0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 20.03.2019
BAHORNING BIRINChI KUNI MUBORAK BO'LSIN, AZIZLAR!


QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun shaxsiy hayotingizga yaxshiroq razm solishingizga to'g'ri keladi. Agar juftingiz yoki qarindoshlar bilan munosabatlarda ijobiy o'zgarish yasashga ehtiyoj bo'lsa, bu amalni zudlik bilan bajarishingiz kerak. Tuyg'ular yetagida qolishdan saqlaning. Ular aldamchi bo'lishadi. Ishxonada rahbarlar bilan janjallashib qolishdan saqlanishingiz talab etiladi. Ayniqsa, muhim hujjatlar bilan bog'liq muammolar bo'lsa, ehtiyotkorlik zarur bo'ladi. Moliyaviy sohada muammo tug'ilmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

1 martda o'zingizga qattiq ishongan holda ezgu maqsadlar sari qadam tashlang. Agar qalbingizga yaxshilab quloq solsangiz, u sizga albatta to'g'ri yo'lni ko'rsatadi. Ayniqsa, moliyaviy masalada yoki yangi ish bilan bog'liq harakatlarda qalbingiz sizni aldamaydi. Oilalilar farzandlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash payida bo'lsinlar. Ularga nisbatan adolatli bo'ling. Salomatlikni, asabni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

O'zingiz chin ko'ngildan sevgan insonga nisbatan ochiq munosabatlar yuriting. Shunday qilingki, siz bilan hayotda bundan keyin ham bir maqsad yo'lida harakatlansin. Uchinchi odam oraga tushishiga aslo yo'l qo'ymang. Ishxonadagi yumushlarni bajarishda tashabbuskorlikka e'tibor qarating. O'zingizga nisbatan tajribasi ko'p hamkasblarga hurmat bajo aylang, kam bo'lmaysiz. Ish yuzasidan muammo tug'ilsa, o'sha joyning o'zida bartaraf etishga harakat qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

1 mart kuni xarajatlar keragidan ko'p bo'lishi kutilmoqda. Pul masalasida har bir tiyinni nazoratda ushlang. Shaxsiy hayotda faqat tafakkurga suyangan holda ish tuting. Uy yumushlarini tartib bilan, navbatma-navbat bajarishingiz tavsiya etiladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida o'zingizni yomon his eta boshlashingiz mumkin. Atmosferadagi magnit bo'ronlari ta'sir qilsa kerak. O'z vaqtida muolaja olishingiz kerak. Bu ahvolda xizmat safariga jo'nashingiz tavsiya qilinmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun moliyaviy muammolarga duch kelmaydigan kuningiz. Xarajatlar ham mayda bo'lib, faqat ro'zg'or uchun jihozlar sotib olishingiz mumkin. Yurak va buyraklarni zo'riqtirmang, ovqatlanish masalasida e'tiborli bo'ling. Ovqatdan zaharlanib kasalxonaga tushib qolishingiz xavfi bor. Xavfni albatta chetlab o'tishingiz kerak. Qiz-juvonlar kosmetik muolajalarni kelasi oyga ko'chirganlari ma'qul. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

1 martda ertalabdanoq kontrast dush qabul qilishingiz va vitaminga boy mevalar iste'mol qila boshlashingiz tavsiya etiladi. Immunitetingiz tusha boshlagan, uni qo'llab-quvvatlashingiz kerak. Yangi ish izlashga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyatli kechadi. Aynan o'zingiz orzulagan ishni taklif etishadi. Lekin hujjatlarga imzo qo'yishda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymang. Surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, salomatligingizni yanada mustahkamlash harakatiga tushing.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Muhim va ko'p vaqt talab qiladigan ishlarni boshqa kunga qoldiring. Bugun ular bekorga vaqtingizni o'g'irlaydi xolos. Ishxonangizda yangi loyihalar o'ylab topishga harakat qiling. Bu ishni uddalay olsangiz, mukofotini albatta olasiz. Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy ish bilan yaqin manzilga qiladigan safaringiz muvaffaqiyatli yakunlanadi. Shaxsiy avtomobilingizda yo'lga chiqsangiz, yo'llarda ehtiyot bo'ling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

1 mart kuni ilgari a'lo darajada uddalagan ishingiz uchun mukofot olishingiz kutiladi. Nihoyat sizni ishxonangizda yaxshiroq sezib, munosib taqdirlashadi. Muhabbatda oilasizlar o'ta faol bo'lishlari kerak. Faollik yordamida og'ir vaziyatlardan chiqib ketishingiz oson kechadi. Bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlarni faqat romantika yordamida mustahkamlay olasiz. Faqat bu yo'lda pulni ayamang.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kuningiz rostakamiga bahoriy va quvonchli kechadi. Yoqimli lahzalar shu qadar ko'p bo'ladiki, mamnunligingizdan qo'shiq aytib yuboray deysiz. Faqat qo'shiq aytishga qaror qilsangiz, ovozingizni baland pardalarga ko'tarmang, rahbarlardan gap eshitib qolishingiz mumkin. Bugun siz uchun birinchi o'rinda ish, keyin shaxsiy hayot turishi kerak. Kechqurun ro'zg'oringizdagi muhim masalalarni ijobiy hal etishingiz talab etiladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

1 martda og'ir ruhiy holatlarni boshdan o'tkazishingizga to'g'ri keladi. Hatto, quyoshli havo ham sizga yordam bera olmasligi mumkin. Tushdan keyin esa oila qurmaganlar qiziqarli bir uchrashuvga ro'baro' bo'lishadi. Siz tanishib suhbat quradigan odam ayni sizbop chiqib qoladi. Kelgusida u inson bilan hamfikr va hamdardga aylansangiz ham ajab emas. Shaxsiy hayotda optimistga aylaning. Shunda maqsadga yetishingiz oson bo'ladi. Kechqurun oila davrasida dam oling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Shaxsiy hayotda bugun vujudingiz ehtiroslar dengizida cho'miladi deyilsa, ishonavering. Lekin ularni qaynash darajasigacha yetkazmang. Kimnidir kuydirib qo'yishi mumkin. Imkon boricha qarindoshlar, yaqin insonlar bilan janjallashmang. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda eski qadrdonlaringizdan biri yordamga keladi. U sizga pul iqtisod qilishni ham o'rgatib qo'yadi. Shunga yarasha kelgusida xarajatlar ko'pligidan azob chekmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida sizni mehmonga taklif etishlari kutiladi. Spirtli ichimliklarga ruju qo'yishdan saqlaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

1 martda yaqin insoningiz bilan munosabatlar yomonlashmasligi uchun katta qalb egasiga aylanishingiz kerak. Agar bu muhabbat bo'lsa, suyganingizning injiqligiga yo'ying-u, uni kechiring va qattiqroq seva boshlang. Agar bo'shashishga yo'l qo'ymasangiz, eng og'ir vaziyatlardan ham o'z kuch va imkoniyatlaringizga suyangan holda chiqib keta olasiz. Kechqurun sizga anchadan beri foydali bir ishda hamkorlik taklif etib kelayotgan odam bilan uchrashasiz.

Теги: Munajjimlar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: