0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 5 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 17.09.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugungi kuningiz oson kechmaydi. Ammo o'zingiz ham yengillikka talpinmagansiz. Shunday ekan, bugungi kuningiz jiddiy sinovlardan iborat bo'ladi. Kechki payt telefon orqali kutilmagan xabar eshitasiz. Aynan shu xabar juftingiz bilan o'zaro munosabatlaringiz rivojlanishiga sababchi bo'ladi. Duch kelgan taomni iste'mol qilishdan saqlaning. Oshqozoningizga ziyon yetishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

5 sentyabr kuni ish ko'pligidanmi, keragidan ortiq kuch sarflashingiz tufayli organizmingiz zo'riqishi mumkin. Shuning uchun bugun vaqt topib organizmni qayta tiklash harakatiga tushing. Basseynda cho'miling, sport bilan shug'ullaning. Agar lotereya sotib olgan bo'lsangiz, bugun katta pul yutib olishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Omadingizni sinab ko'ring. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Vaqtida qat'iy qaror chiqarmasangiz, muvaffaqiyatsizliklarga duch kelishingiz mumkin. Yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish harakatiga tushing. Ularda baraka mo'l bo'ladi. Rahbarlar zimmangizga yuklagan vazifalarni hamkasblar bilan birgalikda jamoaviy tarzda ado eting. Qarindoshlaringiz sizni tanqid ostiga olishi mumkin. Ayb o'zingizda bo'lsa, bahslashmang va xatolarni tuzatishga harakat qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

5 sentyabrda katta hajmdagi ishni bajarishingiz kutilmoqda. Kunni sergaklik va quvonch og'ushida o'tkazasiz. Anchadan beri miriqib dam olishni orzu qilganlar bugun tabiat qo'yniga yo'l olishlari mumkin. Oilaviy hayotda ham o'zingiz va yaqin insoningizni hashamat hamda garmoniyadan mahrum qilmang. O'zingiz uchun sun'iy ravishda to'siqlar qo'ymang. Juftingiz bilan janjallashmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun hamkasblaringizga nisbatan sizda qulay imkoniyatlar ko'proq bo'ladi. Sifatli va tez fursatda bajargan ishingiz uchun rahbariyat sizni mukofotga loyiq topishi ham haqiqatdan yiroq emas. Muhabbatda jabrdiydaga aylanishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Miyangizga hadeganda o'rlaydigan xunuk xayollardan faqat astoydil intilish va istak yordamidagina xalos bo'la olasiz. Salomatlikni mustahkam saqlash uchun organizmingiz toblanishini ta'minlang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

5 sentyabr kuni zahiradagi pullardan tortib katmoningizgacha qattiq turib himoya qiling. Ular kissavur va firib ustalari qo'liga o'tib ketishiga yo'l qo'ymang. Xohlasangiz, o'zingizga yoqadigan buyumlar xarid qiling. Qiz-juvonlar uchun bugun go'zallik saloniga borish, sochini yangichasiga turmaklash, so'nggi moda asosida kiyinish muvaffaqiyatli kechadi. Oilasizlar kechqurun bo'lg'usi umr yo'ldoshi bilan uchrashuvga chiqadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun ozgina tavakkal qilsangiz, albatta mukofotini olasiz. Bu ko'proq ijod kishilariga taalluqli. Muhabbatda ajoyib bir taklif kelib tushadi. Bu ham sizning foydangizga. Imkoniyatni qo'ldan bermang. O'zingizni pozitiv tarafdan ko'rsatishga harakat qiling. Bugun ro'zg'or va moliya bilan bog'liq muammolar yengil bartaraf etiladi. O'zingizni ehtiyot qiling. Salomatlikni asrang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanadi. Faqat o'sha lahzalarni bir umr eslab qoling. Agar yirik xaridlardan voz kecha olsangiz, moliyaviy ahvolingiz boshqalarnikidan kam bo'lmaydi. Xizmat safarlari, foydali kelishuvlar va muhim hujjatlarni rasmiylashtirish amallari bugun omadli kechadi. Kechqurun yog'li va achchiq taomlar iste'molidan tiyiling. Aks holda oshqozoningizda jiddiy muammo yuzaga kelishi hech gap emas.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

5 sentyabr kuni juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz nihoyat qalbingizdagi qaynoq muhabbatni tan olib sizga yon berishga majbur bo'ladi. Kun davomida do'stlaringiz davrasida bo'lib xursandchilik qilish va shu bahonada dam olish imkoniyatlari tug'iladi. Faqat spirtli ichimlik ichmasligingiz tavsiya etiladi. Tadbirkorlarning ishi bugun o'ngidan kelmoqchi emas. Rejalashtirilgan safar ham ortga suriladi. Boshingizdan o'tadigan barcha ko'rguliklarga faylasufona baho bering.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Qaysi kasb egasi bo'lishingizdan qat'i nazar raqobatchilarni zimdan kuzating. Ular mudrayotgani yo'q. Shuning uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa amallarda xatoliklarga yo'l qo'ymang. Muzokaralar va majlislar tashkil etgan tadbirkorlar nihoyatda xotirjamlikda ish tutishlari kerak. Yaqinlaringiz bilan muloyim ohangda munosabat yuriting. Yo'qsa orangizda janjal kelib chiqishi mumkin.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

5 sentyabrda sportning ekstremal turlaridan, faollik talab qiluvchi amallardan va jismoniy zo'riqishlardan nari bo'lishingiz tavsiya etiladi. Aks holda ular sizga ko'ngilsiz vaziyatlarni hadya etadi. Jarohat olishingiz mumkin. Do'stlaringizdan birining sizga qarshi salbiy harakatlari ko'pgina vaziyatlarga ochiq ko'z bilan boqishga majbur etadi. Oila qurmaganlar kechqurun bo'lg'usi umr yo'ldoshini uchratib tanishishadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Hamkasblaringizdan biri oyog'ingizga bolta urish payida bo'lishi mumkin. Agar aybingiz bo'lmasa, sira qo'rqmasdan arzirli javob qaytaraversangiz bo'ladi. Qolganini rahbarlarning o'zi oxiriga yetkazadi. Siz esa vazifangizni sidqidildan ado qilishda davom eting. Oilalilar bugun tashqarida ishqiy sarguzashtlarga berilishdan saqlanishlari kerak. Bu sizning atrofdagilar qarshisidagi obro'yingizni to'kadi.

Теги: Munajjimlar, bashorati, kunlik