Регистрация
Меню сайта
Новости сайта
Статистика
0

Noyabrda Toshkentda “Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” xalqaro forumi bo`lib o`tadi

Автор: Activeкатегория: Texnoдата: 19-Октябрь-2016, 12:53

2016 yilning 3-6 noyabr kunlari Toshkentda "Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar” xalqaro forumi bo`lib o`tadi

SAIPRO axborot reyting agentligi Forum tashkilotchisi bo`lib, tadbir O`zbekiston Respublikasi elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi rasmiy ko`magida o`tkazilmoqda.

Tadbir bosh homiysi – "Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ XK, homiylar qatorida  "O`zbekiston kabel televideniesi” va "ZO'R TV” telekanali bor. Tadbirning telekommunikasiya hamkori- «UMS» mobil aloqa operatori.«UZREPORT TV» telekanali mazkur forum bosh axborot hamkori bo`ldi.

Forumning bosh vazifasi mass-media bozori turli ishtirokchilarining o`zaro hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun interaktiv maydonni yaratish, media-kontentni shakllantirish va  etkazishga innovasiya texnologiyalarini joriy etishga yordam berish, shuningdek, reklama va marketing strategiyalari va mamlakat mediabozorini rivojlantirish sohasida tajriba va g`oyalarni almashishga yordam berishdir.

Tadbirning asosiy auditoriyasini teleradiokompaniyalar va boshqa media kompaniyalar, reklama va kreativ agentliklar, kabel, raqamli va yo`ldosh operatorlari, telekommunikasiya jihozlari va dasturiy ta`minotni ishlab chiqaruvchilarning rahbarlari va etakchi mutaxassislari,  media-kontent prodyuserlari va distribyutorlari, shuningdek, tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha TOP-menedjerlaridan iborat. 

Tadbirda ishtirok etish uchunmamlakatimiz media tuzilmalari rahbarlari bilan birga tele- va radioeshittirish, "digital”va boshqa media sohasidagi xalqaro nufuzli professional ekspertlar, reklama, marketing, IT va telekommunikasiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar ham jalb etilgan. Ular orasida «Discovery Communications» (Germaniya), «Fremantle Media», «Thompson Reuters» (Buyuk Britaniya), «Huawei» (Xitoy), «Gazprom-Media Razvlekatelnoe televidenie», «Soft-Lab NSK», «Moskovskiy Teleport», «Sony Electronics» (Rossiya), «Saran Media» (Malta), «Live U» (Isroil), «TNS Central Asia» (Qozog`iston), «Dentsu Inc.» (Yaponiya) va boshqa ko`plab kompaniyalarning vakillari bor.

Forum doirasida mass-media, reklama va marketing bozoridagi rivojlanishda  birinchi darajali ahamiyatga ega bo`lgan mavzular, shu jumladan, jahon va mamlakatdagi media sanoatning rivojlanish istiqbollari; media-kontentni shakllantirish va etkazish sohasidagi innovasiyalar; teleauditoriyani o`lchashdagi xususiyatlar; reklama va marketing strategiyalarining asosiy trendlari; media agentliklarining bugungi kun voqeligida ishlash istiqbollari va boshqa masalalarning muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 

Forum qatnashchilarini noyob kinonamoyish kutmoqda! Jahon reklamasi durdonalari - Jan Mari Bursikoning mashhur kolleksiyasidan o`rin egallab olgan Er kurrasining  barcha burchaklaridan olingan ajoyib roliklar "Reklama shinavandalari  tuni”(Noch pojirateley reklam) loyihasining tashkilotchilari tomonidan maxsus havola etiladi.

Forum tashkiliy qo`mitasi media, marketing va reklama sohasidagi professionallarni, shuningdek, shaxsiy tashabbuslarini samarali ravishda olg`a surishdan manfaatdor bo`lgan barchani tarbirda qatnashishga taklif qilishdan mamnunligini ma`lum qiladi. Forumda qatnashish uchun arizalarni qabul qilish shu yilning 25-oktyabriga qadar http://media.saipro.uz saytida amalga oshiriladi.

Manba: Darakchi.uz

Теги: reklama va zamonaviy texnologiyalar, Noyabrda Toshkentda “Media

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

Популярные теги