0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 7 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 23.05.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugungi kuningiz juda muhim hisoblanishi bilan birga unumli kechadi. Agar ezgulikka yo'g'rilgan rejalarni hayotga tadbiq etishni xohlasangiz, o'zingizga qattiq ishongan holda oldinga intilishingiz kerak. Yaqinlaringiz muammolari ham sizning chekingizga tushadi. Ammo o'zingizni juda ehtiyot qiling. Asablarni asrang. Ro'zg'oringizdagi mayda-chuyda muammolarni deb kechqurun olis safarni boshqa kunga qoldirishga majbur bo'lasiz. Ovqatlanishda sergaklikni qo'ldan boy bermang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

7 mayda martabangizning yanada yuqori cho'qqilarga ko'tarilishi uchun qulay imkoniyatlar bisyor bo'ladi. Shuning uchun hamkasblar qarshisida hurmatingiz yo'qolmasligini hisobga oling, o'zaro munosabatlarda muloyim va kamtar bo'ling. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida romantik tanishuvni boshdan kechirishadi. Erkin fikrlash anchadan beri miyangizda aylanib yurgan maqsadlarga yetishda yordam berishi mumkin. Bugun yoga va sportning faol turlari bilan shug'ullanish muvaffaqiyat keltiradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Sizning ko'changizda bugun rosmana bayram bo'ladi. Ayniqsa, shaxsiy biznesiga egalar, tadbirkorlar qiziqarli uchrashuvlar, hayajonli suhbatlarni boshdan kechirishadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yaqin tanishlardan biri yordam beradi. Muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgan harakatlarda ham sifat bo'lishi lozim. Bundan tashqari qat'iyat va tashabbuskorlik ham ortiqchalik qilmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Agar ilgari professional kasbingiz bilan bog'liq iste'dodingizni barchadan sir tutgan bo'lsangiz, bugun oshkor etish vaqti yetdi. Xuddi shu narsa martabangiz, lavozimingiz oshishini ta'minlashi mumkin. Shaxsiy biznesi bor do'stlarimizning daromadiga daromad qo'shiladi. Lekin pullaringizni bo'lar-bo'lmasga sarflashdan tiyilishingiz kerak. Bugun tabiat qo'ynida, tog' yon-bag'rida dam olish, do'stlar bilan suhbatlar qurish yoqimli kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Moliyaviy jihatdan omadingiz chopadi. Shaxsiy hayotda esa aksincha omad sizdan yuz burishi mumkin. Bu qarindoshlar bilan munosabatlarda o'z aksini topadi. Ishlash jarayoningizda turli mish-mishlarga ishonishdan ehtiyot bo'ling. Kun davomida obro'li va puldor bir odam bilan tanishishingiz ehtimoli bor. U sizga hamkorlikda ishlashni taklif etadi. Albatta rozi bo'ling. Kuningiz mobaynidagi yagona omadli lahza ham xuddi shu tanishuv bo'lib chiqadi. Shuni unutmang!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun qo'l qovushtirib o'tirishingizdan naf yo'q. Bu ishlaringiz baroridan kelishiga jiddiy xalal berishdan boshqasiga yaramaydi. Kasbingiz doirasida yangi bilimlar olishga harakat qiling. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlar qoniqarli darajada kechadi. Munosabatlar yanada mustahkamlana borishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soling. Kechqurun sizni yirik xaridlar kutadi. Bundan tashqari uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Hayotingizda tanaffuslar yuzaga kelishi kutilmoqda. Ayniqsa, bu shaxsiy hayotingiz bilan ko'proq bog'liq. Muhabbatda oilasizlar romantikaga xotirjamlik bilan munosabatda bo'lishlari talab etiladi. Yangiliklar kiritishga urinmang. Mulk va moliya bilan bog'liq muammolarni ijobiy hal etishda uzoq qarindoshlaringizdan biri yordam beradi. O'zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


7 may kuni faqat o'zingizga, o'z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda ish tuting. Agar muhabbatda, do'stlar bilan munosabatlar yomonlashgan, sovuqlashgan bo'lsa, bu masalaga ham o'z fikr-mulohazalaringizdan kelib chiqqan holda o'zgartishlar kiriting. Kechqurun xizmat safariga jo'nab ketishingiz kutiladi. Safar moddiy ahvolingiz yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Salomatligingizdan xavotirlanmang. U sizga pand bermaydi. Asabni asrang.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

7 mayda atrofdagilarga yoqmaydigan ishlar bilan band bo'lishingizga to'g'ri keladi. Iloj qancha. Har doim ham odamning istagani bo'lavermaydi. Atrofdagilar bilan munosabatlardan, ishdan, moliyaviy masalalardan manfaat qidirishga uyalmang. Bugun siz turli yo'nalishlar bo'yicha birdan taraqqiyot, o'sish pallasiga kirishingiz mumkin. Qo'rqmang, hammasi yaxshi bo'ladi. Oila qurmagan bo'lsangiz, kechqurun romantik uchrashuvga otlanasiz. Xursand bo'lavering.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


Bo'shashishga, xotirjam tortishga shoshilmang. Hali vaqt bor. Ish joyingizda yirik loyihalarga qo'l urishingizga to'g'ri keladi. Istaklar va orzularni chegaralang. Ayniqsa, ovqatlanishda chegara, me'yor juda zarur. Tez-tez, ammo kam-kamdan taom tanovul qiling. Oilaviy hayotda yetakchilikka da'vo qilmang. Aksincha, yon berish, muloyim munosabatni shior qilib oling. Kechqurun oila a'zolaringizdan biri sizni tanqid ostiga olishi mumkin.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

7 may kuni azaliy orzularingizdan birini haqiqatga aylantirish yo'lida ilk qadamni tashlashingiz kerak. Bugun yozuvchilar, tadbirkorlar, aktyorlar va boshqa iste'dod egalari uchun muvaffaqiyat eshiklari lang ochiq. Omad qushini qo'ldan chiqarmang. Shaxsiy hayotda mustaqil bo'ling. Muhabbatda tashabbuskorlik talab qilinadi. Suygan insoningizga nisbatan yanada iliqroq munosabat yuriting. Sog'lig'ingiz pand berishiga yo'l qo'ymang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Hadeganda xayollaringiz o'tmishga yo'rg'alayverib bezor qilishi mumkin. Bilasiz, o'tmish xotiralari sizga faqat ziyon yetkazishi tayin. Ammo bunga qarshi hech narsa qila olmaysiz. Qalbingizni shubhalar, alamlar chulg'ab ola boshlaydi. Yo'q, bas qilishingiz kerak. Ishga sho'ng'ishingiz lozim. Optimistga aylanishingiz lozim. Ana shunda daromadlar xarajatlarni ortda qoldiradi. Kuningiz iliqlik qurshovida o'tadi.

Теги: Munajjimlar