0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 11 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 23.05.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun shaxsiy hayot va ishdagi faoliyatingizni bir nuqtaga jamlagan holda ish tuting. Shunda moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Muhabbatda parvozlar va yiqilishlar baravar, parallel tarzda sodir bo'ladi. Shuning uchun emotsiya va tilingizni jilovda ushlang. Xususiy mulk oldi-sotdisi, ijarasi bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun toza havo sayriga chiqishni unutib qo'ymang. O'zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

11 may kuni moliyaviy ahvolingizni yaxshilashga yo'naltirilgan amallar muvaffaqiyatli kechadi. Ishxonangizdagi hamkasblar va do'stlar bilan munosabatlaringiz ham xayrli tus olishi kutilmoqda. Istaklaringizga qarshi borishni xayolingizga ham keltirmang. Oilaviy hayotda murosai madoraning ketidan quving. Yaqinlaringiz bilan o'zaro munosabatlarga putur yetkazuvchi harakatlarni sodir etmang. Salomatlikni, birinchi navbatda asabni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Afsuski, buguningiz yengil kechmasligi mumkin. Muammolar ketidan muammolar yog'ila boshlashi kutiladi. Oilada tinchlik barqaror bo'lishini ta'minlang. Ish joyingizda hamkasblar, rahbarlar bilan diplomatlarcha munosabat yuriting. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun rasmiy hujjatlarni taxlashingiz zarur bo'ladi. Yog'li, sho'r taomlar iste'molidan voz keching. Gastrit bezovta qilishi mumkin. O'zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

11 mayda yo'qotilgan munosabatlarni tiklashingiz zarur bo'ladi. Bu do'stlik, hamkorlik bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Tashqi ko'rinishingizga o'zgartish kiritish amallari bugun muvaffaqiyatli kechadi. Velosipedda, piyoda ko'proq sayr qiling, cho'milish bilan shug'ullaning. Pulingiz kam qoldimi? Xavotirlanishga hojat yo'q. Moliyaviy muammolar sizning foydangizga hal bo'ladi. Faqat to'g'ri kelib qolsa, qo'shimcha daromad keltiruvchi ishlardan bo'yin tovlamasangiz bas.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

O'tgan kunlardagi muvaffaqiyatsizliklar yana takrorlanishini xohlamasangiz, to'g'ri ish tuting. Oilada ham, ishda ham faqat eng zarur ishlarni amalga oshiring. Kerak-nokerak harakatlarni sodir etaverishingiz tavsiya etilmaydi. Qalbga buyruq berib bo'lmaydi. Oilaviy hayotda ochiq-oydin bo'ling. Oilasiz bo'lsangiz, bo'lg'usi juftingiz bilan muloqotga yolg'on aralashtirmang. Moliyaviy masalada tafakkurni ishga soling. Qarzlaringiz bo'lsa, bugundan qoldirmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

11 may kuni hayotingizdagi eng baxtli lahzalarni boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Oilalilar jufti bilan o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash baxtiga muyassar bo'lishadi. Orangizda faqat garmoniya hukm suradi. Pul masalasida omad va omadsizlik baravar qadam tashlashi kutiladi. Qancha harakat qilmang, omadni omadsizlikdan yuqori qo'ya olmaysiz. Shuning uchun do'kon, bozorlarda xaridlarni amalga oshirayotganda narx-navoni yaxshilab o'rganing. Aks holda inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun belni mahkamroq boylab ishga kirishishingiz zarur bo'ladi. Daromadning mazasi bo'lmaydi. Faqat aql bilan ishlashni unutmang. Ahvol bundan ham battarroq kechishidan saqlaning. Ayrimlar ish joyida martabasini, lavozimini yuqorilatish imkoniga ega. Faqat buning uchun yo uyni, yo ishni tanlashingiz lozim bo'ladi. Shaxsiy hayotda hammasini noldan boshlashingiz kerak. Hayotiy tajribangizni ishga solsangiz, bu muammoni ham o'zingizga osonlik bilan bo'ysundirishingiz mumkin bo'ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

11 mayda «Sekin yursang, uzoqqa borasan» degan naqlga amal qiling. Kun davomida shu naql asosida ish tutishingiz kerak. Faqat to'xtab qolmang. Ish joyingizda ham shoshilmasdan, xotirjamlikni qo'ldan bermagan holda harakatlar sodir eting. Salomatligingizda ham muammolar yo'q emas. Bosh og'rig'i va qon bosimi oshishidan bezovta bo'lishingiz kutilmoqda. Bugun olis safarga chiqmang. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun asosiy kuchni salomatligingiz va moliyaviy muammolarni bartaraf etishga sarflang. Ular bir-biri bilan bog'liq. Vaziyatni chigallashtirmaslikka harakat qiling. Muammolarga achchiqlanmasdan, asabiylashmasdan barham bering. Muhabbatda noo'rin qadam tashlab qo'yishdan saqlaning. Har bir so'zni o'ylab tilingizga ko'chiring, qaltis qadamlar tashlab qo'yishdan tiyiling. Sizni sevguvchi insonni zinhor ranjitmang. O'zingizni ehtiyot qiling.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

11 may siz uchun barcha jabhalarda omadli kunga aylanishi kutilmoqda. Moliyaviy muammolarni a'lo darajada bartaraf eta bilasiz. Salomatlikni tiklaysiz va ruhan yengil tortasiz. Shaxsiy hayotda tanaffuslar ko'zga tashlanmaydi. Lekin bu sodir bo'layotgan hodisalarga xotirjam boqish mumkin degani emas. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo'ynida dam olishga harakat qiling. Oila qurmagan bo'lsangiz, bo'lg'usi juftingizni havo almashtirishga taklif eting.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

Hayotda bir xilliklar joningizga tegib bo'lgan. Shunday emasmi? Demak, yangiliklar yaratishga kirishishingiz talab etiladi. Moddiy ahvolingiz sizni bankdan kredit olishga majbur etadi. Qarang, agar yaxshilikka bo'lsa, albatta oling. Ajab emaski, shu kreditning qadami qutlug' kelib birdan boyib ketsangiz. Tadbirkorlar uchun bugun yangi shartnomalarni imzollash muvaffaqiyatli kechadi. Salomatlik haqida qayg'urish ham esingizdan chiqmasin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Yoningizdagi pullaringizning bir qismini «qora kun» uchun asrab qo'ying. Ishlar esa bugun sizdan qochib qutula olishmaydi. Hammasining adabini berish uchun imkoniyatlar ham, kuch ham yetarli. Ba'zi do'stlarimiz kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo'nab ketishlari mumkin. Bu har doimgidek moddiy ahvolingizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Omadingizni bersin!

Теги: Munajjimlar