0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 8 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 23.05.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Tashqarida ajoyib ob havo kuzatilishiga qaramay, kuningiz tushkun lahzalarga boy bo'lishi kutiladi. Kayfiyatingiz tushkun, yirik loyihalarni ado etishga kuch ham, imkoniyat ham yetarli emas. Balki charchagandirsiz? Ta'tilga chiqishingiz kerakdir? Ijod kishilarini esa aksincha muvaffaqiyatlar kutib turadi. Turli uchrashuvlar, konferensiyalar oyoqdan olsa-da, kayfiyatingiz hayitdagidek kechadi. Omadingizni bersin! O'zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

8 may kuni bir dunyo ish bajarishingizga to'g'ri keladi. Ana shundan keyingina dam olish imkoniga ega bo'lasiz. Qarzlaringiz ham ko'payib ketgan ko'rinadi. Ularni uzish uchun ko'p ishlashingiz kerak. Muhabbatda ahvol siz xohlagandek kechmasligi mumkin. Vaziyatni to'g'rilash uchun suyukli insoningiz bilan ochiqchasiga gaplashib olishingiz lozim. Bugun kosmetik muolajalar foydali kechadi. Salomatlikni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun har qanday odamga o'z ta'siringizni o'tkaza olasiz. Har qanday odamni o'zingizga ishontira olasiz. Buning uchun qo'shimcha imkoniyat yoki kuch talab etilmaydi. Moliyaviy ahvolingiz siz istaganchalik yaxshi kechmaydi. Yirik xaridlardan vaqtincha bo'lsa-da voz kechib turishga majbursiz. Qachonki kreditlar, qarzlar, yana boshqa to'lovlarni amalga oshirsangiz, xaridlarga e'tibor qaratishingiz mumkin bo'ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

8 mayda o'zgalar fikri, tushunarsiz vaziyatlar ta'siriga tushasiz. Ammo tafakkuringiz kuchli, uning ko'magida noqulay vaziyatlar changalidan xalos bo'la olasiz. Mabodo qo'lingizga pulning o'zi kelib tusha boshlasa, uni inkor etmang. Salomatligingizga e'tibor qarating. To'g'ri ovqatlaning. Tanani chiniqtirishga yo'naltirilgan muolajalar oling. Kechqurun hammomda cho'milish ham xayrli o'tadi. Bardam bo'ling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Hadeganda oldinga talpinib, yangi tanishuvlar ortidan quvlay boshlamasangiz, kuningiz ko'ngildagidek kechishi kutilmoqda. Professional kasbingiz bilan bog'liq loyihalarni qayta ishlashdan, izlanishdan tiyilmang. Aynan o'sha loyihalar daromad keltiradi. Tadbirkorlarning ish yuritish usuli bilan tegishli tashkilotlar qiziqib ko'rishi mumkin. Oilaviy masalalarni o'z nazoratingizda ushlang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

8 may kuni boshingizdan ham yaxshi, ham yoqimsiz lahzalarni kechirishingiz kutiladi. Vaziyatga real ko'z bilan boqa olsangiz, muammolarning barchasiga yechim topasiz. Mustaqil bo'lishga harakat qiling. Yoshlarga sir boy bermang. Muhabbatda emotsiya dushman chiqishi mumkin. O'zingizni xotirjam tutishga intiling. Kam gapiring va ko'p tinglang. Kechqurun mo'may daromadga yoki yutuqqa ega bo'lishingiz mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Xususiy mulk yoki turar joy oldi-sotdisi masalasida muammolarga duch kelishingiz ehtimoli bor. Bu sohadagi barcha rejalaringiz yo'qqa chiqishi mumkin. Oilaviy hayotda bahslar, janjallar ta'qib etishi kutilmoqda. Imkon topsangiz, betaraflik masalasiga e'tibor qaratib ko'ring. Shunda qondoshlar tanqidlaridan xoli bo'lasiz. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Atmosferadagi magnit bo'ronlari ta'siridan saqlaning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Shaxsiy biznesiga ega bo'lganlar sergaklikni oshirishlari zarur. Agar yaqinda do'st yoki tanishlardan biriga qarz bergan bo'lsangiz, tez orada qaytarilishidan umidingizni uzavering. Muhabbatda oilasizlar bo'lg'usi juftining doimiy tashrifiga o'rganib qolishdan saqlansinlar. Doimiy tashriflar asosiy ishlarni ado etishga, tirikchilikka jiddiy xalal beradi. Ayrimlar kechqurun o'zlarini horg'in his eta boshlashi mumkin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

8 mayda shaxsiy hayotingizda yuzaga keladigan tushkunliklarga tayyor turing. Ish bajarishda yoshi ulug' va aqlli, tajribali odamlar maslahatiga quloq tuting. Moliyaviy masalada yo'qotishlarga yuz tutishingiz xavfi bor. Ayniqsa, tadbirkorlar hujjatlarda yo'l qo'yilgan xatoliklarni o'z vaqtida tuzatishga ulgurishmasa, yo'qotishlar miqdori katta bo'lishi mumkin. Kechqurun ovqatlanish ratsioningizni yana bir bor ko'zdan o'tkazib olishingiz tavsiya etiladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Birinchi navbatda salomatligingizga e'tibor qarating. Kerak bo'lsa, vitaminlar iching. Immunitetingiz tushib ketgan. Bu favqulodda shamollash yoki infeksiyali xastaliklarga duchor etishi hech gap emas. Stressli lahzalar, janjallardan nari bo'ling. Ro'zg'ordagi ahvol ham bulutsiz emas. Usta chaqirib buzilgan jihozlarni ta'mirlatishingizga to'g'ri keladi. Buning uchun albatta pul kerak bo'ladi. Pul topish harakatida bo'ling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

8 may toliqishlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Asosiy rejalarni ortga surib mayda-chuyda ishlar bilan band bo'lishga majbursiz. Tadbirkorlar yangi biznes loyihalarni hayotga tadbiq etish natijasida yanada ko'proq daromadga ega bo'lishlari mumkin. Atrofdagilar bilan munosabatlarda pozitiv kayfiyatda bo'lishingiz talab etiladi. Umuman aytganda, ko'p narsalar ayni sizning kayfiyatingizga bog'liq bo'ladi. Yaqin manzilga safar qilishingiz ham haqiqatga yaqin. Ishoning, safar muvaffaqiyatli o'tadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

8 may kuni boshingizga tushishi lozim bo'lgan yoqimsiz ishlarda vaqtni, vaziyatni ayblay boshlaysiz. Aslida esa bunga o'zingizning e'tiborsizligingiz sababchi bo'ladi. Bugun omadga erishishingiz uchun qulay imkoniyatlar ko'p bo'ladi. Asosiysi, ularni o'z vaqtida payqay bilsangiz bas. Kunning ikkinchi yarmida do'stlar bilan yoqimli suhbatlarni boshdan kechirasiz. Oila qurmaganlar romantik tanishuvga ham ro'baro' bo'lishlari mumkin.

Теги: Munajjimlar