0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 20 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 16.10.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Agar atrofingizni parazitsimon odamlar qurshab olganini sezsangiz, darhol ularni yo'q qiling. Yo'q qilingki, kelgusida sizga ziyon yetkaza olishmasin. Aks holda ular bo'yningizga minib oladi-yu, sizga qatorasiga muammolar tug'diraverishadi, tug'diraverishadi…

Endigina tijorat bilan shug'ullanishni boshlaganlarning kuni tug'adi. Tijorat uchun katta pul ajratish kerak degan o'ylar sizga rahna solmaydi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlaringizda muammo paydo bo'ldimi? Bu muammoni joyida bartaraf etish lozim.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

20 avgust kuni barcha boshlagan ishlaringiz baroridan keladi. Ammo moliyaviy muammolaringiz negadir ijobiy hal bo'lishga shoshilmayapti. Chunki sizda faollik yetishmayapti. Muhabbatda ham omadga erishishingiz dargumon. Oilasizlar hozircha taqdirdan umid qilsalar, bo'lg'usi juftini uchratishlariga qattiq ishonsalar bo'ldi. Qolganini vaqti-soati kelganda xudo beradi. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga jo'nab ketishi mumkin. Safar hamkasblar oldidagi obro'yingizni oshiradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Shaxsiy biznesiga ega bo'lganlarni bugun omad kutadi. Siz o'zingiz tanlagan yo'ldan olg'a, mardona qadam tashlagan holda borasiz. Sheriklar muvaffaqiyatlar qozonishingizda yaqindan yordam berishadi. Kimlarnidir xizmat safariga jo'natishsa, bormay turganlari ma'qul. Safarda mazangiz qochishi mumkin. Agar surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, dorilarni doimo yoningizda olib yurishni unutmang. Oila qurmagan bo'lsangiz, tanlaganingizni kechqurun kechki ovqatga chorlang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

20 avgustda yorqin taassurotlar sizga hamroh bo'ladi. Agar chin ko'ngil bilan boshlasangiz, ishlaringiz ham sizga quvonchli lahzalarni hadya etadi. Oilalilarga avlod davomiyligi, uy-joyni kengaytirish va moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish haqida o'ylab ko'rish vaqti yetdi. Yolg'izlar esa o'ta jiddiylashgan holda munosabatlarni o'z foydasiga hal etishlari kerak. Busiz baxt topishingiz mushkul bo'ladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun ertalab bir inson bilan uchrashib tanishasiz. U sizga bir umrlik do'stga aylanadi, unutmang. U bilan bo'ladigan suhbatlar shu qadar qiziqarli kechadiki, muammolar haqida vaqtincha bo'lsa-da unutasiz. Ijod kishilarining ham tilaklari ijobat bo'ladi. Ishga ijodiy yondashishga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida ba'zilarning salomatligi pand berish pallasiga kirishi kutiladi. Ziyrak bo'ling. O'z vaqtida mutaxassisga uchrashsangiz, hammasi yaxshi bo'ladi. Omad sizga yor bo'lsin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

20 avgust kuni zimmangizga yuklangan vazifani ko'ngildagidek ado etish uchun uning minus taraflarini ham yaxshilab o'rganing. Bu sizga faqat foyda beradi. Kuch va imkoniyatlarni faqat eng zarur ishlargagina sarflashingiz tavsiya etiladi. Shaxsiy hayotda mardona qadam tashlasangiz, ko'ngilsiz vaziyatlarning oldi olingan bo'lardi. Oila qurmaganlar haqiqatan tanlaganini sevsa, bu haqda unga aytishga uyalmasliklari kerak. Romantikaga keng yo'l ochib bering.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun shubha va gumonlar ustidan to'liq g'alaba qozonishingizda qalbingiz yaqindan yordam bera oladi. Unga quloq tuting, unga suyaning va unga ishoning. Asosiysi, taqdir bergan belgilarni bir chetga bilib-bilmay itqitib ketmasangiz bas. Oila qurmaganlar jamoat transportida bo'lg'usi juftini uchratishlari haqiqatga yaqin bo'lib turibdi. Kun davomida arterial qon bosimingizni nazoratda ushlang. Toki kechqurun sizga pand berib yurmasin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

20 avgustda ishda ham, shaxsiy hayotda ham o'zingizga nisbatan tajribasi ko'proq bo'lganlar maslahatlariga quloq tuting. Qachonlardir siz yordam bergan bir odam bugun sizga minnatdorchilik sifatida pul hadya qilishi mumkin. Azartli o'yinlardan voz keching. Azartni ishga va shaxsiy hayotni farovon etishga sarflang. Kechqurun yaqin insoningiz bilan kinoga tushing, yoki birgalikda yoqimli musiqalardan tinglang, yo istirohat bog'ida sayr qiling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun o'qotar burji ostida tavallud topganlar so'nggi haftadagi amalga oshirilgan ishlarga yakun yasashlari kutilmoqda. Va shunda muvaffaqiyat qozonish uchun do'stlar, yaqin insonlar hamisha kerak bo'lishini anglab yetasiz. Shaxsiy biznesiga ega bo'lganlar pul masalasida bugun aslo tavakkalchilikka yo'l qo'ymasliklari lozim. Yaqin hamkorlarga daromadlaringizni aytib maqtanmang. Ko'z tegadi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

20 avgust kuni asosiy e'tiborni moddiy ahvolingizni mustahkamlashga qarating. O'tmishdagi yo'qotishlarni hisob-kitob qilib o'tirmang. Undan ko'ra kelajakdagi daromad haqida o'ylang. Shaxsiy hayotda qanday qaror qabul qilmang, qisqa fursatda o'z ijobiy natijasini beradi. Juftingiz bilan kechki payt uy-joyni kengaytirish masalasida maslahatlashishingiz kutiladi. Demak, bankdan kredit olishingizga to'g'ri keladi. Kechqurun do'stlardan biri shubhali bir taklif kiritishi mumkin. Rozilik bermang. Bu yolg'onlarga qorishiq taklif bo'lib chiqadi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Bugun qarindoshlar va sizning orangizda to'siqlar qolmasligi uchun mas'uliyatni kuchaytiring. Qachondir tashlab otilgan ishlarga yana qo'l uring. Bu safar ular sizga albatta moddiy manfaat keltiradi. Muhabbatda tuyg'ular g'alaba qiladi. Bu ham yaxshilikka. Faqat tafakkurni unutib qo'ymang. Tafakkur tuyg'ularga qaraganda ko'proq kerak bo'ladi. Kechqurun kimlardir xizmat safariga otlanishi kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Kun davomida ko'plab to's-to'polonli voqea-hodisalarga guvoh bo'lasiz. Bundan tashqari, kutilmagan vaziyatlarni ko'rib quvonchdan boshingiz aylanishi tayin. Bu vaziyatlar sizga yoqib tushmasa, uni o'zgartirishga urinmang. Oilalilarga ro'zg'ordagi muammolarni bartaraf etishda qarindoshlar yordami zarur bo'ladi. Ba'zilar varikoz va bosh og'rig'idan bezovtalanishi mumkin. Ehtiyotingizni qiling.

Теги: bashorati, kunlik, Munajjimlar