Регистрация
Меню сайта
Наш опрос
Uzbekona.uz portali yanada ommalashishi uchun qanday yo'l tutgan ma'qul?
Всего ответов: 33
Статистика

Всего на сайте: 61
Гостей: 61
Пользователи: 0

04:38
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 5 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?
QO'Y (21. 03 — 20. 04)


Agar hafta davomida asabiyliklar, mayda-chuyda tashvishlar bilan o'ralashgan bo'lsangiz, bugun barchasi ortga chekinib, nihoyat chuqur nafas olishga, yaqin do'stlar bilan suhbatlar qurishga, ko'ngilxushlik qilishga imkon topasiz. Ishxonangizdagi hamkasblar kayfiyatingizni buzishga, asabingizni egovlashga harakat qilib ko'rishlari mumkin. Sir boy bermang. Muhabbatda faqat yon berish, tinglovchi vazifasini o'tashgina sizga yorqin lahzalarni hadya eta oladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)


5 dekabrda ish joyingizda favqulodda martabangiz osha boshlaganiga guvoh bo'lasiz. Bunaqasi hech qachon bo'lmagani rost. Shuning uchun ham xursandligingizdan, baxtdan yorilay deysiz. Pul masalasida ham omadingiz chopadi. Turmush qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida romantik tanishuvlarni boshdan o'tkazishadi. Hushyorlik bilan o'zingizga yoqqanini tanlash imkoniga egasiz. Shunday tanlangki, keyinchalik afsuslanib qolmaydigan bo'ling. Baxtingizni bersin!<

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)


Kunning birinchi yarmida azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanishi kutilmoqda. Buning uchun hech bir harakat sodir etmaysiz. Orzu intihosining o'zi qarshingizda hozir bo'ladi. Xudo beraman desa shu-da!.. Bugun yangi ishga o'tish, qo'shimcha bilimlar olish va o'z manfaatingizga mos keladigan tanishuvlarni tashkil etish muvaffaqiyatli kechadi. Professional kasbingiz bilan bog'liq ishga oid yangi g'oyalarni kechki payt o'ylab topasiz. Salomatlikni yanada yaxshilash uchun to'yib uxlashingiz kifoya qiladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)


5 dekabr kuni hamkasblar va do'stlarning fikr-mulohazalarini inkor etishga urinmang. E'tibor va hurmatni yo'qotishingiz mumkin. Garchi o'zingizni buyuk daho deb hisoblasangiz ham ularning fikrlarini hurmat qiling. Texnika vositalari bilan ishlashga to'g'ri kelsa, ehtiyot bo'ling. Kechqurun yangi uyga ko'chib o'tishingiz va yirik xaridlarga qo'l urishingiz kutiladi. Sog'lig'ingizni ehtiyot qiling. Behuda hech kimni ranjitmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)


Ish yoki o'qish bilan bog'liq yangi g'oyalaringiz, rejalaringiz bo'lsa, ularni hamkasblar, sinfdoshlar, kursdoshlar bilan albatta o'rtoqlashing. Tushdan keyin ko'nglingizning bir chetida berkinib yotgan ezgu niyatingiz ushalishi mumkin. Bu pul bilan bog'liq bo'lsa, pullarni zahirada saqlang. Yaqinda yangi yil bayrami. Bayram kunlari pulsiz qolib ketishdan saqlaning. Kechqurun yoqimli bir davraga tushib qolishingiz ehtimoli bor.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)


5 dekabrda ko'plab yoqimli xabarlar eshitishingiz kutiladi. Bir haftadan beri kayfiyatingizda tushkunlik hukmron edi. Nihoyat o'sha xabarlar sharofati bilan kayfiyatingiz ko'tarila boshlaganini his etasiz. Kun davomida o'zingizga yoqqan ishlarnigina ado etishingiz tavsiya qilinadi. Lekin birdaniga bir necha ishlarni baravar amalga oshirishga urinmang. Muvozanatni yo'qotishingiz mumkin. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanishi, ba'zilarning qo'liga kimdir bir dasta pul tutqazishi mumkin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)


Ertalabdan rahbarlar sizni maqtab, olqishlarga to'ldirishsa ham o'zingizni jiddiy tutishga harakat qiling. Maqtovlarga arziysiz. Ammo ba'zi hamkasblarga bo'shashishingiz, mamnun tortishingiz yoqib tushmasligi mumkin. O'ng ko'zning chap ko'zga do'stlik qilmasligi shu-da. Oila qurmagan bo'lsangiz, muhabbatda omadingiz chopadi. Tanlaganingizni obdon surishtirishga uyalmang. Bu ishingiz kelajakda o'z mevasini albatta beradi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)


5 dekabr kuni chayon burji vakkillarining aksariyati ishxonada o'zini topilmas, tengsiz xodim sifatida baholay boshlashi mumkin. Ammo bu ishingiz o'zingizga dushmanlik qilishi muqarrarligini unutmang. Kamtarlik haqiqiy insonlar ziynatidir. Hasadgo'ylar esa arzimas xatoingizni kutib yashashadi. Ularga bahona topib berishdan tiyiling. Badavlat odamlar bilan suhbatlashishga to'g'ri kelsa, tinglovchilikdan nariga o'tmang. Salomatligingizning qadriga yetishingiz tavsiya qilinadi.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)


Nimaiki ishga qo'l urmang qarindoshlar yordamiga suyaning, keyin afsusda qolmaysiz. Hatto, moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ham ular ko'magiga muhtoj bo'lasiz. Qiyin vaziyatlarda qolsangiz, bu holatingizdan orlanmang. Xudo har qanday odamni shunday vaziyatga tushirib qo'yishi mumkin. Kimdir bankdan kredit olishni mo'ljallagan bo'lsa, ishi o'ngidan keladi. Biroq oldin obdon o'ylab ko'ring. Balki kreditsiz bu muammoni hal qilsa bo'lar?.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)


5 dekabrda nafaqat ishxonadagi hamkasblar, balki butun olam qarshingizda tiz cho'ksa arziydi. Ishchanligingiz, professionalligingiz, mehnatsevarligingiz sizni martabaning shunday yuqori cho'qqilariga chiqarib qo'yadi. Faqat pullarni huda-behuda sarflashdan tiyiling. Yangi yil bayramiga deb yaxshi niyatda bir qismini olib qo'ying. Muhabbatda muammolar bor, ammo ularning yechimini topsa bo'ladi. O'zingiz chin dildan xohlasangiz bas.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)


Bugun bo'sh vaqtingiz mo'l bo'lishi kutilmoqda. Biroq uni aql bilan sarflashga harakat qiling. Shunday reja tuzingki, bo'sh vaqtingizda miriqib dam olishga va yaxshi insonlar bilan suhbat qurishga ulguradigan bo'ling. Ishingiz bilan bog'liq yangi loyihalarni sira ikkilanmasdan hayotga tadbiq etish harakatiga tushavering. Omad sizga albatta kulib boqadi. Kechqurun yanada muhimroq va shuhrati baland bir ishga qo'l urishingiz mumkin. Serqatnov yo'llarda juda ehtiyot bo'ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)


5 dekabr kuni o'zingizga yoqadigan, har gapida alohida mazmun zohir bo'lgan odamlar tomon talpina boshlaysiz. Buni yaxshi o'ylabsiz. Ular sizni depressiya holatiga tushishdan asraydi. Moliyaviy masalada omad sizdan vaqtincha yuz o'girishi mumkin. Lekin tushkunlikka tushmang. Kimdir sizdan olgan qarzini qaytaradi-yu, hammasi joyiga tushadi.
Категория: Muchallar haqida / Мучаллар хакида | Просмотров: 17 | Добавил: ADMINISTRATOR | Теги: Munajjimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *: