Главная » O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 6 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin? - 6 Ноября 2018 - Скачать музыку mp3 бесплатно и без регистрации
Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 80
Статистика

Всего на сайте: 44
Гостей: 44
Пользователи: 0

08:17
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 6 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
6 noyabr kuni boshingizdan o'tadigan voqea-hodisalarni go'yo filmga aylantira olasiz. Lekin vaziyatga qarab ish tuting. Tadbirkor bo'lsangiz, muhim uchrashuvlarga kechikmang. Hamkorlar bilan diplomatlarcha munosabat yuriting. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishlarni amalga oshirishda muvaffaqiyatga eltuvchi yangi yo'llarni qidirib topish uchun bugun qulay imkoniyat tug'iladi. Salomatligingiz pand bermaydi. Ammo ehtiyotkorlik ham ziyon qilmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
O'zingizga fe'li, yurish-turishi yoqadiganlar bilan do'stona ohangda munosabat yuritishingiz tavsiya etiladi. Muhabbatda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga o'z tuyg'ularingizni oshkor etishdan uyalmang. Lekin do'stlar, tanishlar bilan jiddiy munosabatda bo'ling. Moliyaviy muammolar ham bugun faqat sizning foydangizga ijobiy hal bo'ladi. Kutganingizdan ham ko'proq daromadga ega bo'lishingiz haqiqatga yaqin. Faqat bu mo''jiza kechqurun yuz beradi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
6 noyabrda faollik haddan ziyod oshirib yuborilsa, salbiy natija bera boshlashiga yana bir bor guvoh bo'lasiz. Xalqda «Sekin chopgan uzoqqa boradi», degan hikmat behuda aytilmagan. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun esa aksincha shoshilishingiz kerak. Yaqin insoningizga nisbatan o'zaro munosabatlarni bir me'yorda ushlashingiz tavsiya etiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun dunyoga zinhor qovoq uygan holda, xomush boqmang. Tashvish tashvish keltiradi. Xursand va xushchaqchaq bo'ling. Chunki sizning ruhiy holatingiz ishga ham, shaxsiy hayotingizga ham ta'sir etmay qolmaydi. Bugun sport bilan shug'ullanish, ijod qilish muvaffaqiyatli kechadi. Ba'zilar kechqurun olis safarga otlanishi mumkin. Safarda siz yangi tanishlar orttirasiz.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
6 noyabr kuni ruhan yengil tortasiz. Bu asosiysi. Shu narsa sizga shaxsiy hayotda ham, ishda ham juda asqotadi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizdan o'zingizni yanada mamnun eting, shirin xayolarga beriling, har qanday yomonlikdan ham yaxshilik qidirib topishga harakat qiling. Kun davomida ishlar ko'pligidan toliqishingiz tayin. Dam olishni ham unutib qo'ymang. Sog'lig'ingiz haqida qayg'uring. Shamollashingiz ehtimoli bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ish joyingizda muhim bir qaror qabul qilasiz va shu qaror kechga borib sizga mo'may daromad hadya etadi. Agar pul kutilgan daqiqada qo'lingizga kelib tushmasa, vaziyatni chigallashtirishga urinmang. Hamkasblar va do'stlar maslahatiga albatta quloq tuting. Muhabbatda janjallardan qoching. Shunda asablaringiz qaqshamaydi. Bu salomatligingiz yaxshilana borishi uchun xizmat qiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
6 noyabrda qandaydir fazoviy kuchlar himoyasida bo'lishingiz kutiladi. Qaerdandir g'oyibdan vujudingizga qo'shimcha quvvat kelib qo'shiladi. Xuddi o'sha qo'shimcha kuch muammolarni dadillik bilan bartaraf etishda yordam beradi. Moliyaviy masalada hazilga o'rin yo'q. Siz uchun fidoyi bo'lmagan odamlarga qarz bermang. Kechqurun xizmat safariga jo'nab ketishingiz mumkin. Safarda o'zingiz kutgan yaxshiliklarga egalik qilasiz.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ertalab uyg'ongandan atrofdagilarga faqat quvonch ulashish payida bo'ling. Jilmaying, hazil-mutoyibaga e'tibor qarating, xursandchilik qiling. Tushdan keyin oila qurishga ulgurmaganlarni romantik uchrashuv kutib turadi. Salomatlikni mustahkamlashga harakat qiling. Ammo organizmingizga nisbatan qattiqqo'llik ham qilmang. Biling, parhez tutish sizga umuman to'g'ri kelmaydi. O'zingizni ehtiyot qiling.
O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)
6 noyabrda sizni ochiq ko'ngil odamlar va yoqimli lahzalar kutadi. Bu voqealar kutilmaganda sodir bo'ladi. Lekin yaxshilikka. Bugun optimistga aylaning. Bu buyuk qudrat hisoblanadi. Ayniqsa, tadbirkorlar tijorat bilan bog'liq operatsiyalarni amalga oshirishda aynan optimizmga suyanishlari talab etiladi. Muhabbatda ishlaringiz baroridan keladi. Suyukli insoningiz siz bilan dunyoning narigi chetiga ketishga ham tayyor.
TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Tog' echkisi burji ostida tug'ilganlarning salomatligi bugun pand berishi mumkin. Agar kasalxonaga tushib qolishni xohlamasangiz, dam olishga alohida vaqt ajrating. Turli ko'ngilochar tadbirlar va safarga otlanishdan voz keching. Ular sizga ko'ngilsizliklar va jarohatlar yetkazishgagina yaraydi. Bugun ijod bilan shug'ullanish omadli kechadi. Kechqurun moddiy ahvolingizning yaxshilanishi kayfiyatingizni yuksak cho'qqilarga olib chiqadi. Omadingizni bersin!
QOVG'A (21. 01 — 19. 02)
6 noyabr kuni baxt va shodlik hamrohingiz bo'lishi aniq. Ayrimlar yangi ish topish natijasida o'zlarini baxtli his etishlari ham haqiqatdan uzoq emas. Oiladagi mas'uliyatni unutib qo'ymang. Oilangiz sha'nini qattiq turib himoya qiling. Ayniqsa, qarindoshlar bilan iliq munosabatda bo'ling. Bugun tanani chiniqtirishga qaratilgan va bel qismingizni mustahkamlashga yo'naltirilgan muolajalar xayrli kechadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Mayda-chuyda ishlardan qoching. Ular bekorga kuchingizni sarflashga majbur etadi va hech qanday arzirli foyda keltirmaydi. Ishda ham, ko'chada, oilada ham hazil-mutoyibaga e'tiborni kuchaytiring. Muhabbatda sirlilik ziyon keltiradi. Ochiq qalb bilan yaqin insoningizga nisbatan munosabatlar yuriting. U sizning birinchi bo'lib qadam tashlashingizni kutmoqda. Kechqurun favqulodda safarga jo'nab ketishingiz kutiladi. Safar sizga omad keltiradi.Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!
Категория: Muchallar haqida / Мучаллар хакида | Просмотров: 54 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: noyabr, Munajjimlar, bashorati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: