0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 9 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 21.05.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

9 may kuni kayfiyatingiz haqiqatan bayramona bo'ladi. Kun davomida sizni ko'plab g'alabalar kutib turadi. Yangi loyihalarga sira cho'chimasdan qo'l uravering. Albatta omadga erishasiz. Lekin shaxsiy hayotingizda muammolar yo'q emas. Yaqinlaringiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Faqat bir narsani unutmang. Hammasi o'zingizga bog'liq. Harakat qilsangiz, to'g'ri yo'l tuta bilsangiz, oilada ham muammo bo'lmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Shaxsiy biznesini ochish istagida bo'lganlar uchun bugun qulay imkoniyat tug'iladi. Siz ishonchli homiy topasiz va ish boshlaysiz. Oilasizlar bayram bahonasida tabiat qo'yniga chiqib dam olishadi, romantik lahzalardan bahramand bo'lishadi. Agar bo'lar-bo'lmasga pul sarflayversangiz, moddiy ahvolingiz ayanchli ko'rinishga kelib qoladi. Qo'shimcha daromad keltiruvchi ishlar ham sizga yordam bera olmaydi. Kechqurun aslo oila a'zolaringiz bilan janjallashmang. Toza havoda sayr qilishni ham unutmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

9 mayda sergaklikni qo'ldan bermasangiz, yo'lingizdan adashmasligingiz tayin. Bugun qiladigan ishlaringiz juda murakkab kechadi. Ularni muvaffaqiyatli ado etish uchun bor imkoniyatlarni ishga soling. Ishga ijodiy yondashing. Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida yaqin manzilga safar qilishlari mumkin. Muhim hujjatlarga imzo chekishda juda ehtiyot bo'ling. Salomatlikni asrang. To'g'ri ovqatlaning. Rejimga amal qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun salomatligingizga putur yetish ehtimoli bor. Muzdek ichimliklar ichmasligingiz, spirtli ichimliklar iste'mol qilmasligingiz va quyosh nuridan ko'proq bahra olishingiz tavsiya etiladi. Bir joyda uzoq vaqt o'tirib qolishingiz ham mumkin emas. Bugun har holda bayram. Do'stlar, yaqin insonlar davrasida bayramni qarshi olsangiz, foydadan xoli bo'lmaydi. Ayniqsa, ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

9 may kuni bo'lib o'tadigan barcha hodisalar mas'uliyatini zimmangizga olasiz. Ayollar salomatligida jiddiy muammolar yuzaga kelishi kutiladi. Vrach qabuliga chiqib kelsangiz ham ziyon qilmaydi. Ayrim o'zingiz yoqtirmaydigan odamlar bilan muloqot qilishingiz sizni agressiv holatga keltirib qo'yishi mumkin. Emotsiyangizni jilovga olishingiz kerak. Shunda muammo bo'lmaydi. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Ularni munosib qarshi olishga hozirlik ko'ravering.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Olis kelajakka boqmang. Bugungi kun bilan yashang. Ana shunda ko'ngilsizliklardan xoli bo'lasiz. Ijod, sevimli xobbi bilan mashg'ul bo'lish va bolajonlar bilan suhbatlar qurish xayrli kechadi. Ish ko'p, lekin buguncha ularni chetga surishingiz va tabiat qo'ynida dam olishingiz kerak bo'ladi. Moliyaviy muammolaringiz muvaffaqiyatli hal bo'ladi. Biroq pullarni tiyin-tiyinigacha sarflab yuborishingiz tavsiya qilinmaydi. Aks holda inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun ota-bobolar yurgan yo'ldan borishga harakat qiling. Ilgari o'zingiz tashlab qo'ygan loyihalarga, rejalarga qayting. Odamlar bilan muloqot qiling. Ulardan foydali takliflar tushishi yoki aqlli fikrlar chiqib qolishi turgan gap. Muhabbat sizga bir olam ilhom va kuch-quvvat baxsh etishi mumkin. Shunday ekan, suyukli insoningizga yanada ko'proq e'tibor qarating. Tadbirkorlar kechqurun favqulodda safarga otlanishlari kutiladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Ham emotsional, ham professional jihatdan yangilanishlarni boshdan kechirasiz. Nihoyat kim yaxshi-yu, kim yomonligini anglab yetasiz. Qay ishga qo'l urilsa, ko'proq daromad keltirishini idrok etasiz. Ba'zilar kunning ikkinchi yarmida dam olish uchun tabiat qo'yniga yoki xizmat safariga jo'nab ketishlari mumkin. Bahonada yangi kuch to'playsiz. Bu kuch bayramdan keyingi kunlarda sizga asqotadi. Serqatnov yo'llarda ehtiyotkor bo'ling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

9 may kunning birinchi yarmidayoq mo'may daromad egasi bo'lasiz. Muvaffaqiyatlar qozonishingiz uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq bo'ladi. Muhabbatda oilasizlar bo'lg'usi jufti yoqtirmaydigan mavzularda gapirishdan tiyilsinlar. Bu oqibatda katta janjallarga sababchi bo'ladi. Bugun ayollar, qizlar uchun kosmetik amaliyotlar va muolajalar xayrli kechadi. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o'tkazing.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

9 may kuni xarakteringizda prinsipiallik ko'zga tashlanadi. Tezkorlik bunga qo'shilib, har bir boshlagan ishingizni tez va keskinlik bilan ado eta boshlaysiz. Ayrim tadbirkorlar bayram bo'lishiga qaramay, xorijga safar qiladi. Safar davomida yangi hamkor topasiz va dastlabki uchrashuvdayoq ilk foydali shartnomaga imzo chekasiz. Raqobatchilarga qarshi shafqatsiz kurash olib boring. Prinsipiallik oilaviy hayotda ham sizga asqotishi mumkin. Unutmang.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Hadeganda hayotdan noliyverishni bas qilib amaliy ishga o'tishingiz kerak. Tajriba va bilimlarni ishga solib ko'proq daromad ko'rish haqida o'ylang. Moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlaydigan odam toping. Surunkali xastalikka yo'liqqanlarni salomatligi bezovta qila boshlashi mumkin. Ko'proq suyuqlik iching, harakatlaning. Imkon topsangiz, suzish bilan shug'ullaning. Umurtqa pog'onangizni jismonan zo'riqtirishdan saqlaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kun o'zingiz xohlagandek shodon kechmasligi mumkin. Lekin uning yetagida qolib ketmang. Tushkun kayfiyatingiz qarindoshlar ko'ngliga ozor yetkazib qo'yishi mumkin. Ularda ayb yo'q. Moliyaviy masalada ham omad sizga kulib boqmasligi kutiladi. Oilangizda ayrim yaqinlar bilan dahanaki janjallar yuzaga kelish ehtimoli bor. Sabrli bo'ling. Yon bering. Hech kimning ko'ngli og'rishiga yo'l qo'ymang.

Теги: Munajjimlar