Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 84
Статистика

Всего на сайте: 24
Гостей: 24
Пользователи: 0

21:15
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 7 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)


Bugungi kun safarlar, majlislar va ish yuzasidan uchrashuvlar uchun muvaffaqiyatli kechadi. Shaxsiy hayotingiz bilan bog'liq muammolar ham shu orada ijobiy hal bo'ladi. Rahbariyat sizga yangi va o'ziga xos bir loyihani ishonib topshirmoqchi. Agar uddalay olsangiz, omadim kuldi deyavering. Kunning ikkinchi yarmida asosan salomatligingiz haqida qayg'uring. Ovqatlanish rejimiga qat'iy amal qiling. O'zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


7 dekabrda buzoq burji ostida tug'ilgan qizlar, ayollar shu qadar ko'rkamlashishadiki, Gollivud yulduzlari ham sizning qarshingizda ip esha olmay, xijolatdan duv qizargan bo'lardi. Hali oila qurmaganlar kun davomida romantik uchrashuvni ham boshlaridan kechirishlari ehtimoldan xoli emas. Nimaiki ishga qo'l urmang, tafakkurga suyaning. Emotsiyani jilovlang. Unga erk bera ko'rmang. Shunda shaxsiy hayotda ham, muhabbatda ham, ishda ham afsuslar domiga tushmaysiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


Bugun bo'lar-bo'lmas narsaga asabiylashaverishdan tiyilishingiz kerak. Aks holda salomatligingizga putur yetadi. O'zingizni qo'lga oling. Kuningiz juda og'ir kechadi. Bunga shubha yo'q. Ammo sizga yaqin do'stlardan biri bajonidil yordam beradi. Bu do'stingiz kimligini ham darrov anglagan bo'lsangiz kerak. Kechqurun kimdir sizga qo'shimcha daromad keltiradigan ish taklif qilishi kutilmoqda.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


7 dekabr kuni ezgu maqsadlarga erishish uchun bor kuch va imkoniyatlaringizni ishga solishingiz shart emas. Muammolar sizga juda osonlik bilan itoat eta boshlaydi. Tushdan so'ng kutilmagan uchrashuvni boshdan o'tkazishingiz mumkin. Ish orasida vaqt topib dam olishga, chalg'ishga harakat qiling. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan band bo'lishingiz va kitob mutolaasi xayrli kechadi. Ko'cha taomlarini iste'mol qilishdan buguncha tiyilib turing.<

ARSLON (24. 07 — 23. 08)


Ish joyingizda hamkasblarga o'zingizdagi eng noyob, ijobiy xislatlarnigina namoyish eting. Ishoning, bu moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishingizda ham katta yordam beradi. Oiladagi muammolarni ham zudlik bilan, ortga surmasdan hal etishingiz tavsiya qilinadi. Juftingiz bilan o'zaro iliq munosabatlar ham shu muammolar natijasiga bog'liq bo'lib turibdi. Kechqurun yengil bajariladigan jismoniy mashqlar salomatligingizni mustahkamlashda katta yordam berishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


7 dekabrda ziyrak bo'ling. Qay tomondan foyda shamoli esayotganini payqasangiz, o'sha tarafga qarab yuring. Basharti yirik daromadni qo'lga kiritish uchun ishdan bo'shashingiz lozim bo'lsa ham ortga chekinmang. Kompyuter qarshisida kamroq o'tiring, ko'proq piyoda yo'l yuring, harakat qiling. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar kun davomida profilaktikaga e'tibor berishlari kerak bo'ladi. O'zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


Bugun sizga intiluvchanlik va qat'iyatlilik ish bajarishda, omadga erishishda juda asqotishi mumkin. O'shanda vujudingiz ham garmoniyaga to'lib-toshadi. Ish jarayonida faqat yaxshi narsalar haqida o'ylang. Tushkun kayfiyat domiga tushib qolishdan saqlaning. Bugun dangasalik ketmaydi. Kechqurun ayrim do'stlarimiz olis safarga otlanishlari kutiladi. Yo'llarda ehtiyotkorlikni qo'ldan bermang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


7 dekabr kuni birinchi navbatda sog'lig'ingiz, kayfiyatingiz va moddiy ahvolingizni ham qat'iy nazoratga olishingiz lozim bo'ladi. Agar vrach yoki huquqshunos yordami kerak bo'lsa, ortga surmang. Ishda ham, taom tanovulida ham, xursandchilikda ham, tashvish chekishda ham me'yorni biling. Spirtli ichimliklar iste'molidan tiyiling. Shaxsiy biznesi borlar va savdogarlar uchun bugungi kun omadli kechadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


Garchi juda zarur bo'lsa ham bugun muhim hujjatlar bilan o'ralashishdan, ularga imzo qo'yishdan tiyiling. Bunday amallar sizga ziyon yetkazadi. Buning o'rniga dam olish va yorug' dunyoga boqish, undan zavq olish uchun vaqt ajrating. Muhabbatda qalbingizga emas, aqlingizga suyanib ish tuting. Aqlingiz sizni to'g'ri yo'lga boshlaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Bu sog'lig'ingiz uchun juda foydali kechishini unutmang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


7 dekabrda kayfiyatingiz nolga tushib qolgan taqdirda ham atrofdagilar bilan muloqot qilishda, jamiyat bilan yashashda davom eting. Agar juda xohlasangiz, emotsiyangizni o'zingizga bo'ysundirib, yo'rig'ingizga yurgiza olasiz. Bu ishda sizga yoga, meditatsiya va tanani bo'shashtiruvchi mashg'ulotlar katta yordam beradi. Kechqurun ayrimlarga tanishlardan biri xorijda ishlashni taklif qilishi mumkin. Darrov rozi bo'ling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


Bugun yaxshilab dam olishingiz, to'yib uxlashingiz va yaxshi insonlar bilangina uchrashib, suhbat qurishingiz tavsiya etiladi. Ishni ham vaqtincha chetga surib qo'ysangiz bo'ladi. Moddiy ahvolingiz shundog'am yaxshi. Kunning ikkinchi yarmida ba'zilar hayotida kutilmagan hodisalar sodir bo'lishi kutiladi. Bu hodisalar faqat yoqimli lahzalardan iborat. Kechqurun uxlab ko'radigan tushingiz o'ngidan kelishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


7 dekabr kuni professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni bajarishda yangi qirralaringiz ochilishi kutilmoqda. Bu narsa martabangiz yuqori cho'qqilarni zabt etishida ham asqotadi. Tadbirkor bo'lsangiz, yangi shartnomalarga imzo chekayotganda sergak bo'ling. Muhabbat borlig'ingizni chirmab olishi natijasida oddiy holatlarga ham shunchaki xotirjam qarab tura olmasligingiz mumkin. Lekin tuyg'ularga erk berishingiz yaramaydi.
Категория: Muchallar haqida / Мучаллар хакида | Просмотров: 25 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: