0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 16 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 25.05.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun emotsiyani bir chetga surib qo'ying-da, barcha ishlarda tafakkurga suyaning. Vaziyatlar sizning istaklaringizga qarshi yuzaga kelishi mumkin. Ammo bunda birovlarni ayblash noto'g'ri. Ish joyingizdagi yumushlarni ado etishda mas'uliyatni chuqurroq his etgan holda harakatlar sodir eting. Moliyaviy masalada albatta omadingiz kuladi. Lekin buning uchun tejamkor bo'lishingizga to'g'ri keladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. O'zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

16 mayda yaqinlaringizdan baloga qolib ketmay desangiz, ro'zg'ordagi asosiy muammolarni joyida hal etib qo'ying. Ish joyingizda ham yangi g'oyalarni o'ylab topgan bo'lsangiz, uning foydaliligini rahbarlarga isbotlash haqida o'ylang. Isbotlay olsangiz, marra sizniki bo'ladi. Muhabbatda tuyg'ularni g'urur bilan chalkashtirib yubormang. Bu juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yetkazadi. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanadi. Safar sizga bir olam pozitiv kayfiyatlarni taqdim etadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Oila qurmaganlar bugun muhabbat tufayli tinchini yo'qotishlari mumkin. Yo'q, qalbingizga quloq tuting. Shunda xatoliklarga yo'l qo'ymaysiz. Zahiradagi pularingizning ham osti ko'rinib qolgan. Zudlik bilan qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topmasangiz bo'lmaydi. Do'kon aylanib, ko'ngilochar mashg'ulotlarga berilish ham moddiy ahvolingizni ayanchli holatga keltirib qo'yadi. Salomatligingiz ham yomonlashadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

16 may kuni me'yorni bilmaslik oqibatida bir talay xatoliklarga yo'l qo'yishingiz mumkin. Yolg'on va soxta xushomadlardan nari bo'lishingiz tavsiya etiladi. Bu moliyada ham, shaxsiy hayotda ham ko'zga tashlanishi mumkin. Do'stlar va hamkasblar bilan muloqotda hazil-mutoyibani aralashtirish sizga faqat foyda keltiradi. Shu bahonada ularga hali ma'lum bo'lmagan iste'dod qirralaringizni namoyish etib olishingiz mumkin. Sport va ekstrimdan voz keching.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Shaxsiy hayotingizga bugun yangilik olib kirish payida bo'ling. Bu qo'lingizdan keladi. Faqat xohish va g'ayratni ayamasangiz bas. Ish joyingizda martabangizni oshirish niyatida bo'lsangiz, jiddiy to'siqlardan oshib o'ta bilishingiz lozim. Tavakkal qiling. Albatta maqsadga yetasiz. Oila qurmaganlar kechqurun romantik tanishuvni boshdan kechirishlari, buning natijasida a'lo kayfiyatga ega bo'lishlari kutilmoqda. Bo'sh kelmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

16 mayda turli uchrashuvlar, miriqib dam olish soatlari sizni mushtoq kutib qoladi. Oy avvalida boshlagan ishingizni nihoyat bugun muvaffaqiyatli yakunlashga musharraf bo'lasiz. Birovlarga qaysidir mavzuda haqiqatni aytmoqchi bo'lsangiz, oldin xayollarni nazorat ostiga ola biling. Noto'g'ri gaplarni gapirib qo'yishdan saqlaning. Ro'zg'or tashvishlarini qarindoshlar bilan hamjihatlikda hal etasiz. Kechqurun kimdir qo'lingizga bir dasta pul tutqazadi. Omadingizni bersin!

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz ajoyib, quvnoq, hazil-mutoyibaga, suhbatlarga boy tarzda o'tadi. Atrofdagilar bilan muloqotlar, ayniqsa, sizda qaynoq taassurotlar qoldirishiga kafolat bor. Moliyaviy muammolar xamirdan qil sug'urgandek oson bartaraf etilishiga nima deysiz. Inshoolloh, moddiy ahvolingiz metindan-da mustahkamroq kechadi. Muhabbatda suyukli insoningiz bilan arazlashib qolishdan saqlaning. Kunning ikkinchi yarmida sizga serdaromad bir ishda hamkorlik taklif etishlari mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Birovlarning puliga favqulodda ega chiqishdan, shaxsiy manfaatingiz yo'lida sarflab qo'yishdan saqlaning. Bu oqibatda katta janjalga sabab bo'ladi. Yolg'onchi va firibgarlarning uyi kuyadi. Halol ter to'kadiganlar aksincha omadga erishadi. Kechqurun esa halollikning mukofotini sanab olishadi. Kechqurun yirik xaridlar, boshqa joyga ko'chib o'tish yoki kvartirani ijaraga olish kabi amallarni ado etishingiz kutiladi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Aldanish va sotqinlik sizga xavf solmoqchi emas. Ammo ehtiyotkorlik ham ortiqchalik qilmaydi. Kun davomida idealga, mo''jizaga qattiq ishonib qolishga ehtiyot bo'ling. Bu prinsiplardan voz kechishga majbur etib qo'yishi mumkin. Do'stlarning shaxsiy ishiga aralashishingiz tavsiya etilmaydi. Ular aralashganingiz bilan sizga rahmat ham deb qo'yishmaydi. Moliyaviy muammolarni sergaklik bilan hal eting. Shaxsiy biznesingiz bo'lsa, ishonchli hamkor qidirib topish harakatiga tushing.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

16 may kuni faqat o'zingizgagina ishoning. Tashqaridan kelib sizni tavakkalchilik sari undovchilarni inkor eting. Shaxsiy hayotda ham mulohaza bilan ish tutishingizga to'g'ri keladi. Muhabbatda oldin o'zingiz xiyonatga qo'l urmang va juftingizdan ham shuni talab qiling. Bunga haqlisiz. Ro'zg'or ikir-chikirlariga hayotiy tajribangizdan kelib chiqib munosabat yuriting. Shunda ortiqcha sarf-xarajatdan nari bo'lasiz.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Agar atrofdagilarning bo'lar-bo'lmas safsatalariga ishonaversangiz, xuddi ertakdagi bolakay qiyofasiga kirib qolishingiz mumkin. Bu esa ishda ham, hayotda ham xalal beradi. Muhabbatda emotsiyani nazorat ostiga oling. U haddan oshsa qalbingizga ziyon yetkazadi. Shaxsiy biznesiga egalar mo'may daromadga ega chiqishni istasalar, katta ishlar uchun katta pul tikishlari kerak. Spirtli ichimliklar iste'molidan, ko'ngilochar mashg'ulotlardan voz keching. Kechqurun salomatligingizni mustahkamlashga e'tibor qarating.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

16 mayda miyangizga professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarga oid ajoyib, original g'oyalar quyilib keladi. Ularni jilovga oling va o'zingizga bo'ysundiring. Ana shunda ish joyingizda obro'yingiz, martabangiz, balki lavozimingiz oshishiga guvoh bo'lasiz. Oila qurmagan bo'lsangiz, kechqurun orzuingizdagi bir inson bilan tasodifan uchrashib qolishingiz mumkin. Pul masalasida sira xavotirlanmang. Muammo bo'lmaydi.

Теги: Munajjimlar