0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 16 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Munajjimlar haqida / Мунажжим хакидадата: 16.10.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

16 sentyabr qo'y burjida tug'ilganlar uchun ertaklardagidek kechishi kutilmoqda. Jiddiy ishlarni albatta puxta reja asosida bajarishingiz talab etiladi. Mas'uliyatdan qochmang, aks holda rahbarlardan hayfsan olishingiz hech gap emas. Oilaviy hayotda og'ir va bosiqlik bilan, tartibga amal qilgan holda harakatlar sodir eting. Oilangizdagilar sizdan moliya va ro'zg'or muammolariga jiddiyroq e'tibor qilishingizni so'rashadi. Iltimoslarini yerda qoldirmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Ish jarayonida ko'plab noqulay vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bir ishga o'zingizni tayyorlagan bo'lsangiz, boshqasi ko'ndalang turishi turgan gap. Bunisiga ham tez fursatda moslashishingiz kerak bo'ladi. Muhabbatda kimnidir qattiq sevib qolganlar taqdirning jiddiy zarbalariga duch kelishi mumkin. Siz bo'lg'usi juftingizning yetti uxlab tushingizga kirmagan jihatlarini ko'rib hayratdan yoqa ushlaysiz. Salomatligingizga bugun o'ta jiddiy e'tibor bilan yondashing.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Egizaklar burjida tug'ilganlar xushomadlarga o'ch bo'lishadi. Ammo 16 sentyabrda ularga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim. Shunga qaramay, ishxonangizdagi hamkasblarning ko'plab xushomadlariga guvohlik qilasiz. Agar bugun olis safarga otlangan bo'lsangiz, tez-tez nafas rostlashni, dam olishni unutmang. Yo'l uzoq, salomatligingiz esa bugun ko'ngildagidek kechmasligi mumkin. Kechqurun yaqinlaringiz davrasida dam oling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Tabiatan tortinchoq va kuchli his tuyg'u egasisiz. Lekin bugun ular bilan vaqtincha xayrlashib turishingizga to'g'ri keladi. Aks holda birgalikda ter to'kayotganlar bilan o'zaro munosabatlar taraqqiy eta bormaydi. Rejaga kiritilmagan ro'zg'or muammolarini o'sha joyning va vaqtning o'zida bartaraf etishga harakat qiling. Ovqatlanish masalasini qat'iy nazoratda ushlang. Me'yorni biling. Shirinliklar iste'mol qilish bugun sizga tavsiya etilmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

16 sentyabr kuni birdaniga bir necha ishlarni parallel tarzda ado etishingiz uchun ehtiyoj tug'iladi. Qaysidir ish sizga mo'may daromad keltirsa, qaysidir biriga aksincha o'zingiz pul tikishingiz zarur bo'ladi. Har bir voqea-hodisaga xotirjamlikda, tajovuzkorlikdan nari bo'lgan holda yondashing. Serqatnov yo'llarda qoidani buzmang, jarohat olishingiz xavfi bor. Asabni asrang. Olloh sizga yor bo'lsin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugungi kunni badantarbiya, kontrastli dush va pozitiv jilmayishlar bilan boshlasangiz, o'zingizga yaxshi bo'ladi. Ana shunda kun bo'yi ishlaringiz o'ngidan keladi. Yaqinlaringiz ham qarab turishmaydi albatta. Tadbirkorlarning ishi ko'paygandan ko'payadi. Qog'ozbozlik, hisob-kitoblar, muhim hujjatlarga imzo chekish kabi amallar oyog'ingizdan olishi mumkin. Hayvon yog'i va uglevodlar iste'molini kamaytiring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

16 sentyabrda uy ta'mirini sira tugata olmayotganlarni yanada asabiy lahzalar kutib qoladi. Lekin asabiylashishingizga sira hojat yo'q. Picha sabrli bo'lsangiz, ishlaringiz o'ngidan kelib yana qalbingizni quvonchli lahzalar qurshab oladi. Moliyaviy masalada omad kulib boqmaydi. Qo'shimcha daromad keltiradigan ish topishingizga to'g'ri keladi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida favqulodda safarga otlanishlari kutiladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Bugun ijod kishilarining qalbiga haqiqiy ilhom chashmalari mehmon bo'lib kiradi. Aql bilan ish tutsangiz, yirik loyihalarni ham bir zarb bilan uddalay bilasiz. Muhabbatda omadingiz chopadi. Oilasiz bo'lsangiz, bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlar yaxshiligicha saqlanib qoladi. Faqat tilingizga ehtiyot bo'lsangiz bas. Juftingizga o'tmishdagi ishqiy munosabatlaringiz haqida umuman gapirmang. Bu unga juda og'ir botadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

16 sentyabr o'qotar burji vakillari uchun unumli kechadi. Neki ishga qo'l ursangiz, qisqa fursatda daromadini ko'ra boshlaysiz. Tushdan so'ng yaqin do'stlaringizdan biri sizni dam olish uchun taklif etishi mumkin. Bu kayfiyatingizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ayrimlarning salomatligi kechki paytga borib yomonlashishi kuzatiladi. Vrachlarning maslahatlariga qat'iy amal qiling. Kechqurun ba'zilar uy ta'miri bilan shug'ullanishi kutiladi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Har daqiqada o'zingizni o'zingiz ovutasiz, mushkulotlarga ko'z yumish payida bo'lasiz. Lekin moliyaviy muammolar baribir qayg'urishga, asabiylashishga majbur etaveradi. Bankdan kredit olishingizga to'g'ri keladi shekilli. Muhabbatda qalbingiz garmoniya og'ushida bo'ladi. Romantika hamrohingizga aylanadi. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Me'yorni buzmang. Dam olish qoidalariga e'tibor qarating. Olloh sizga yor bo'lsin!

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Qarindoshlar, do'stlar taklif etadigan ishga ham, suhbatlarga ham loqayd bo'lmang. Behuda vaqt o'tkazmang. Shaxsiy biznesiga ega do'stlarimizning kuni tug'adi. Raqobatchilar bugun bezovta qilishmaydi. Buning o'rniga mijozlar ko'paya borishi kuzatiladi. Ishi kompyuter qarshisida o'tirish bilan bog'liq bo'lganlar ko'zini nihoyatda asrashi lozim. O'zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

16 sentyabr kuni optimizmni butkul yo'qotmaslik uchun qalbingiz va tafakkuringizni qayta tahlildan o'tkazishingiz kerak. Tevarakdagilar sizni tanqid ostiga ola boshlasa, sabrli bo'ling. Xonada o'tirish o'rniga ko'proq vaqtingizni toza havoda sayr qilib o'tkazing. Tanani toblash uchun xizmat qiladigan har qanday muolaja foydali kechadi. Immunitetni ko'tarish harakatiga tushsangiz, yaxshi bo'lardi.

Теги: kunlik, bashorati, Munajjimlar