0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 20 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 16.12.2019

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun eng og'ir vaziyatlardan ham silliqchasiga chiqib ketish uchun yetarlicha imkoniyatlaringiz bor. Bunaqasi anchadan beri bo'lmagandi. Xursand bo'lavering. Shaxsiy hayotda ham faollik va tashabbus ko'rsatishingizga to'g'ri keladi. Busiz juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz qarshisida yetarlicha hurmat-e'tiborga ega bo'la olmasligingiz mumkin. Ijod kishilari kechki payt xizmat safariga jo'nab ketishi mumkin. Shaxsiy avtomobilingizda yo'lga chiqmaganingiz ma'qul.

BUZOQ (21. 04 — 20. 05)

20 noyabr kuni kechga qadar bir joyda o'tirib qolsangiz, bilingki, hech bir jabhada ijobiy natijalarga erisha olmaysiz. Sizdan ko'p harakat va sog'lom entuziazm talab qilinadi. Juftingiz bilan munosabatlarda emotsiyani nazoratda ushlang. Emotsiya nazoratdan chetga chiqsa, keyin uni o'zgartirib bo'lmaydi. Kechqurun sport mashg'ulotlari bilan band bo'lish foydali kechadi. Uyquga yotishdan oldin qisqa masofaga yugurib kelsangiz ham ortiqchalik qilmaydi.

EGIZAKLAR (21. 05 — 21. 06)

Bugun qizg'onchiqlik sizga faqat ziyon yetkazishi mumkin. Nafaqat pul, balki tuyg'ular masalasida ham qizg'onchilik qilishingiz tavsiya qilinmaydi. Ish jarayonida ko'plab plyuslar kutiladi. Martabangizni yanada oshirish, qiziqarli loyihalar o'ylab topib rahbarlar e'tiboriga havola etish kabilar sizga foyda keltiradi. Oilasiz bo'lsangiz va bo'lg'usi juft izlayotgan bo'lsangiz, avvalo o'zingiz romantikka aylanishingiz kerak. Busiz maqsadga yetishingiz amri mahol.

QISQIChBAQA (22. 06 — 22. 07)

20 noyabrda avvalo shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq muammolarni bartaraf etishingiz talab etiladi. Juftingizdan nuqson qidirishni bas qiling. Kun davomida faollik jismoniy holatingiz yaxshi saqlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Kunning ikkinchi yarmida suzish mashqlarini bajarish ham sizga faqat naf beradi. Moddiy ahvolingizda esa jiddiy muammolar bor. Qo'shimcha daromad keltiradigan ish topishingizga to'g'ri keladi.

ARSLON (23. 07 — 23. 08)

Ne ishga qo'l ursangiz ham faqat qalbingiz amriga bo'ysungan holda yo'l tuting. U sizga pand bermaydi. Aksincha muvaffaqiyat qozonish sirlaridan ogoh etib turadi. Oilasizlar uchun kunning ikkinchi yarmida romantik uchrashuvlarni boshdan o'tkazish baxti nasib etadi. Uchrashuv rosmana romantik ko'rinishda kechadi. Ayrimlar kechki payt salomatligidan shikoyat qila boshlashi mumkin. Bu muammoni faqat vrach yordamidagina hal qila olasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

PARIZOD (24. 08 — 22. 09)

20 noyabr parizod burji ostida tug'ilganlar uchun qandaydir g'alati, tushunarsiz kechishi mumkin. Asosiysi, hamkasblardan ortda qolmaslik, aksincha oldinga o'tib ketish uchun ishda tajribangiz va bilimlaringizdan unumli foydalaning. Moliyaviy sohada daromadingiz ko'ngildagidek bo'ladi. Pullarning asosiy qismini shaxsiy maqsadlar uchun sarflaysiz. Kechki payt do'stlaringizdan biri u qadar yoqimli bo'lmagan xabar yetkazishi kutiladi. O'zining muammolari haqida bo'lsa kerak. Albatta yordam bering. Olloh sizga yor bo'lsin!

TAROZI (23. 09 — 23. 10)

Anchadan beri sizga tinchlik bermay kelgan muammolar nihoyat bugun muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Nihoyat uyqusiz tunlar, asabiy lahzalar ortga chekinadi. Ishda aqlingiz yetmaydigan, qo'lingizdan kelmaydigan yumushlarga qo'l urishingiz tavsiya etilmaydi. Pul deb bilib-bilmagan ishlarga qo'l uraversangiz, omadsizlikka yuz tutishingiz hech gap emas. Oilasiz bo'lsangiz, kechqurun romantik uchrashuvga hozirlik ko'ravering.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

20 noyabrda salomatligingizni mustahkamlash uchun harakatlar sodir etishingiz so'raladi. Garchi o'zingizni a'lo darajada his etayotgan bo'lsangiz ham baribir organizmingizga quloq tutishingiz kerak bo'ladi. Jismoniy zo'riqishlardan saqlaning. Muolajalar belgilangan bo'lsa, ularni ortga surmang. Ish joyingizda yangi topshiriqlar olsangiz, ularni ko'ngildagidek ado etish uchun sizda barcha imkoniyatlar yetarli. Ovqatlanish rejimiga amal qiling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugungi kunni pozitiv kayfiyatda o'tkazish uchun har bir o'tayotgan lahzadan unumli foydalaning. Hatto, yaxshi tanish bo'lmagan odamlar bilan muloqotda ham pozitivlikni saqlab qolishga harakat qiling. Qarindoshlardan biri sizga o'z e'tirozlarini bildirishi kutiladi. Ish janjalga aylanib ketmasligi uchun harakat qiling. Aks holda o'zingizning kayfiyatingiz bir pul bo'ladi. Buning o'rniga unga maqtovlar yog'diring. Kechqurun kim xizmat safariga jo'nab ketsa, safar omadli kechadi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

20 noyabr kuni qancha ko'p erinchoqlikka yo'l qo'ysangiz, imkoniyatlar, omad shuncha sizdan uzoqlasha boradi. Shuning uchun sochingizdan mahkam siqimlang-u, o'zingizni ko'chaga sudraklab chiqing. Kun davomida oyoq va bo'g'imlarda sezilarli og'riqlar kuzatilishi mumkin. Lekin piyoda toza havoda sayr qilishdan bosh tortmang. Bu amal ko'plab muammolarni bartaraf etishda yordam beradi. Kechqurun uzoqda yashaydigan do'stingiz qo'ng'iroq qilishi mumkin. Omad sizga yor bo'lsin!

QOVG'A (20. 01 — 18. 02)

Hamkasblarni janjal va bahsli lahzalarga yetaklash fikridan yiroq bo'ling. Aksincha yanada mehr-oqibatliroq bo'ling. Shuning yordamida ko'ngilsiz vaziyatlarni chetlab o'tasiz. Qarindoshlaringizdan biri qaysidir masalada o'z fikrini o'tkazishga astoydil harakat qilishi mumkin. Unga chalg'ish uchun yordam bering. Oilasiz bo'lsangiz, romantik uchrashuvga chiqasiz. Uchrashuvda fantaziyangizni ishga soling. Olloh sizga yor bo'lsin!

BALIQ (19. 02 — 20. 03)

20 noyabr kuni ishxonangizda hamkasblar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish xavfi bor. U odamni to'xtatishga harakat qiling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda keskin harakatlarga yo'l bermang. Katta ishlarga pul tikish tadbirkorlar uchun ham bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Ba'zilar kechki payt xizmat safariga jo'nab ketishi kutilmoqda. Safar davomida moddiy naf ko'rishingiz ehtimoli ham yo'q emas.

Теги: kunlik, Munajjimlar, 20, UCHUN, noyabr