0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 28 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 23.03.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

28 fevral kuni oldingizga aniq bir maqsadni qo'ygan holda harakat boshlang. Bu maqsad sizni doimo faolikka undab tursin. Bugun dam olishdan umid qilmay tursangiz ham bo'ladi. Lekin bu vaqtincha. Agar yaqin orada mehnat ta'tiliga chiqishni mo'ljallab qo'ygan bo'lsangiz, zimmangizdagi vazifalarni oxirigacha bajarib ulgurishingiz kerak. Oilasizlar muhabbatda ehtirosga qul bo'lib qolishdan saqlansinlar. Ehtiros siz va bo'lg'usi juftingiz orasidagi munosabatlarga putur yetkazishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Erta tongdan do'stlar va hamkasblar bilan o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash payida bo'lishingiz tavsiya etiladi. Bu sizni xafagarchiliklar va achchiq-tirsiqlardan himoya qiladi. Texnika vositasi bilan ishlaganda juda ehtiyot bo'ling. Moliyaviy masalada bugun omadingiz chopmasligi mumkin. Topganingizni qarzlarni qaytarishga sarflashingiz kerak bo'ladi. Ammo kechqurun yaqinda kimningdir hojatini chiqarganingiz haqini sanab olasiz. Demak, pulsiz qolmaysiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

28 fevralda sport, professional kasbingiz bilan bog'liq ish hamda muhabbatda muvaffaqiyatlar kutib turadi. Bunga erishish uchun anchadan beri kurashardingiz. Mana, mehnatlaringiz mahsuli sizga muntazir. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlardan biri bilan bo'lib o'tadigan suhbatdan keyin kayfiyatingiz a'lo darajada bo'lishi kutilmoqda. Kechki payt moddiy ahvolingizni yaxshilash, eng zarur xaridlarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar tug'iladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugungi kuningiz eng baxtli kunlardan biri bo'lishi tayin. Lekin buning uchun har bir voqea-hodisadan ruhiy lazzat olishni bilishingiz kerak. Ham ish bajaring, harakatlaning, ham orzular ummonida suzing. Shunday yo'l tutingki, orzulash bilan ish bir-biriga xalal bermasin. Kechqurun shaxsiy biznes, uy yoki mashina ta'miri, oldi-sotdisi bilan bog'liq harakatlar muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingizni atmosferada boshlangan magnit bo'ronlari ta'qibidan saqlang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

28 fevral kuni saxovatingizning chek-chegarasi bo'lmaydi. O'z moddiy ahvolingizni yaxshilash asnosida boshqalarning ham shu sohadagi hojatlarini chiqarib, qo'shimcha savoblarga ega bo'lasiz. Buning mukofotini esa Ollohning o'zi beradi inshoolloh. Ijod, musiqa va badiiy adabiyotlar mutolaasi uchun bugungi kun juda qulay va omadli kechadi. Kechqurun ba'zilar olis safarga otlanishi mumkin. Serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Birinchi navbatda surunkali xastalikka yo'liqqanlar atmosferada davom etayotgan, tobora kuchayib borayotgan magnit bo'ronlaridan o'zlarini, salomatliklarini saqlashlari talab etiladi. Agar o'zingizni yomon his eta boshlasangiz, yaxshisi vrach ko'rigiga choping. Qiz-juvonlar tushdan keyinoq kosmetolog huzuriga otlanishlari, tashqi qiyofasiga ijobiy o'zgartishlar kiritishlari lozim. Shu bahonada ortiqcha vazndan ham xalos bo'lishingiz mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

28 fevralda rejadagi barcha ishlarni oxirigacha ado etish uchun qo'shimcha kuch manbai zarur bo'ladi. Pul aslida asosiy rolni o'ynamaydi. Ammo bugun sizga juda kerak bo'ladi. Shuning uchun pul topish payida bo'lishingiz tavsiya qilinadi. Kimningdir umurtqa pog'onasida muammo bo'lsa, sport bilan shug'ullanishni boshlash foyda beradi. Ammo bu ishni murabbiylar ishtirokida amalga oshiring. Busiz muammoni battar jiddiylashtirib qo'yishingiz hech gap emas. Kechqurun yoqimli xabarlar kuting.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kunning birinchi yarmida siz ko'plab chigal vaziyatlarda qolib ketishingiz mumkin. Unday vaziyatlardan kuchli iroda yordamidagina chiqib keta olasiz. Dangasalikning etagidan tutishni xayolingizga ham keltira ko'rmang. Bo'sh vaqt topsangiz, yaqinlaringizga qo'ng'iroq qilib, hol so'rashingiz tavsiya etiladi. Ular bilan munosabatlarda muloyim bo'ling. Salomatligingiz masalasida bosh og'rig'i yoki yo'tal bezovta qilishi mumkin. Chorasini toping.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

28 fevral kuni moliyaviy ahvolingizni yaxshilash yo'lida nafi tegadigan odamlarni topishingiz talab etiladi. Tajribasiz bo'lsangiz, bu ishda do'stlar yordamiga suyaning. Xarid ekan deb duch kelgan buyumni sotib olavermasligingiz kerak. Aks holda inqirozga uchrab, holingiz tang bo'lib qoladi. Kechqurun oilasizlar yangi tanishuvni boshdan kechiradi. Bu uchrashuv va suhbat juda yoqimli kechadi albatta. Keyinchalik romantikaga aylanib ketishi ham ehtimoldan xoli emas.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun kunni eng qaltis eksperimintlar, tavakkalchilikka yo'naltirilgan moliyaviy operatsiyalar va yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish orqali tajriba orttirish bilan boshlaysiz. Biroq katmoningizni qo'lingizdan qo'ymang. Firibgarlar, kissavurlar ta'qibiga uchrab, boringizdan ayrilib qolishingiz xavfi bor. Kechqurun yaqindagina shaxsiy biznesini ochgan do'stingiz sizga hamkorlikda ishlashni taklif qilishi mumkin.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

28 fevralda ezgu maqsadlarni ko'zlab katta yo'lga chiqqach, ko'ngilsizliklar manzilidan o'tayotganda, ko'zlaringizni yumgan holda o'ting. Imkon bo'lsa, ularni hov naridan chetlab o'ting. Bugun sizga hamma havas bilan boqa boshlaydi. Hatto, hamkasblar sizdan maslahatlar so'raydi. Oila qurmaganlar hamkasblardan biri unga o'zgacha mehr bilan boqayotganini payqab qolishadi. Biling, agar jiddiy tuyg'ular orangizda sarson kezayotgan bo'lsa, e'tiborsizlik qilib qo'yishdan saqlaning. Balki shu hamkasb sizning taqdiringizdir? To'g'ri emasmi? Sergak bo'ling. Asabni asrang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Pul masalasida tejamkor bo'ling. Atrofdagilar bilan munosabatda esa yorqin lahzalar yaratish payida bo'ling. Kun davomida sizni bir qator yangi tanishuvlar kutib qoladi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida yangi hamkorlar bilan foydali shartnomaga imzo chekishlari kutiladi. San'atkor va ijodkorlardan kimgadir badavlat bir inson homiylik taklif etishi mumkin. Omadingizni bersin!

Теги: Munajjimlar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: