0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 17 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 23.05.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

17 may kuni kerakli odamlar bilan yo'qolgan aloqalarni tiklashingiz talab etiladi. Aks holda kun bo'yi yelib yugursangiz ham hech qanday natijaga erisha olmaysiz. Garchi tog'ni tolqon qila olmasangiz-da, boshlagan ishlaringiz ijobiy natijasiz qolmaydi. Oilangizdagi muhit sizni o'ylanishga, fikrlashga majbur etishi mumkin. Juftingiz bilan munosabatlarni mustahkamlash harakatini boshlang. Asabni ehtiyot qiling. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun ochiqchasiga harakatlar sodir etmang. Vaziyatga qarab ish tuting. Moliyaviy masalada ijobiy natijalarga ega chiqish uchun yerdan yanada balandroq ko'tarila bilishingiz kerak. Yo'q, bu osmonga parvoz ma'nosida emas. Ishxonadagi obro'yingiz, martabangizni yuqorilatishingiz kerak bo'ladi. Muhabbatda oila qurmaganlar ko'proq mehr berishga e'tibor qaratsinlar. Shunda bo'lg'usi juftingiz sizni yanada kuchliroq sevib qolishiga shubha yo'q.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

17 mayda neki ishga qo'l ursangiz, albatta baroridan keladi. Rejalaringiz to'siqlarga urilmasdan, yengil amalga oshadi. Agar yirik xaridlarni amalga oshirish niyatida bo'lsangiz, oldin moddiy ahvolingizni xomcho't qilib oling. Shoshma-shosharlik sizni inqirozga yuz tutdirishi mumkin. Xizmat safariga chiqish uchun bugungi kun juda mos keladi. Ammo shaxsiy avtomobilingizda emas, yo'lovchi mashinada borganingiz ma'qul.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun vujudingizda bor kuch va imkoniyatlarga nisbatan tejamkorlarcha munosabatda bo'ling. Bo'lar-bo'lmas muloqotlarga kuch sarflab qo'ymang. Ishxonada faqat ish bilan band bo'lishingiz tavsiya etiladi. Aks holda mukofotsiz qolib ketasiz. Shaxsiy hayotingizda qarindoshlaringiz bilan munosabat qaltislashuvi kutiladi. Og'ir-bosiq bo'ling. Janjallar yuzaga kelishiga yo'l qo'ymang. Sog'lig'ingizni juda ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

17 may kuni ishxona bilan oilani bir balansda ushlashga harakat qilishingiz lozim. Agar shu ishni uddalay olsangiz, o'zingizga yaxshi. Tavakkalchilik, firiblarga chuv tushib qolishdan saqlaning. Moliyaviy muammolaringiz bugun sizni mamnun etmaydigan bo'lib turibdi. Daromaddan xarajatlar oshib tushishi kutilmoqda. Qonunbuzarlikdan saqlaning. Unga qarshi harakatlar sodir etmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Yangiliklar, noodatiy hodisalar, harakatlar tomon talpina boshlaysiz. Oila qurmagan bo'lsangiz, yaqinda tanishib, romantik uchrashuvlarni birga boshdan o'tkazgan sevgilingiz ham sizga u qadar qiziqarli tuyula olmayotganini his etasiz. Lekin tafakkurni ishga solishingiz lozim. Ehtiros, emotsiya sizni bugun yo'ldan ozdirishga yaraydi xolos. Moliyada ranjishingizga asos bo'lmaydi. Daromadlar xarajatlardan albatta oshib tushadi. Kechqurun yaqinlaringizdan biri sizni ranjitishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

17 may siz uchun xavotirlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Kayfiyatingiz bahorga umuman mos kelmaydi. Tushkunlik hukm suradi. Ammo o'zingiz qachonlardir ko'p marotaba yordam bergan odam ko'mak berishi mumkin. U sizni ma'nan qo'llab-quvvatlashga tayyor. Kuchingizni faqat foydali ishlarga sarflang. Ishingizga oid yangi loyihalar o'ylab topgan bo'lsangiz, bugun ularni muvaffaqiyatli tarzda hayotga tadbiq eta olasiz. Salomatligingiz yomonlasha borganini sezishingiz bilan vrach ko'rigiga choping.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kunni har doimgi odat bo'yicha boshlang. Kuch va imkoniyatlar, pozitivlik yetarli. Bemalol murakkab jarayonlarni yengib o'ta olasiz. Salomatlikka putur yetmasin desangiz, shovqinli davralardan, quyuq ziyofatlardan o'zingizni nari oling. Suyukli insoningiz bilan xotirjam ohangdagina muloqot qiling. Tez-tez janjallashib qolishga odatlangan bo'lsangiz, bugun o'sha odatni tashlash uchun yetarlicha imkoniyatlar zohir bo'ladi. Foydalanib qoling.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

17 may kuni zerikishga, tushkunlikka tushishga bahona-sabab yo'q. Kuningizni foyda keltiradigan ishlarga sarflashingiz kutilmoqda. Shunga yarasha daromadini ham olasiz albatta. Muhabbat bobida yuragingiz ehtiros va qaynoq tuyg'ularga to'lib-toshadi. Suyukli insoningiz kutilmaganda hazil-mutoyibaga o'tib, kayfiyatingizni ko'taradi. Moliyaviy to'kinlikka erishish uchun yaxshi va yomon jihatlarini taroziga solgan holda ish ko'ring. Busiz inqiroz xavf sola boshlashi mumkin.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Emotsiyaga ehtiyot bo'ling. Ehtiyot bo'lmasangiz, u sizni kuchli bo'ron girdobiga tashlashi mumkin. Atrofdagilar qarshisida hurmatingiz yo'qolmasligining tadbirini ko'ring. Ro'zg'oringizda birin-sirin jihozlar buzilishiga guvoh bo'lasiz. Ularni sozlash uchun esa pul kerak. Pulingiz yetarli, xavotirga o'rin yo'q. Olis safarga otlanishni reja qilgan bo'lsangiz, shaxsiy avtomobilingizda yo'l yurishdan voz keching.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

17 mayda suyganingiz uchun eng sof tuyg'ularingizni asrab qo'ying. Qulay vaziyat tug'ilishi bilan ularni izhor qilasiz. Ish joyingizda bor kuch va imkoniyatlaringizni qoldirib kelmang. Chunki ular shaxsiy hayotda ham kerak bo'ladi. Moliyaviy muammolaringiz xamirdan qil sug'urgandek yengil hal bo'ladi. Faqat kimlardandir qarzingiz bo'lsa, bugundan qoldirmay, egalariga qaytarishingiz zarur. Shunda tinch bo'lasiz. Muhim hujjatlar bilan ishlaganda ehtiyotkor bo'ling. Salomatlik haqida ham qayg'urishni unutmang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Duch keladigan har bir ko'ngilsizlikdan tushkun kayfiyatga qul bo'lmang. Har quvonchli voqeadan yettinchi osmonlarga parvoz qila boshlamang. Me'yorni biling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishga to'g'ri kelsa, nihoyatda sergaklik bilan qadam tashlang. Chunki bugun inqiroz xavf solishi kutilmoqda. Ularni aql yordamidagina chetlab o'ta olasiz. Kechqurun xonadoningizga olisdan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

Теги: Munajjimlar