0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 8 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 27.06.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

8 iyun kuni vaqtni behuda o'tkazmaslik uchun qiziqarliroq mashg'ulot toping. Miyangizga o'rlayotgan yomon xayollarni haydab soling. Ular yaqinlaringiz bilan muloqotda xalal beradi. Ishxonada ishingizga qarab haq olasiz, shunga yarasha hurmat topasiz. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda badavlat tanishlar, do'stlarga murojaat etishingizdan foyda yo'q. Faqat o'z kuch va imkoniyatlaingizga suyanishingiz lozim bo'ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Ertalab yaxshi kayfiyatda, xushchaqchaq bo'lasiz. Biroq kechqurunga borib bu holat salbiy tarafga o'zgarib ketishi mumkin. Shuning uchun birovlarga qattiq gapirib qo'yishdan saqlaning. Kunning ikkinchi yarmida daf'atan plastik kartochkangizga katta pul kelib tushish ehtimoli bor. Ammo yirik xaridlar harakatiga tushmang. Pullaringiz boshqa maqsadlarda asqotib qolishi mumkin. Kechqurun sizni muhim uchrashuvga taklif etishlari kutiladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

8 iyunda sizni birinchi navbatda moliyaviy yutuqlar va ko'ngilochar lahzalar kutadi. Ammo ikkalasini birlashtirishga urinmang. Noqulay vaziyatda qolib ketishingiz mumkin. Bugun sevimli insoningizga yoqimli sovg'alar taqdim etish muvaffaqiyatli kechadi. Bu masalada pulni ayamang, keyin xursand bo'lasiz. Ayollarimiz garderoblarini ko'zdan o'tkazib qo'yishsa ham ziyon qilmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun atrofdagilarga, hatto notanishlarga ham muloyim munosabatda bo'lishingiz talab etiladi. Ishxonangizda mukofot puli olishingiz yoki do'stlardan biri qaysidir yordamingiz uchun ajoyib sovg'a hadya etishi mumkin. Ro'zg'or yumushlarini kunduzi uddalab qo'ying. Toki kechqurun yoqimli lahzalar hamrohingiz bo'lsin. Oilasizlarni kechqurun romantik uchrashuv kutadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

8 iyunda ko'p kuch yo'qotiladigan kun. Lekin xavotir olishingiz noto'g'ri. Agar tushga qadar barcha ishlaringizni tugatib qo'ysangiz, keyin shaxsiy masala bilan shug'ullanishingiz mumkin bo'ladi. Juftingiz bilan munosabatlar, uyda tartib o'rnatish masalasida o'zgarishlar yasang. Ayrimlar martaba va biznesga shu qadar berilib ketishganki, to'xtash pallasi yetganini ham sezishmayapti chog'i. To'xtang va atrofga real ko'z bilan boqing. Kechqurun albatta oila davrasida dam oling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kamroq asabiylashishga harakat qiling. Optimistga aylaning. Ko'ngilochar o'yinlar, plyajda dam olish va do'stlar bilan uchrashuvlardan voz kechmang. Bularning barchasi salomatligingiz uchun ham foydali ekanini unutmang. Azartli o'yinlarga berilmang. Daromadlardan quruq qolasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ayrimlar bugun farzandli bo'lishi kutiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

8 iyun kuni ehtiyotkorlik barcha jabhalarda hozir-u nozir bo'lmog'i lozim. Yo'lda, ishxonada va oilada emotsiyangizni jilovda ushlang, birovlarga qattiq gapirmang. Moliyaviy sohada hisob-kitobli bo'ling. Balans izdan chiqishiga yo'l qo'ymang. Basharti kimnidir bilib-bilmay ranjitgan bo'lsangiz, bugun birinchi bo'lib yarashish uchun qadam tashlang. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Oqshomingiz xayrli kechsin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bir paytlar oylab ovora bo'lib ham ijobiy hal eta olmagan muammoni bir necha daqiqa ichida qoyillatib tashlashingiz bugunga to'g'ri keladi. Tuyg'ularga sira erk bermang. Ularni o'zingizga bo'ysundirgan holda harakatlar sodir eting. Neki ishga qo'l ursangiz, tafakkurga suyaning. Suyukli insoningiz qarshisida yutuqlaringizni namoyish etishdan saqlaning. Kamtar bo'ling. Uyquga yotishdan oldin sutli mahsulotlar iste'moli tushlaringiz totli kechishini ta'minlaydi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

8 iyunda asabingizga tegish niyatida shay turuvchilar ko'p uchrashi mumkin. Shuning uchun xotirjamlikni o'zingizga shior qilib oling. Imkon topsangiz, ma'lum vaqt yolg'izlikda dam oling. Ortiqcha vazndan muammo bo'lmasa, o'zingizni yoqtirgan taomlar bilan xursand qiling. Ayniqsa, shokolad kayfiyatni ko'tarishda tengsiz. Kechqurun piyoda ko'proq sayr qilishingiz tavsiya etiladi. Salomatlikni asrang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun uzoq vaqt o'tirib, nimaningdir xususida fikr-mulohaza yurita olmaysiz. Bunga birinchi navbatda oilasizlarning kimnidir sevib qolishi, boshqalar uchun yangi uchrashuvlarning ko'paygandan ko'payishi, kimnidir kutishlar xalal beradi. Moddiy ahvolingizni yaxshilashga qaratilgan har qanday tadbir omadli kechadi. Faqat bir narsa bor. Hali muvaffaqiyatlarning eng yuksak cho'qqisiga chiqish uchun ko'p harakatlar sodir etishingiz lozim.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

8 iyun kuni muammo degani borki, o'z aybingiz, xatolaringiz tufayli o'zingizga yaqin olaverasiz. Keyin noliy boshlaysiz. Bunday vaziyat yuzaga kelmasligi uchun mayda ko'ngilsizliklarga ham jiddiy e'tibor bilan yondashishingiz kerak. Rejalarni amalga oshirishda dadillik bilan faqat olg'a bosing. Tadbirkorlar kechqurun xorij safariga jo'nab ketishi mumkin. Salomatligingizga e'tiborsiz qolmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Shaxsiy hayotda tashabbus ko'rsatishdan saqlaning. Bu ishni boshqa yaqinlaringiz amalga oshira qolsin. Juftingiz uchun ko'p ezgu ishlarni qilgansiz. Endi uning gali. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo'yniga chiqib dam oling. Salomatligingiz masalasiga jiddiy yondashing. Aks holda yurak va oshqozon tizimingizda muammolar paydo bo'lishi hech gap emas.

Теги: Munajjimlar