0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 5 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 18.11.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun o'z kuchingizgagina ishongan holda ish tutishingizga to'g'ri keladi. Ammo kuchingizni to'g'ri yo'naltira olishingiz kerak. Shunda har qanday ishni a'lo darajada uddalay olasiz. Oilaviy hayotingiz ham bugun sinovlarsiz kechmaydi. Ayniqsa, yaqinlaringizning ayrim injiqliklariga bardosh bilan yondashishingiz talab etiladi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

5 noyabr kuni ezgu maqsadlarga tezroq yetishni xohlasangiz, keskinlik bilan oldinga intilishingiz lozim bo'ladi. Shaxsiy biznesi borlarni kun davomida raqobatchilar kurashga chorlayverib charchatishi mumkin. Ish orasida sevimli xobbingizga ham vaqt ajrata olsangiz, kayfiyatingiz albatta pozitivlikka ega bo'ladi. Har jihatdan sug'urtalanib, ehtiyotingizni qilgan holda yo'l tutsangiz, moliyaviy sohada muvaffaqiyatlar sizniki bo'lishi aniq. Serqatnov yo'llarda juda ehtiyot bo'ling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun sizga nafaqat yaqinlaringiz yordami, balki o'zingizdagi tajriba va tug'ma iste'dod ham juda-juda zarur bo'ladi. Ish qanchalar murakkab va og'ir bo'lmasin, birovlar yordamiga umid bog'lashdan tiyiling. Salomatlik masalasida qahramonlik ko'rsatishga urinishdan ehtiyot bo'ling. Suv yordamidagi tanani chiniqtirish muolajalaridan voz keching. Ertalablari yugurib turish esa aksincha sizga foyda beradi. Kun bo'yi havoga qarab kiyining.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

5 noyabrda birinchi bajaradigan ishingiz depressiyaga qarshi urush e'lon qilishdan iborat bo'lmog'i lozim. Vaqtida harakatingizni qilmas ekansiz, pul masalasi ham, ro'zg'ordagi muammolar ham chalkashlik domiga tushadi va undan xalos bo'lishingiz uchun birovlarning yordami zarur bo'ladi. Har bir qadamingizni o'ylab bosing. Atrofdagilar bilan munosabatlarda janjal yuzaga kelishiga sira yo'l qo'ymang. O'zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Hayotingiz yengil kechmayotgani barchaga ayon. Lekin ularni yengib haqiqiy qahramonga aylana olsangiz, oshig'ingiz olchi bo'lardi. Ishxonangizda kimdir kayfiyatingizni bir pul qilishi mumkin. Biroq janjal chiqarishga urinmang. Ayniqsa, o'sha hamkasb bilan ancha yildan beri birga ishlayotgan bo'lsangiz, kechirimli bo'lganingiz ma'qul. Moliyaviy muammolaringizni do'stlardan biri ijobiy hal etib berishi kutiladi. Boshni baland ko'tarib olg'a qadam tashlayvering!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

5 noyabr kuni erta tongda vaqtli turib ish boshlamasangiz, ishlaringizda unum bo'lmasligi mumkin. Lekin oldin ertalabki badartarbiya bilan shug'ullanishni ham unutmang. Muammolarni o'ylamang. Ular siz o'ylaganchalik murakkab emas. Juda bo'lmasa, do'stlarga qo'ng'iroq qilasiz va muammo hal bo'ladi. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, kerakli tahlillarni o'z vaqtida topshirib, zarur bo'lsa, muolajalarni boshlang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ertalab kunni qaynoq kofe ichish bilan boshlasangiz, xayollaringiz, fikrlaringiz teranlashib, sergak tortasiz. Ko'ribsizki, barcha rejalashtirilgan ishlar oldinga siljiydi. Ortiqcha buyumlardan voz keching. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvni boshdan o'tkazishlari kutilmoqda. Hatto, kutilmagan sovg'ani ham qabul qilib olishingiz mumkin. Tabriklaymiz! Omad sizga yor bo'lsin!

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

5 noyabrda yolg'izlardan kimning xayollari yaqindagina tanishgan inson tomon oqa boshlaydi. Bu shunchaki tanishuv emas, balki, tanishuv zamirida muhabbatga o'xshash tuyg'u mavjudligini anglab yetasiz. Ammo darrov tuyg'ularingizni oshkor etib qo'ymang. Vaqt kerak. Kechqurun uyda, oila a'zolaringiz davrasida vaqt o'tkazishingiz tavsiya etiladi. Ko'chaga chiqsangiz, qaysidir janjalga qo'shilib qolishingiz mumkin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun sizni turli ko'ngilsiz vaziyatlardan sukutgina qutqara oladi. Panada bo'ling. Oldinga intilmang. Xavfli vaziyatlar sari talpinmang. Ishxonangizda ham ayrim muammolar ko'ndalang turishi mumkin. Moddiy ahvolingiz hadeganda yaxshilana qolmay, asabingizni buzadi. Bu muammolarni o'z foydangizga hal etishingizda yaqin insoningizning qimmatli maslahatlari yordam beradi. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin o'zingiz sevgan kitobni mutolaa qiling.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

5 noyabr kuni birovlarning ishlariga, shaxsiy hayotiga aralashishdan o'zingizni tiyishingiz lozim. Yo'qsa, kayfiyatingiz ertalabdayoq bir pul bo'lishi hech gap emas. Xayrli tadbirlarni tashkil etish, qiynalganlarga har taraflama yordam ko'rsatish, yaqin kishilarning ko'nglini olish va ijod qilish bugun muvaffaqiyatli kechadi. O'tmishga qaytib ish ko'rishni xayolingizga ham keltirmang. Muhabbatda oilasizlarning ham, oilalilarning ham omadi kuladi.

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

Kunning birinchi yarmidanoq bir dunyo yoqimli lahzalar sizga hamrohlik qiladi. Ularning eng qimmatlisi esa yaqin insoningiz hadya etadigan sovg'a bo'lsa kerak. Sevimli xobbi uchun vaqt ajratish, uy yumushlarini uddalash bugun albatta yoqimli kechadi. Moddiy ahvolingiz ko'tarishiga ishonsangiz, sayohatga otlansangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Kuz havosi sizga har jihatdan foyda beradi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

5 noyabrda ertalab uyqudan uyg'onishingiz mushkul bo'ladi. Hatto, kofe ham yordam bera olmasligi mumkin. Lekin ish kutib turmaydi. Kunning ikkinchi yarmida qog'ozbozliklarga mukkangizdan ketishingiz kerak bo'ladi. Kechqurungacha ularni yakunlashga harakat qiling. Kimki o'ziga munosib juft qidirish bilan ovora bo'lsa, kechqurun ularni romantik tanishuv va uchrashuv kutadi. Yangi tanishgan insoningizdagi har bir jihat sizga yoqib tushadi. Olloh sizga yor bo'lsin!




Теги: Munajjimlar