0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 6 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 17.09.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

6 sentyabr kuni shoshma-shosharlikda qarorlar qabul qilishdan saqlaning. Aks holda jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yishingiz tayin. Salomatligingiz haqida qayg'ursangiz ham ortiqchalik qilmasdi. Ayniqsa, surunkali jigar va oshqozon xastaligiga yo'liqqanlar bu masalaga jiddiy yondashishlari kerak. Parhez tutish sizga katta foyda beradi. Shunda ortiqcha vazndan xalos bo'lasiz va o'zingizni yengil his eta boshlaysiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun yaqinlaringizning nima haqida qayg'urayotgani, nima yeb, nima ichayotgani bilan qiziqib ko'rsangiz yomon bo'lmaydi. Tabiatinizga xos xudbinlikdan nari bo'lishga harakat qiling. Oldi-sotdi masalasida juda ehtiyot bo'lmasangiz, qo'shimcha moddiy mushkulotlarga duch kelasiz. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizdan izhorlarni, mehr va e'tiborni darig' tutmang. Asabni ehtiyotlang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

6 sentyabrda imkoniyatlaringiz va bilimingizni yana bir karra taroziga solib ko'ring. Bu yangi ishlarga ishonch va qat'iyat bilan qo'l urishingizda yordam beradi. Ishda bo'shashish sizga to'g'ri kelmaydi. Juda ko'plab yumushlarni uddalab ulgurishingiz lozim. Shaxsiy hayotingiz haqida birovlar mish-mish tarqatishlariga yo'l qo'ymang. Bunga sabab qoldirmang. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga otlanishi mumkin. Safaringiz omadli kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugungi kuningiz yugur-yugurlardan iborat bo'ladi. Shahar kezib, qandaydir hujjatlarga imzo qo'ydirish, shaxsiy muammolarni hal etish bilan band bo'lasiz. Internet yoki pochta orqali ko'plab shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq xabarlar olishingiz kutiladi. Muhabbatda juftingiz bilan o'zaro munosabatlarda uchraydigan barcha minuslarni yo'q qiling. Bugun tabiat qo'ynida dam olish xayrli kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

6 sentyabr kuni jamoangizda bosh qahramon rolini ijro etishingizga to'g'ri keladi. Hamkasblar albatta sizga quloq tutishadi. Juftingizning niyatini oldindan payqay olsangiz, uning nazarida avliyoga aylanishingiz ham hech gap emas. Ammo biling, bu niyatni faqat siz haqiqatga aylantirishingiz talab etiladi. Rejalaringiz haqida begonalarga aslo gapirmang. Ko'z tegishi mumkin. Kechqurun oila a'zolaringiz bilan birgalikda vaqt o'tkazing. Olloh sizga yor bo'lsin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugungi kunni qancha faollikda o'tkazsangiz, martabangiz shuncha tez oshadi. Dangasalikka yo'l qo'ysangiz, ko'plab imkoniyatlardan mahrum bo'lasiz. Salomatlik masalasida bir maslahat. Sutli mahsulotlar iste'moliga o'ting. Qahva va achchiq choydan voz kecha turing. Shunda oshqozoningiz mamnun tortadi, qon bosimingiz joyiga tushadi. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazadi. Ularni zahira pullarga qo'shib qo'ying, asqotadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

6 sentyabrda atrofdagilarning barchasini maqtang, hurmatlang, izzat ko'rsating. Faqat o'zingizni emas. Oila a'zolaringiz, hatto do'stlaringiz bo'yningizga minib olib ularga moddiy ko'mak berish joningizga tegdimi? Xarakteringizning asl qiyofasini ko'rsating va o'zingizga qattiq ishongan holda oldinga intiling. Agar birovlardan qarz ko'tarib qo'ymasangiz, moddiy ahvolingiz me'yorida bo'ladi. Barcha muammolarni o'z kuchingiz bilan hal etishga harakat qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun haddan tashqari o'zingizga ishonib yuborsangiz, ziyon ko'rasiz. Og'ir-bosiqlik bilan ish tuting. Ayniqsa, tadbirkorlar yangi hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish yo'lida tartibli va kamtar bo'lishlari lozim. Intellektual o'yinlar, velosipedda sayr qilish bugun yoqimli kechadi. Ijod kishilari ham bugun zerikishga vaqt topa olishmaydi. Foydali takliflar kelib tushadi. Ulardan voz kechishning sira imkoni yo'q.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

6 sentyabr kuni qanday ishga qo'l urmang, shubhalarga o'rin bo'lmasligi kerak. Agar kimdir internet orqali yangi ish qidirib topish harakatida bo'lsa, albatta topadi. Ajoyib maoshli ish topasiz. Suyukli insoningizga bugun nimanidir va'da qilgan bo'lsangiz, va'dangizning ustidan chiqishga harakat qiling. Kechqurun toza havo sayrini o'tkazib yubormang. Uyquga yotishdan oldin qatiq ichib olsangiz, tushlaringiz totli kechadi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Ertalaboq qilinajak ishlar ro'yxatini tuzing va foyda bermaydigan ishlarni o'chirib tashlang. Bugun rahbarlar bilan mukofot puli yoki maosh xususida muloqotga kirisha ko'rmang. Qachonlardir kimlardandir qarz olgan bo'lsangiz, bugun qarzini qistab kelishlari kutiladi. Kun davomida xizmat safarlariga chiqish, tadbirkor bo'lsangiz, biznes hamkorlar bilan uchrashish va muhim hujjatlar bilan ishlash amallari xayrli o'tadi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

6 avgustda qimmatbaho buyumlar xarid qilishdan nari bo'ling. Shunda moddiy ahvolingizni yaxshiligicha saqlab qola olasiz. Anchadan beri avtomobil, uy yoki mebel sotib olishni mo'ljallagan bo'lsangiz ham bugun xaridlarni amalga oshirmay turing. Ba'zilar ehtiyotsizlik tufayli infeksiya yuqtirib olishlari ehtimolga yaqin. Zudlik bilan oldini oling. Kerak bo'lsa, tibbiy ko'rikdan o'ting.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Oldindan rejani puxtalab olsangiz, kuningiz unumli kechadi. Bir necha ishga birdan yopishmang. Kuch va imkoniyatlarni tejang. Miyangizga ishingiz bilan bog'liq g'oyalar kelgan bo'lsa, o'zgalarga oshkor qilmang. Ko'proq suyuqlik iching, piyoda yuring. Belni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajaring. Salomatlikni asrang.

Теги: bashorati, kunlik, Munajjimlar