0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 29 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 17.09.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimizning martabasi bugun katta tezlikda yuqorilab boradi. Atrofingizda qo'llab-quvvatlashga, kerak bo'lsa, yordam berishga tayyor odamlarning bu qadar ko'pligini o'zingiz ham bilmasdingiz, to'g'rimi? Lekin shaxsiy hayotingizda ayrim ko'ngilsizliklar paydo bo'lishi mumkin. Aldovlar va xiyonat kayfiyatingizni buzishi ehtimolga yaqin. Ehtiyot bo'ling. Agar do'stlar, tanishlardan qarzingiz bo'lsa, bugunoq qarzlarni egalariga qaytarishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

29 avgust kuni ish bajarishda ikkilanishlarga yo'l bermang. O'zingizga qattiq ishongan holda Ollohning nomi bilan ish boshlasangiz, tog'larni tolqon qilishga qodirsiz. Kun davomida moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun ham ancha-muncha ter to'kishingizga to'g'ri keladi. Muhabbatda jiddiy muammolar ko'zga tashlanishi mumkin. Bu ko'proq oila qurmaganlar hayotida yuz beradi. Tanlaganingiz favqulodda sizga og'ir shartlar qo'ya boshlashiga guvoh bo'lasiz. Ammo munosabatlarga nuqta qo'yishga shoshilmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugungi kun moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun muvaffaqiyatli kechmaydiganga o'xshab turibdi. Ayniqsa, bankdan kredit olsangiz, o'zingizga yanada ko'proq muammo orttirib olasiz. Undan ko'ra qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topganingiz ma'qul. Yoki qondoshlardan qarz ko'taring. Bugun tibbiy ko'rikdan o'tish hamda muolajalar olish xayrli kechadi. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, muolajalarni sira vaqt o'tkazmasdan olishingiz kerak.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

29 avgustda quvonch va ilhomning o'zi sizni quvib yuradi. Qarshingizdagi har bir manzara kayfiyatingizni ko'tarish uchun xizmat qiladi. Favqulodda bajarilishi kerak bo'lgan ishlarni ortga surmang. Ayniqsa, bu ishlarni rahbarlar sizga ishonib topshirgan bo'lsa, muddatidan oldin ado etishingiz talab etiladi. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketishi kutiladi. Ishoning, safar sizga mo'may daromad hadya etadi. Omad sizga yor bo'lsin!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun arslon burji ostida tug'ilganlarni firib va yolg'on ta'qib etadi. Shuning uchun pullaringizni ishonchli joyda asrashga harakat qiling. Kimdir sizdan qaysidir masalada maslahat so'rasa, rad etmang. Salomatligingizni kun davomida nazoratdan qochirmang. Kasallik xavf solishiga yo'l qo'ymang. Yo'qsa, kuz mavsumini davolanish bilan o'tkazishingiz hech gap emas. Xudo asrasin! Kechqurun sizni kimlardir restoran yoki mehmonga taklif etishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

29 avgust kuni xayolingiz faqat ishda bo'ladi. Ayrim holatlarda uzoq-uzoqlarga qochib ketishni istab qolasiz. Biroq bu ishlarni sizdan boshqa kim ham ado etardi. Ruhni ko'tarib oling-u, astoydil ishga tushing! Mevasini tez orada albatta ko'rasiz. Oilalilarni taqdirning o'zi bugun jiddiy sinovdan o'tkazishi kutilmoqda. Juftingiz shunday «tergov» tashkil etadiki, advokatsiz bu savollarga javob berish mushkul kechadi. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazadi inshoolloh.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugungi kuningiz yengil kechmaydi. Barcha yuzaga keladigan vaziyatlarni tahlil qilib chiqmas ekansiz, ko'ngilsizliklarga duch kelishingiz hech gap emas. Ishxonangizda ham hamkasblarning ayrimlari g'iybatingizni qila boshlashi mumkin. Bunday vaziyatlardan chiqib ketish uchun hayotingizdagi eng og'ir lahzalarni esga oling. Shu narsa sizga ruh bag'ishlaydi. Kechqurun har qanday ko'rinishdagi uchrashuvlardan voz kechib, yolg'izlikda dam oling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

29 avgustda uy-ro'zg'or muammolari oyog'ingizdan olmasaydi. Garchi kimlardir bu muammolarni bir kunda bartaraf etishini aytib tavallo qilsa-da, quloq tutmaysiz. Astoydil ishga kirishasiz. Qarindoshlardan biri ham asabingizga tega boshlashi kutiladi. Ammo u bilan teng bo'lmay qo'ya qolganingiz ma'qul. Oradagi masofani saqlang. Shunda orangizda janjal yuzaga kelmaydi. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan band bo'lishingiz xush kayfiyat baxsh etadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun ajoyib bir ishda hamkorlik taklif etishlari mumkin. Bu ishni xorijda bajarish kerak bo'ladi. Xorijga borib ishlash azaliy orzuingiz edi. Rozi bo'ling. Shu bahonada moliyaviy ahvolingizni ham yaxshilab olasiz. Yolg'izlar kun davomida bo'lg'usi juftini uchratib tanishishlari kutilmoqda. Bu voqea do'stlar bilan tabiat qo'yniga yoki kafega borgan mahalingiz sodir bo'ladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

29 avgust kuni tadbirkorlar jiddiy muzokaralarni boshdan o'tkazishadi. Bu amal kechga qadar davom etishi mumkin. Bu juftingiz bilan o'zaro munosabatlarga salbiy ta'sir o'tkazishi ehtimolga yaqin. U sizni ishdan kech kelaverishda ayblaydi. Sabrli bo'ling. Neki ishga qo'l ursangiz, imkon doirasida yoshi ulug' qarindoshlar bilan maslahatlashing. Bu sizga faqat foyda beradi. O'zingizni ehtiyot qiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Bugun qonun himoyachilari bilan iliq munosabat yuritishga harakat qiling. Kun mobaynida halokatli lahzalar, jarimalar va shu kabi yoqimsiz vaziyatlar paydo bo'lishi ham ehtimoldan xoli emas. Lekin muammolarni hal etishda badavlat tanishlarga ishonmang. O'zingiz mustaqil vaziyatdan chiqishingizga to'g'ri keladi. Moliyaviy muammolar bugun sizga do'stlik qilmoqchi emas. Zahira pullardan foydalanib turishingiz zarur bo'ladi shekilli.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

29 avgustda ishxonadagi ayrim hamkasblarga o'z ta'siringizni o'tkaza bilishingiz rahbarlarga ham yoqib tushadi va sizga yanada kuchliroq hurmat bilan munosabat yurita boshlashadi. Ana, rahbarlar bilan ochiqchasiga maosh, mukofot masalalarini gaplashib olish uchun bahona topildi. Bu imkoniyatni qo'ldan chiqarmang. Qaysidir xastalikka qarshi muolaja olishga bel bog'laganlar xalqona usullarga murojaat etmasinlar.

Теги: kunlik, bashorati, Munajjimlar