0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 4 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 24.08.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

4 avgust kuni har jabhada o'zingizni sug'urtalab olish yodingizdan chiqmasin. Aks holda ko'ngilsizliklardan boshingiz chiqmay qolishi hech gap emas. Ayrimlarning plastik kartochkasiga kimlardir adashib pul o'tkazib qo'yishi mumkin. Bu pullarni sarflashga shoshilmang. Balki qaytarib berishga to'g'ri kelar. Bugun parhez tutish, sport musobaqalarida ishtirok etish va immunitetni mustahkamlashga qaratilgan harakatlar xayrli kechadi. Gripp bilan og'riganlardan nari yuring.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun siz bilan hamkorlikda ishlash istagida bo'lganlarning sanog'i bo'lmaydi. Ammo ularning birontasi sizga ma'qul kelmaydi. Aslida siz dam olishni xohlamoqdasiz. Afsuski, dam olishga hali vaqt bor. Kechki payt konsert yoki teatrga tushish sizga bir dunyo ijobiy emotsiyalarni hadya etadi. Kun davomida yangi bilimlarni egallash harakatida bo'ling. Ayniqsa, ishingiz bilan bog'liq bilimlar xalal bermaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

4 avgustda ertalabdanoq sayohat, kurort kabilarni ko'nglingiz tusab qoladi. Tushga yaqin yoqimli xaridlarni amalga oshirasiz. Tadbirkor bo'lsangiz, shubhali loyihalarga pul tikish fikridan qayting. Ichak va bo'g'imlarda yoqimsiz holatlar kuzatilsa, muolajalar olish haqida qattiqroq qayg'urishingiz kerak bo'ladi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun yanada intiluvchan bo'lishingiz kerak. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun niyati buzuq odamlardan birining ta'siriga tushib qolishingiz ehtimoli bor. O'z vaqtida harakatingizni qilmasangiz, chuv tushib qolishingiz hech gap emas. Organizmingizni suv, quyosh va giyoh damlamasi bilan chiniqtiring. Salomatligingiz shu bahonada mustahkamlanadi. Oila qurmaganlarni bugun ishqiy sarguzashtlar kutadi. Siz orzuingizdagi insonni uchratasiz. Kechqurun har qanday ko'rinishdagi safarga otlanish omadli kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

4 avgust kuni ishlar hajmini kamaytirishingizga to'g'ri keladi. Shamollash oyoqdan olish xavfi bor. Agar immunitetingiz tushib ketgan bo'lsa, jismoniy mehnatdan ham voz kechishingiz kerak. Muhabbatda faqat tafakkurga suyanib ish ko'ring. Boshqachasiga suygan insoningiz bilan til topisha olmaysiz. Kechqurun sizni xizmat safariga jo'natishlari mumkin. Safar davomida vaziyatga qarab ish tuting.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Ish joyingizdagi rahbarlarning sizga bo'lgan talabi yanada ortishi kutilmoqda. Agar aybingiz bo'lmasa, jimgina odatiy ishingizni davom ettiravering. Yaqindagina tanishgan odam bilan orangizda bahs yuzaga kelishi mumkin. Kim nima desa ishonib ketavermang. Qalbingizgagina suyaning, ungagina ishoning. Vaqt topib shahar aylanishga chiqsangiz ham ziyon qilmaydi. O'zingizni ehtiyot qiling. Omad sizga yor bo'lsin!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

4 avgustda mehnat ta'tiliga chiqish masalasida reja tuzishni boshlayversangiz ham bo'ladi. Vujudingizda kuch degani bisyor. Ularni xayrli ishlarga sarflasangiz juda yaxshi bo'ladi. Kun mobaynida ijod, san'at bilan shug'ullanib, yoki qiziqarli kitob o'qisangiz ham vaqtingiz chog' kechadi. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo'yniga chiqib dam olishingiz tavsiya etiladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kuningiz qoniqarli kechadi. Sayr-u sayohatlarga boy o'tadi. O'zingiz yashaydigan hududda sayr qilish orqali hali o'zingizga ma'lum bo'lmagan yangiliklardan voqif bo'lishingiz mumkin. Do'stlaringizdan biri sizni o'z manfaati yo'lida aldab ketishga urinishi kutiladi. Aldovlarga laqqa tushib qolishdan saqlaning. Azartli o'yinlarning yaqiniga ham bormang. Bu o'yinlar sizni xarob qiladi. Asabni ehtiyot qiling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

4 avgust kuni salomatlikni tiklash, mustahkamlash amallari muvaffaqiyatli o'tadi. Ruhan kuch bag'ishlaydigan, optimizm baxsh etadigan mashg'ulotlar bilan band bo'lishga harakat qiling. Kun davomida yangi do'stlar orttirasiz. Ular eski qadrdonlardan ham ishonchliroq bo'lib chiqadi. Bugun moliyaviy muammolar muvaffaqiyatli kechmasligi mumkin. Shu sababli zahiradagi pullardan foydalanib turishga majbursiz.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Ertalabdan oila a'zolaringiz hamrohligida tabiat qo'ynida kichik ziyofat uyushtirishingiz tavsiya etiladi. Bu yaqinlaringiz bilan yanada yaqin bo'lishingizda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Ishda va ro'zg'or muammolarini bartaraf etishda katta tezlik talab qilinadi. Sevimli xobbingiz bugun sizga nafaqat quvonchli lahzalar, balki mo'may daromad ham hadya etishi turgan gap.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

4 avgustda ayrimlar shahar kezib o'ziga ma'qul ish qidirish bilan band bo'ladi. Bugun shaxsiy biznes ochish va shu ishga oid sheriklar topish omadli kechadi. Muhabbatda tuyg'ularni taftish qilib olmasangiz bo'lmaydi. Kechki payt xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Moddiy ahvolingiz kunning ikkinchi yarmida yaxshilanadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Ertalab dam olish kuniligidan unumli foydalanishingiz zarur. Yolg'izlikda olisdagi qarindoshlardan birinikiga jo'nang. Toza havo va sokinlik sizga juda kerak bo'ladi. Oila a'zolaringiz bilan munosabatlarda muloyim va saxovatli bo'ling. Tadbirkorlarning ba'zilari qo'pol xatolik tufayli katta yo'qotishga yuz tutishlari xavfi bor. Oila qurmagan bo'lsangiz, bugundan yaxshiliklar kutavering. Albatta idealingizdagi insonni topasiz.

Теги: Munajjimlar