0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 1 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 26.06.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun yozning ilk kuni. Agar yaqinlaringizdan haddan tashqari ko'p narsa talab qilmasangiz, kuningiz juda fayzli va totli o'tadi. Ishda sizdan jangovarlik talab qilinadi. Moliyaviy masalada zahiradagi pullarga pul qo'shishingiz kerak bo'ladi. Buncha pulni nimaga sarflayman deb sira xavotirga tushmang. Oldin ularni uygacha yetkazib keling, xarajatlarning o'zi sizni qidirib keladi. Kechqurun xonadoningizga anchadan beri kutilgan mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

1 iyun kuni birinchi navbatda ma'nan o'sish masalasiga e'tibor qarating. O'zingizda mavjud iste'dodni yana bir nazardan o'tkazing. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimizni yuqori cho'qqilarni zabt etish amali kutib qoladi. Xarajatlar ko'paygan bo'lsa sira o'ylanmang. Yaqin orada mo'may daromadlar ola boshlaysiz va zahira pullar yana o'z joyiga qaytadi. Kechqurun yaqinlaringiz bilan suhbatlashib vaqt o'tkazing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Nihoyat sokinlik va garmoniya hamrohingiz bo'ladi. Dam oling, hayotdan zavqlaning. Moliyaviy muammolarni, ish jarayonlarini bir chetga sura turing. Siz orzulangan barcha narsalarga erishdingiz hisob. Oilasizlar bugun romantik uchrashuvga otlanishadi. Bu uchrashuv cho'zilgandan cho'zilishi mumkin. Kechqurun toza havo sayriga chiqing. Ovqatlanish rejimini buzib qo'ymang. Salomatlikni asrang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

1 iyunda kelajak sari keskin harakatlar yordamida talpinishni boshlang. Emotsional holatingiz balansda emas. Shuning uchun atrofdagilar bilan kamroq bahslashing. Katta janjal kelib chiqishiga yo'l qo'ymang. Moliyaviy ahvolingizni yaxshilash jarayonida stressli lahzalar yuzaga kelish ehtimoli bor. Oilasiz bo'lsangiz, muhabbatda ulkan rejalar tuzishga shoshilmang. Hali fursat yetmadi. O'zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun ko'plab ezgu maqsadlarga yetishasiz. Lekin qalbingizda baribir sokinlik, g'ashlik holatlari hukm suraveradi. Ularni har qanday yo'l bilan haydab solishingiz lozim. Agar anchadan beri tadbirkor bo'lishni orzulagan bo'lsangiz, bugun vaqti yetdi. Harakatingizni qiling. Muhabbatda muvaffaqiyatlarga erishish yo erishmaslik faqat o'zingizga bog'liq. Kechki payt favqulodda olis safarga otlanishingiz mumkin. Safar sizga omad keltiradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

1 iyun kuni barcha jabhalarda omadingiz kuladi. Ammo moliyada muammolardan xalos bo'lish mushkul kechishi mumkin. Bu sohada badavlat tanishlar yordamisiz maqsadga yetib bo'lmaydi. Vujudingizda qaynab turgan energiyani eng muhim amallar uchun sarflang. Ro'zg'or yumushlarini ado etishda qalbingizdan qo'rquv va shubhalarni haydab soling. Ishxonada janjalli davralardan nari bo'ling. Ko'cha taomini iste'mol qilishdan tiyiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun salomatligingizni brilliantni saqlagandan ham yaxshiroq saqlashingiz kerak bo'ladi. Tez-tez xastalanib qolayotganingizni o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Demak, suv ishtirokidagi muolajalar yordamida organizmni mustahkamlash, quyoshli vanna qabul qilish, ertalablari yugurib turishga odatlanish fursati yetdi. Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, safarga chiqishni mo'ljallagan bo'lsangiz, safaringiz o'ngidan kelsin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Tashqarida yoz fasli o'z hukmini o'tkaza boshladi. Bu faslda cho'milish, suzish mashqlarini ado etish juda foydali kechadi. Lekin asosiy ishlarni ham unutib qo'ymang. Bo'lar-bo'lmasga pul sarflashingiz tavsiya etilmaydi. Tez orada bu pullar yirik xaridlar uchun zarur bo'ladi. Kechqurunga yaqin kimdir sobiq muhabbatini tasodifan uchratib qolishi mumkin. Bardam bo'ling!

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

1 iyunda ma'naviy jihatdan yanada yuqorilash harakatida bo'ling. Muhabbat bobida ehtiroslar so'na boshlaganini his etasiz. Biroq bu yaxshilikka. Ehtiroslarsiz siz va juftingiz yo bo'lg'usi juftingiz orasida yana garmoniya hukm sura boshlaydi. Moddiy jihatdan hamma qatori siz ham yuksalish pallasini boshdan kechirasiz. Lekin tejamkorlik birinchi o'rinda turishi lozimligini ham esdan chiqarmang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Sehr-u joduga qattiq ishonib qolishdan, mo''jizalar ketidan quvishdan saqlaning. Buning o'rnini haqiqiy reallik egallashi lozim. Kimlardir kun davomida safarga chiqadi. Safar davomida yangi tanishuvlarni boshdan o'tkazadi. Pozitiv kayfiyatga ega chiqadi. Moliyaviy muammolar ham sizni qiynoqqa solmoqchi emas. Faqat kechqurun qarindoshlardan biri yetkazgan xabar kayfiyatingizni buzishi mumkin.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

1 iyun kuni sizni rosmana baxtli lahzalar qurshab olishi kutiladi. Yoqimli suhbatlar, emotsiya, kutilmagan sovg'alardan boshingiz aylana boshlaydi inshoolloh. Moliyaviy masalada tasodiflarga ishoning. Vaziyatni o'zgartirishga harakat qilmang. Mayli, u sizning foydangizga sodir bo'lmasin. Baribir vaziyat qanday yuzaga kelsa, shundayligicha qolishi lozim. Kechqurun uxlab ko'radigan tushingiz o'ngidan kelishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun shunday bir voqea sodir bo'ladiki, hayotingizni tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu martabangiz oshishi, romantik uchrashuv yoki eng yaqin do'stingizdan ayrilish bo'lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas. Ro'zg'ordagi ikir-chikirlar, katta-kichik muammolarni bartaraf etish ham sizning chekingizda. Ishchanlik zarur bo'ladi. Texnika vositalarini ta'mirlash va janjalli lahzalarni bartaraf etish jarayonida nihoyatda ehtiyot bo'ling.

Теги: Munajjimlar