0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 15 aprel kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 21.04.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun mushkulotlar yo'q yerdan paydo bo'lib asabingizga tegishi mumkin. Hatto, tekis joyda ketayotib ham qoqilishingiz ehtimoli bor, ehtiyot bo'ling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda sizdan optimizm talab qilinadi. Qaysidir kuni bajargan ishingiz uchun ham bugun haq to'lashlari kutiladi. Salomatlikni yaxshilashda xalqona usullardan foydalansangiz, ko'proq foyda beradi

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


15 aprel kuni nafaqat ko'ngilsiz, balki chiqib ketish mushkul bo'lgan vaziyatga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Ayniqsa, qaysidir masalada yaqinlaringiz maslahatini inkor etsangiz, xuddi shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Birovlarga o'z fikringizni o'tkazish fikridan yiroq bo'ling. Ayrim loyihalarni amalga oshirishda sizga fantaziya juda kerak bo'ladi. Ishoning, agar fantaziya yordamida shu loyihalarni muvaffaqiyatli tarzda hayotga tadbiq eta bilsangiz, daromadi ham shunga yarasha zo'r bo'ladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


Bugun buyumlar yoki boshqa shu kabilarga emas, hayotga nazar tashlang. Hayotni kuzatishda qobiliyatingiz ham, bardoshingiz ham yetarli. Bo'lar-bo'lmas suhbatlar, ko'ngil yozish va zerikarli ishlarga vaqt sarflab ovora bo'lmang. Sizni buyuk muvaffaqiyatlar kutmoqda. Kunning birinchi yarmida omadga erishish uchun qulay imkoniyatlar tug'iladi, o'tkazib yubormang. Kechqurun hamkasblardan biri sizga yoqimli xabar yetkazishi mumkin. Asabni asrang!

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


15 aprelda atrofdagilar bilan sira o'ylanmasdan rejalaringiz, yangi g'oyalaringiz haqida fikrlashishingiz mumkin. Xavotirga tushmang, ko'z tegmaydi. Kun davomida o'zingizga yoqadigan bir inson tarafidan ehtirosga chulg'angan emotsional munosabat namoyish etiladi. Lekin kelajak haqida reja tuzishga shoshilmang. Bugun yirik xaridlardan qoching. Sizga hozir inqirozning sira keragi yo'q

ARSLON (24. 07 — 23. 08)


Kunning birinchi yarmidanoq bilimga chanqoqlik seza boshlaysiz. Shaxsiy muammolaringizni duch kelganga aytavermasligingiz tavsiya etiladi. Sizga achinishlari mumkin, ammo sira yordam berishmaydi. Bugun uy-joy sotib olish, ta'mir ishlari va qurilish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Oilaviy byudjetingizni rejalarsiz sarflashni xayolingizga ham keltirmang. Salomatligingizni mustahkam tutish payida bo'ling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


15 aprel kuni romantik kayfiyatda bo'lishingiz kutilmoqda. Bu ish jarayonida ham o'z aksini topadi. Oilasiz bo'lsangiz, tushunish mumkin. Kimnidir sevib qolishga haqlisiz. Ammo oilalilarga romantik kayfiyatda bo'lish tavsiya etilmaydi. Chunki ehtiros albatta rashkka sababchi bo'ladi. Zararli odatlardan bugun qat'iyan voz kecha olsangiz, xavfli va surunkali xastaliklarning oldini olgan bo'lardingiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


Kuningiz quvonchli lahzalarga boy bo'ladi. Lekin muhim uchrashuvlar va ishlardan yuz bura ko'rmang. Ehtiroslarni kechqurun uchun asrab qo'ying. Kunduzi esa ish bilan band bo'ling. Ish joyingizda kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Tashqi ko'rinishingizda yorqin tanaffuslar kuzatiladi. Eksperimentlar o'tkazishdan bosh tortmang. O'zingizni ehtiyot qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


15 aprelda bir qator ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Hayratlanarlisi, barchasiga ulgurasiz, hech biriga kechikib bormaysiz. Tadbirkorlar turli kelishuvlar, simpozium, konferensiyalarni boshdan kechirishlari mumkin. Kuch va imkoniyatlarni tejab ishlatishingiz tavsiya etiladi. Ovqatlanishda ko'cha taomi iste'molidan qoching. Rejim va me'yorlarni buzmang. Ehtiyot bo'ling!

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


Kun siz uchun quvonch, xursandchiliklarga boy bo'lishi kutilmoqda. Yuzlaringizdan to kechga qadar tabassum arimaydi. Oilasizlar bo'lg'usi jufti bilan munosabatlarda muammoga duch kelmaydi. Uyingizda ahillik hukm suradi. Ishingiz serdaromad kechadi. Bunday lahzalarni vaqti kelganda orzulab ham topa olmaysiz. To'g'ri emasmi? Faqat illyuziyadan qoching. Ko'ngli qoralardan nari bo'ling!

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


15 aprel kuni ro'zg'ordagi muammolar haqida chuqur o'ylab ko'rishingiz kerak. Kemtiklarni to'ldirish harakatiga tushishingiz talab etiladi. Bugun nafaqat shaxsiy muammolar, balki o'zgalarning tashvishlarini ham zimmangizga olishingiz zarur bo'ladi. Ammo siz ularni qisqa fursatda ado eta olasiz. Oshqozon ichak yo'llarida xastalanish holatlari kuzatilishi mumkin. Agar o'z vaqtida vrachga murojaat etsangiz, kasallik avj pallaga kirishining oldini olgan bo'lardingiz.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


Kunni ehtiyotkorlik, hushyorlik bilan boshlab, shunday yakunlashingiz talab etiladi. Aks holda ishlaringiz baroridan kelishi uyoqda qolib, moliyaviy inqirozga yuz tutishingiz ham hech gap emas. Suyukli insoningiz kechki payt sizga yoqimsiz xabar yetkazishi mumkin. Lekin buning uchun asabiylashishning sira hojati yo'q. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanishi mumkin. Safar davomida romantika hamrohingizga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


15 aprel baliq burji ostida tug'ilganlar uchun unumli va serdaromad kechadi. Hatto sizning iste'dodingizga shubha nazari bilan qarab kelganlarni ham o'z tarafingizga og'dirish imkoni tug'iladi. Shaxsiy hayotda yoqimsiz vaziyatlarga barham berish uchun yaqinlaringizdan birining maslahati zarur bo'ladi. Asablarni asrang. G'iybatdan, hasaddan nari bo'ling.

Теги: Munajjimlar