0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 20 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 18.08.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Agar ertalabdan xudodan so'rab tashqariga chiqsangiz, bugungi barcha rejalaringiz amalga oshadi. Atrofdagilarga serqirra iste'dodingizni ko'rsatib qo'yish uchun ham qulay imkoniyatlar bor. Ayrimlar ish masalasida jufti bilan janjallashib qolishi mumkin. Janjaldan ne naf? Yaxshisi, juftingizga ko'proq e'tibor qarating, vassalom. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qo'shimcha daromad keltiradigan ish topishingizga to'g'ri keladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

20 iyulda barcha ishlarni yig'ishtirib qo'yib, dam olishni xohlab qolasiz. Agar dam olishni turli ko'ngilochar o'yinlar, ishqiy sarguzashtlardan iborat deb bilsangiz, bunaqa damdan voz kechganingiz ma'qul. Undan ko'ra, madaniy dam olish haqida qayg'uring. Juda bo'lmaganda velosipedda sayr qiling. Bu ham madaniy hordiq chiqarishning bir turi. Shaxsiy hayotingizda syurprizlarning oxiri bo'lmasligi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun kunning birinchi yarmidayoq yolg'onlar, firiblarga chuv tushishingiz xavfi sezilmoqda. Kun davomida ko'proq pul ishlab topishni istaysiz. Ammo bu ishda tavakkalchilikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ehtiyot bo'ling. Aks holda bir tiyinsiz qolib ketishingiz ham hech gap emas. Oilangizda arzimas bahona bilan janjal chiqishi mumkin. Imkon doirasida oldini olishga harakat qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

20 iyul kuni emotsiyangizni jilovda tutmay turib muhim qarorlar chiqarmasligingiz tavsiya etiladi. Yo'qsa, keyin o'zingiz afsuslanib yurasiz. Ba'zilar olis safarga chiqishi, safarda esa romantik tanishuvlarni boshdan kechirishlari kutiladi. Bu oila qurmaganlar uchun naq bayramning o'zi. Oilalilar yaqinlari bilan uy ta'miri masalasida bahslashib qolishlari ehtimolga yaqin. Bahsni aslo janjalga aylantira ko'rmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugungi kuningiz asabiy boshlanishi mumkin. Agar arzimas ko'ngilsizliklarni yurakka yaqin olavermasangiz, asabiyliklarni chetlab o'tishingiz uchun imkon bor. Ish joyingizda hurmatingizga hurmat qo'shilishi, rahbarlar muhim loyihalardan birining ijrosini faqat sizga ishonib topshirishlari kutilmoqda. Bu loyiha yaqin kelajakda sizga mo'may daromad keltirishini unutmang. Salomatligingizni ehtiyotlang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Yoz issig'ida istaysizmi-yo'qmi, baribir miya qizib, tobida bo'ladi. Bunday miyaga suyanib muhim qarorlar chiqarib qo'ymang. Ayniqsa, qarorlar shaxsiy hayotingiz, juftingiz bilan bog'liq bo'lsa, sergak turishingiz kerak. Tadbirkorlarning barcha boshlagan ishlari baroridan keladi. Yaqin hamkorlar bilan yangi loyiha o'ylab topasiz. U boshqa paytdagi loyihalarga nisbatan ikki karra ko'proq foyda keltiradi. Omadingizni bersin!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

20 iyul kunning birinchi qismida ishlaringiz baroridan kelib, muvaffaqiyatlarning eng yuksak cho'qqilarini zabt etishingiz kuzatiladi. Kunning ikkinchi yarmida esa aksincha pastga sho'ng'ish holati ko'zga tashlanadi. Ammo sira tushkunlikka tushmang. Rahbarlaringiz qanday ajoyib ishlayotganingizni ko'rib turibdi. Demak, mukofotsiz qoldirishmaydi. Oila qurmaganlar bugunoq to'y taraddudiga tushishsa nur ustiga a'lo nur bo'lardi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Har bir bajarajak ishingizning rejasini yanada puxtalab, ana undan keyingina harakatlar sodir etishni boshlang. Xotirangiz pand berishini bilsangiz, bloknotingizga yozib boring. Shaxsiy hayotingizda bir talay vaziyatlar yuzaga keladi. Ularning teng yarmi og'ir vaziyat hisoblanadi. Shuning uchun oldindan ruhan hozirlik ko'rib olishni unutmang. Kechqurun xizmat safariga jo'nab ketishingiz ehtimoli bor.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

20 iyulda miyangiz yangi g'oyalarga to'la bo'lishi kutiladi. Ammo ularni qisqa fursatda amalga oshirib bo'lmaydi. Hisobini oling. Tabiatan arzimas narsaga ham ranjiydigan odam emassiz. Lekin do'stlaringizdan biri bugun sizni rostakamiga ranjitishi mumkin. Bunda o'zingizning ham aybingiz bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Balki o'zingiz haqingizda do'stingizga keragidan ko'p gaplarni aytib qo'ygandirsiz? O'ylab ko'ring.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

20 iyul kuni o'zingizga va omadga qattiq ishongan holda harakat boshlasangiz, ishlaringiz albatta unumli kechadi. Aksi bo'lsa, bekorga vaqt o'tkazganingiz, kuch sarflaganingiz qoladi. Har bir ishga qo'l urishdan oldin yetti o'lchab bir kesing. Olis safarga otlanish zarurati tug'ilsa, bosh tortmang. Faqat yo'l juda olis bo'lsa, samolyotda uchganingiz ma'qul. O'zingizni ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz yengil kechmaydi. Ko'p mushkulotlarni yengib o'tishingizga to'g'ri keladi. Kun davomida yangi tanishuvlar, qiziqarli hodisalar, unutilmas lahzalarni ham boshdan kechirasiz. Buning uchun optimizmga murojaat etishingiz zarur bo'ladi. Shaxsiy hayotingizda janjalli onlar kuzatilishi mumkin. Xotirjamlikni qo'ldan bermang. Yaqinlaringizga maslahatlar, tanbeh berishdan ham tiyiling. To'g'ri ovqatlaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Agar qanotingiz bo'lganda, 20 iyul kuni uzoq-uzoqlarga uchib ketishni afzal bilardingiz. Bor ovozda qichqirib alamingizdan chiqishni xohlay boshlaysiz. Ish joyingizda ham ayrim holatlar asabiy kechishi kutilmoqda. Bu ham taqdirning bir sinovi-da. Qayg'uga botmang. Kechqurun do'stlar bilan vaqt o'tkazing.

Теги: kunlik, Munajjimlar, bashorati