esa sizning o'zingiz bo'lib chiqasiz. Demak, o'zingiz bilan suhbatlashing, orzular ummoniga sho'ng'ing. Martabangiz oshishi masalasida rejalar tuzing. Shaxsiy biznesini ochish istagida yurganlar sira o'ylanmasdan ish boshlashsa yarashadi. Buning uchun pullaringiz yetarli. Shaxsiy sirlaringizni birovlarga ayta ko'rmang. Do'stdan ko'p dushman. Tag'in sizga hasadgo'ylar ziyon yetkazib qo'yishmasin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

9 oktyabr kuni harakatlaringizda passivlik kuzatiladi. Orzularingiz bisyor, ammo oldinga intilishingizda shiddat yetishmaydi. Esda tuting, bunday passivlik bilan ezgu maqsadlarga yetib bo'lmaydi. Kechqurun oldingizda jiddiy majburiyat paydo bo'ladi. Aniqrog'i, o'zingizni o'zingiz qayta tarbiyalashingiz lozim. Qo'lingizga kitob, darsliklarni oling va qo'shimcha bilimlar olishni boshlang. Hayotni chuqurroq o'rganishga harakat qiling.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun ko'p gapirishdan ko'ra ko'proq ishlashingizgina sizga naf keltiradi. Faollikni oshiring. Ayniqsa, moddiy ahvolingizni yaxshilashda faollik juda kerak bo'ladi. Zahirangizda kuch va imkoniyatlar yetarlicha bor. Agar ularni ishga solsangiz, tog'larni urib tolqon qilishga-da qodir bo'lasiz. Ammo tog'ni tolqon qilishingiz shart emas. Dangasalikni o'zingizdan nari hayday olsangiz bas. Qolgani yo'l-yo'lakay yechimini topib ketaveradi.

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

9 oktyabrda birinchi navbatda salomatligingizga e'tibor qaratishingiz tavsiya qilinadi. Ko'z ostilaringizda qopchalar paydo bo'lgan chiqsa, yuragingiz me'yoridan kamroq ura boshlasa, oyoqlaringiz holsizlikdan chalisha boshlagan bo'lsa, albatta vrachga uchrashishingiz kerak. Unday holatda to'liq tibbiy ko'rikdan o'tishingiz shart. O'zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun nafi kam, chalkash, ko'p vaqt o'g'irlaydigan ishlarni yig'ishtirib qo'yishingizga to'g'ri keladi. Mabodo hozirgi ishingizdan ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa, do'stlar, tanishlarga murojaat etib, o'zingizga yoqadigan ish toping. Qarindoshlaringiz orasida ham bu muammoni bartaraf etish qo'lidan keladiganlar topiladi. Oilaviy hayotda ko'ngilsiz hodisa yuz berishi ehtimolga yaqin. Sizni qaysidir yaqiningiz noto'g'ri ayblashi mumkin. Sukut saqlang. Xotirjam torting.

Теги: Munajjimlar