Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Qaysi brouzerdan foydalanmoqdasiz?
Всего ответов: 41
Статистика

Всего на сайте: 61
Гостей: 61
Пользователи: 0

20:03
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 8 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)


8 dekabrda aslo yolg'iz qolmang. Doimo odamlar orasida bo'ling. Har qanday vaziyatda ham sergaklikni, ma'naviy yetuklikni saqlang. Tushdan keyin kim bilandir jiddiy suhbat kutiladi. Bu suhbat asosiy ish yuritish usulingizda keskin o'zgarishlar yasashi mumkin. Kechki paytga borib esa anchadan beri ortga surilib kelgan g'oyangiz amalga oshadi. Faqat bu g'oya muhabbatga tegishli bo'lsagina haqiqatga aylanadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


Kuningiz anchagina shovqin-suronlarga boy bo'lishi mumkin. Lekin shu shovqinli hayot moddiy ahvolingizni yaxshilab olishingizda katta yordam beradi. Professional kasbingiz bilan bog'liq yumushlarni ado etishda janjalli vaziyatlardan nari bo'ling. Tajribangizga suyaning. U sizni to'g'ri yo'lga boshlaydi. Muhabbatda ham vaziyatdan kelib chiqib harakatlar sodir eting. Salomatligingizni ehtiyotlang. Muolaja olish zarur bo'lsa, albatta oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


8 dekabr kuni birinchi navbatda kim bilan gaplashishingiz, kimlardan nari yurishingizni hal qilib olishingiz zarur. Lekin buning shaxsiy hayotingizga taalluqli yeri yo'q. Asosan ishingizga tegishli. Agar yaqin do'stlaringiz bo'lsa, ular bilan kelgusi rejalaringizni bemalol o'rtoqlashaverishingiz mumkin. Moliyaviy masalada tanaffuslar ko'zga tashlanmaydi. Ammo katta yo'qotishlar xavfidan ham yiroq bo'lasiz. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o'tkazing.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


Ertalabdanoq tashqi ko'rinishingizga alohida e'tibor qaratishingiz tavsiya etiladi. Kiyimlaringiz, boshqa jihatlaringiz risoladagidek bo'lishiga erishing. Bugun xizmat safarlari, yoqimli xaridlar va do'stlar davrasida dam olish xayrli kechadi. Ozishni mo'ljallab qo'ygan bo'lsangiz, bugundanoq parhez tutishni boshlashingiz kerak. Kechqurun ovqatlanish rejimi haqida yana bir karra fikrlab oling. Bu rejimni aslo buzmasligingiz lozim.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)


8 dekabrda ishda muvaffaqiyatlarga erishish uchun qalbga emas, tafakkurga quloq tuting. Tushdan keyin sizdan qachonlardir qarz olganlar qarzini qaytarishi kutiladi. Demak, moddiy ahvolingiz yaxshilanishiga asos bor. Kunning ikkinchi yarmida janjalli vaziyatlarga tushib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun o'zingizni lohas his eta boshlashingiz mumkin. Shunday bo'lib chiqsa, muhim tadbirlarda ishtirok etmaganingiz, vrach chaqirtirganingiz ma'qul.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


Ertalabdan yangi rejalar tuzing, yangi g'oyalar o'ylab toping, yaqinlaringiz haqida qayg'uring. Qolgan ishlar kutib turaveradi. Ish orasida dam olish uchun ham albatta vaqt ajratishingiz talab etiladi. Tejamkorlik sizga moddiy jihatdan og'ir ahvolga tushib qolmaslikda katta yordam beradi. Olis safarga otlanmang. Bu safar moliyaviy yo'qotishlar va halokatli lahzalarga boy bo'ladi. O'zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


8 dekabrda kundalik hayotingizdagi mushkulotlarni, to'siqlarni yengib o'tishda sizdan faqat va faqat bardosh talab qilinadi. Moliyaviy muammolarni ham to'liq ijobiy hal eta olmasligingiz kutilmoqda. Demak, zudlik bilan qo'shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz kerak bo'ladi. Suyukli insoningiz bilan ham aksiga olgandek munosabatlar sovuqlashgan. Bu muammoni bartaraf etish yo'lini topa olmay ovora bo'lasiz. Do'stlarga murojaat etib ko'ring. Balki ular jo'yali maslahat berib qolar?

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


Kunning birinchi yarmidan boshlab asosiysi emotsiyani jilovga soling. Xushomadlarga uchib ketmang. Ular yolg'onga qorishiq. Sizni kelgusida rasvoi olam qilishi ham hech gap emas. Pulingiz o'zingiz xohlagandek ko'p emas. Shuning uchun belni mahkam boylang-u, qo'shimcha ishlarni bajarishga kirishing. Ro'zg'or va shaxsiy manfaatlar tufayli qarindoshlar bilan ham sen-menga borib qolishingiz mumkin. Og'irroq bo'ling!

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


8 dekabr kuni anchadan beri o'z yechimini topa olmayotgan rejalaringiz favqulodda ijobiy hal bo'lish pallasiga kiradi. Muhabbatda vaqtni tezlashtirishga urinmang. Ko'p narsalar sizga bog'liq emas. Taqdir bilan bog'liq. Agar oila qurmagan bo'lsangiz, bo'lg'usi juftingizning favqulodda qarorlariga hurmat bilan yondashing. Hademay yangi yil bayrami eshik qoqadi. Shundan oldin salomatligingiz haqida jiddiyroq qayg'uring. Ayrimlar shamollashdan bezovta bo'lishlari mumkin.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


Birinchi navbatda sizdan emotsional holatingizni qattiq ushlash talab etiladi. Bugun ko'p marotaba asabiylashishlarga duch kelishingiz mumkin. Hamkasblarga ba'zi masalalarda haqligingizni isbotlashingizga to'g'ri keladi. Ana shunda emotsiyani jilovlamasangiz, depressiyaga tushib qolishingiz hech gap emas. Sho'r va achchiq taomlardan yuz buring. Spirtli ichimliklarning yaqiniga ham yo'lamang. Oqibati yaxshi bo'lmaydi.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


8 dekabrda ba'zi do'stlarimiz xususiy mulk oldi-sotdisini muvaffaqiyatli hal etishlari mumkin. Sizni o'ziga bo'ysundirishga urinadigan ba'zi yuzsizlar bilan janjalli vaziyatlarga tushishingiz kutiladi. Bo'sh kelmang, kurashing va ixtiyoringizni ularga topshirib qo'ymang. Agar bu vaziyatlardan kulgan holda, ochiq chehra bilan chiqib keta olsangiz, kuningiz omadli kechishiga shubha qolmaydi. Kechqurun boshqa shaharga favqulodda safar qilishingiz kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


Xursand bo'lavering, kuningiz baxtli va muvaffaqiyatli kechishi tayin bo'lib turibdi. Shaxsiy hayotda ham omadingiz kuladi. Oila qurmagan qizlarning ko'pchiligiga sevgan insoni muhabbat izhor qilishi, to'y kunini belgilashga izn so'rashi kutiladi. Xaridlarni amalga oshirish, sayohatga chiqish, do'stlar bilan uchrashib suhbatlashish bugun muvaffaqiyatli va xayrli kechadi. Faqat bir shart bilan. Emotsiyaga erk bermasligingiz kerak. Aks holda yaxshi kuningiz yo'qqa chiqadi.
Категория: Muchallar haqida / Мучаллар хакида | Просмотров: 26 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: