0

O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 11 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

Автор: ADMINISTRATORкатегория: Muchallar haqida / Мучаллар хакидадата: 18.07.2019
QO'Y (21. 03 — 20. 04)

11 iyul kuni professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarda omadingiz chopadi. Oldingizda hech qanday to'siqlar, muammolar ko'zga tashlanmaydi. Muhabbatda esa mabodo suyukli insoningizga ko'proq e'tibor qaratmaydigan bo'lsangiz, muammo va to'siqlar paydo bo'lishi aniq. Kechqurun syurprizlar, ish yuzasidan ajoyib takliflar va favqulodda safar kutadi. Faqat ish, ish deb yuravermay, salomatligingizni ham nazoratdan o'tkazib turing.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun sizdan talabchanlik talab etiladi. Bir necha ishni parallel tarzda bajarishingizga to'g'ri keladi. Bu yerda o'z-o'zidan qo'shimcha kuch, sabr va talabchanlik zarur bo'ladi. Moliyaviy muammolar masalasida jimjitlik hukm suradi. Ammo ruhan tushkunlikka tushishingiz noto'g'ri. Zahira pullaringiz anchagina. Pulsiz qolib ketadigan ahvolda emassiz. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash harakatiga tushishingiz kerak. Kechqurun o'tkazadigan vaqtingiz quvonchli va yoqimli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

11 iyulda ishlaringiz keragidan ko'proq bo'ladi. Yo'l-yo'lakay harakat stimulini o'zgartirishingizga ham to'g'ri kelishi mumkin. Asosiysi, miyani ishlatgan holda harakatlar sodir eting. Shunda bilib-bilmay xatolarga yo'l qo'ymaysiz. Mo'may bo'lmasa-da, kunning ikkinchi yarmida qo'lingizga pul kelib tushish ehtimoli bor. Oilaviy hayotingizda sokinlik hukm suradi. Salomatligingiz pand bermasligi uchun quyosh tig'ida ko'p turib qolmasligingiz kerak.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun ish bajarishdan oldin ishonchli yordamchilar qidirishingizga to'g'ri keladi. Chunki ishlaringiz shunchalar ko'pki, bir o'zingiz hech qanaqasiga ulgura olmaysiz. Ulgurgan taqdiringizda ham salomatligingizga putur yetishi hech gap emas. Bugun sportchilar, advokatlar va iqtisodchilarning kuni tug'adi. Moliyaviy muammolarning yechimi shundoq qarshingizda pishib, yetilib turibdi. Bir talpinsangiz, mevasi kaftingizda bo'ladi. Kechqurun safarga chiqishingizga to'g'ri kelsa, boshqa kunga qoldiring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

11 iyul kuni arslon burji vakillarining shaxsiy hayotida tanaffuslar ko'zga tashlanadi. Oilasiz bo'lsangiz, kun davomida ko'nglingizga o'tirishadigan insonni uchratib tanishishingiz imkoni bor. Martabangizni, lavozimingizni oshirish yo'lida qalbingizgagina quloq tutgan holda ish ko'ring. Muhabbatda o'tirib xayol surishlarni bas qilishingiz kerak. Shirin xayollarni o'smirlarga qo'yib bering. Siz esa jiddiy munosabatlar, to'y haqida o'ylashingiz kerak.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Aslida qanday ishchisiz, xizmatchisiz? Buni ish bajarganingizda aniqlab olasiz. Agar o'zingizga ishongan holda oldinga qadam tashlasangiz, albatta omadingiz keladi. Moliyaviy masala kutib turmaydi. Muammolarni bartaraf etish uchun astoydil yeng shimarib ishga kirishishingiz kerak. Ro'zg'or ishlarini uddalayotganda, serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. O'zingiz bilmagan holda ko'ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz hech gap emas. Kechqurun oila davrasida vaqt o'tkazing.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

11 iyulda ko'nglingizga tugib qo'ygan niyatlar haqiqatga aylanishi uchun o'zingiz harakat qilishingiz, kerak bo'lsa, qora terga botib ishlashingiz kerak. Faqat muvaffaqiyat qozonsangiz, bu haqda hech kimga gapirmaganingiz ma'qul. Ko'z tegishi mumkin. Agar qo'shimcha daromadli ish topishni reja qilgan bo'lsangiz, sizga internet saytlari yaqindan yordam berishi mumkin. Oilada emotsiyangizni jilovlagan holda, xotirjamlikda ish ko'ring.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Turmush qurmagan do'stlarimizni bugun romantik tanishuvlar kutib qoladi. Kimdir o'ziga sadoqatli do'st topadi, yana kimdir orzusidagi insonni uchratadi. Ro'zg'orda muammo har doim ham bor. Lekin bugungisini boshqa kunga qoldirib turganingiz ma'qul. Immunitetni ko'tarish uchun pul va vaqt talab etiladi. Pul bo'lsa, vitaminlar kompleksini sotib oling-da, ichishni boshlang. Kechqurun toza havoda sayr qilishni ham unutmang.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

11 iyul kuni atrofdagilarmi, ishxonadagi hamkasblarmi, kim bo'lishidan qat'i nazar til topishishingiz oson kechadi. Hatto, qachonlardir janjallashib qolgan odamlar bilan ham bugun oson kelishib keta olasiz. Muhabbatda tuyg'ularingiz masalasida jiddiy shug'ullanishingiz zarur. Busiz maqsadlaringizni amalga oshirish juda mushkul kechadi. Bugun sayohatga chiqish, qishloq, tog'li yerlarga borib dam olish, havo almashtirish muvaffaqiyatli hamda yoqimli kechadi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

Bugun ham shaxs, ham professional xizmatchi sifatida o'zgalar qarshisida bir pog'ona yuqorilashingiz kutilmoqda. Bu yo'lda sizni eng yaqin do'stlaringizdan biri qo'llab yuborishi ham ehtimolga yaqin. Bugun sevimli xobbi bilan band bo'lish, tabiat qo'yniga chiqib dam olish, plyajda cho'milish yoqimli va xayrli kechadi. Muhabbatda faqat yorug', charog'on lahzalarni izlab vaqt o'tkazing. O'zingizni ehtiyot qiling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

11 iyulda qaysidir dono aytgan hikmatni yodga oling. U «Charog'on tong oldidan eng qorong'i zulmat yuz ko'rsatadi» degandi. Demak, qaysidir ishingiz baroridan kela qolmasa, ranjimang, asabiylashmang. Tong albatta otadi. U qalbingizni albatta yorita boshlaydi. Kun davomida rejalashtirilmagan xaridlar, favqulodda safarlar kuzatilishi mumkin. Moliyaviy jihatdan inqirozga yuz tutishni istamasangiz, oilaviy byudjetingizni oldindan tuzib chiqing. Oilalilar farzandlarga ko'proq e'tibor qaratishlari talab etiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Boshingizga bir dunyo tashvishli lahzalar yopirilishi ehtimoldan xoli emas. Bunday vaziyatlarda bardosh va iroda kuchi asqotadi. Ular sizda istagancha topiladi. Moddiy ahvolingiz kechga qadar yaxshilanishning eng yuqori cho'qqisida bo'ladi. Anchadan beri nimanidir xarid qilish orzusida edingiz. Bugun kechga yaqin o'sha orzuingiz ushaladi. Kechqurun to'yib ovqatlanishdan nari bo'ling.

Теги: bashorati, Munajjimlar, kunlik