0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 5 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 27.06.2019
RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO'LSIN, QADRDONLAR!!!


QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun o'ta asabiylik holatini boshdan kechirishingiz mumkin. Shuning natijasida ishdagi faolligingizga ham putur yetadi. Agar moddiy ahvolingiz minusga tushib qolishini xohlamasangiz, o'zingizni qo'lga oling. Yaqinlaringizdan yordam so'rang. Shaxsiy hayotingizni yanada farovon etish uchun xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni o'ylab toping. Axir, hayot davom etmoqda. Pozitivlikka siz ham haqlisiz. Janjalli davralardan o'zingizni olib qoching.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

5 iyun kuni dunyoni baravariga o'zingizniki qilib olishga urinmang. Real hayotda nimaiki sizga tegishli bo'lsa, o'shalarga egalik qiling. Oilaviy hayotda siz ham o'z fikr-mulohazalaringiz bilan ishtirok etishga mas'ulsiz. Aqlingiz yetmagan yumush va vazifalarni qarindoshlarga qo'yib bering. Kunning ikkinchi yarmida qo'shni shaharga ish bilan borib kelishingiz kutiladi. Salomatlikni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun nafaqat o'zingiz, balki atrofdagilarning fikrlarini ham hisobga oling. Ayniqsa, kimlar bilandir birgalikda katta ish boshlagan bo'lsangiz, bamaslahat yo'l tutishingiz talab etiladi. Kun davomida hozircha noma'lum sabablarga ko'ra emotsiyangiz jilovdan chiqishi mumkin. Moliyaviy muammolaringiz bugun to'liq sizning foydangizga ijobiy hal bo'ladi. Kechqurun sizdan qarz olganlar qarzini qaytaradi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

5 iyunda siz salomatlik, ish va shaxsiy hayot masalasida juda sergak turishingiz lozim. Ularning har biriga jiddiy munosabatda bo'ling. Prinsiplaringizdan voz kechmagan holda ko'nglingizga yoqmaydigan odamlardan nari bo'lishga harakat qiling. Bo'sh kelsangiz, ular har yo'l bilan sizni o'zlariga itoat ettirib olishdan ham tiyilishmaydi. Muhabbatda oilalilar ham, oilasizlar ham bayramona kayfiyatga ega bo'lishadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Oila qurmagan bo'lsangiz, bugun ichki olamingizni nazardan o'tkazing. O'zingizga yoqadigan insonning qalbini zabt etish payida bo'ling. Shaxsiy hayotda ham qat'iy qarorlar chiqarishingizga to'g'ri keladi. Bu qarorlar shunday bo'lsinki, ezgulik uchun xizmat qila olsin. Ishxonangizdagi rahbarlar bilan hatto masofadan turib ham bahslashmaslikka intiling. Kelgusida martabangizni qanday oshirish, maoshingizni qay yo'l bilan oshirish harakatida bo'ling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

5 iyun kuni parizod burji ostida tug'ilgan do'stlarimiz yangi tanishuvlarni boshdan o'tkazishadi. Ayniqsa, oilasizlarning tanishuvlari albatta romantik maqsadlarga yo'naltirilgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Aqlni ishlatgan holda ish tutsangiz, moliyaviy masalada inqirozga yuz tutmaysiz. Ayrimlarni kunning ikkinchi yarmida migren,: oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi va bo'g'imlar qaqshab og'rishi bezovta qilishi mumkin. Vrach qabuliga shoshiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun sizga reallik va qat'iyatlilik yordam bera oladi. Ne ishga qo'l ursangiz, ne harakatni sodir etsangiz, ana shulargina ko'makdosh bo'ladi. Agar qaysidir ishda nimanidir tushunmasangiz yoki qurbingiz kelmasligiga aqlingiz yetsa, yaqin do'stlarga murojaat eting. Oila qurganlar va qurmaganlar jufti yoki bo'lg'usi jufti bilan rashk tufayli janjallashib qolishi mumkin. Bu janjalning oldini oling. Suyganingizga ishoning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

5 iyun siz uchun yorqin va qiziqarli kunga aylanadi. Ayniqsa, muhabbatda yangi tuyg'ularga ega chiqishingiz quvonarli hol. Oila qurmagan bo'lsangiz, yangi, ajoyib romantik uchrashuv sizni kutmoqda. Imkoniyatni aslo qo'ldan chiqara ko'rmang. Rejalashtirilgan safar, yangi uyga ko'chib o'tish va yirik xaridlarni amalga oshirish muvaffaqiyatli yakun topadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun eng yaxshi yo'l uyda dam olishdan iborat bo'ladi. Agar kecha tuni bilan biror bayram tantanasida ishtirok etgan bo'lsangiz, dam olish siz uchun juda muhim. Kuch-quvvat elektr toki emaski, yarim soatda qayta to'ldirib harakatlanishda davom etsangiz. Yoga bilan shug'ullanish, bel og'rig'iga qarshi jismoniy mashqlarni amalga oshirish, suzish mashqlari bugun xayrli o'tadi. Katta pul kutmang. Zahiradagi pullarni ishlatib turishingizga to'g'ri keladi. Oilasizlarni kechqurun romantik uchrashuv kutadi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

5 iyun kuni bir oyog'ingiz uyda bo'lsa, ikkinchisi ko'chada bo'ladi. Ish va muammolar ko'paygandan ko'paygan. Biroq siz barchasining adabini berishga ulgurasiz. Shaxsiy hayotda ham sizni omad tark etmaydi. Oilasiz bo'lsangiz, albatta orzuingizdagi insonni uchratasiz. Oilalilar esa bayram bahonasida xonadonida tantanali kecha uyushtirsalar ham foydadan xoli bo'lmaydi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Bugun ovqatlanish ratsioningizni qayta ko'rib chiqishingiz, jismoniy zo'riqishlardan nari bo'lishingiz lozim. Bu amallarni ado etmasangiz, xastalanib qolishingiz hech gap emas. Bugun aqliy mehnat kishilari, ijodkorlarning kuni tug'adi. Madaniy ahamiyatga ega tadbirda ishtirok etish muvaffaqiyatli kechadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kuningiz yengil kechmaydi. Arzimas bahs tufayli atrofdagilar qarshisida obro'sizlanishingiz ehtimoli bor. O'zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Moliyaviy sohada ham omad sizdan yuz o'girishi mumkin. Ammo pulsiz qolib ketmaysiz. Qo'shimcha daromadli ish topsangiz, hammasi joyiga tushadi. Tadbirkor do'stlarga murojaat eting.

Теги: Munajjimlar