Nogironligi uchun rafiqasi tashlab ketsa-da, u taslim bo`lmadi - Dunyo news - - Uzbekona.Uz | Развлекательный портал
Регистрация
Меню сайта
Онлайн видео
Новости сайта
Статистика
Онлайн всего: 8
Гостей: 7
Пользователей: 1
dapedcaw
Сегодня, посетители: Eduardmes, WebPilotFup, dapedcaw, WitmarkEnrix, BrontobbVect, DerekRory, TarokNeta, PeerBog, Jensbons, GrimFino, WilliamBip, BrontobbVow, Davidbiase, Zubenbast, VibaldLich, cristinagk60, Shaced, Tuwassn, RakusMn, jaynepn60, SegrusSew, RichardLat
0

Nogironligi uchun rafiqasi tashlab ketsa-da, u taslim bo`lmadi

Автор: Activeкатегория: Dunyo newsдата: 30.11.2016, 18:29

Qirg`izistonlik Rohatbek bundan olti yil ilgari mol boqish bilan shug`ullanardi, soppa-sog` yigit baxtsiz hodisa tufayli 1 guruh nogironiga aylandi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri. 

Usenxo`jaev Rohatbek 1983 yilda Qirg`izistonning At-bashi tumanida dunyoga kelgan. Baxtsiz hodisa tufayli to`shakka mixlanib qolgandan keyin u yangi kasbni egallashni niyat qildi.

Ayni paytda u charmdan qamchi, sumka, hamyon, telefon g`iloflarini, kamar, otning egar-jabduqlarini tayyorlamoqda. U yaratgan sumkalar 15 ming qirg`iz so`mi (200 $ AQSh dollari) deb baholanmoqda. Rohatbek yaratgan buyumlarni asosan xitoylik qirg`izlar sotib olib, dunyoga tarqatmoqda.

“Mol boqib yurganimda, yiqilib tan jarohati oldim, uzoq vaqt to`shakka mixlanib qoldim. Onam juda qiynaldi, nogiron bo`lib qolganimning ikkinchi yili rafiqam tashlab ketdi. Bolalar men bilan qoldi. Onamning ko`z yoshlariga chidolmaganimdan, bolalarimni boqish maqsadida o`zimni qo`lga oldim. Avvaliga qo`l mehnati orqali topgan pullarim faqat oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun etdi. Keyinchalik onamga atab, charmdan sumka tikdim. Qarasam, juda chiroyli chiqdi. Shundan keyin ancha sumka tikdim, ammo ular sotilmadi. Ularni nima qilsam ekan, deb o`ylab turganimda, tumanimizda festival o`tkazildi. Yaratgan sumkalarimni ko`rgazmaga qo`ydim, ular festival ishtirokchilarining e`tiborini tortdi”, deb hikoya qildi Rohatbek.  

Hozirda u yaratgan sumkalar 600 dan 15 ming qirg`iz so`miga (10 AQSh dollaridan  200 dollargacha) bo`lgan narxda sotilmoqda.  Sumka savdosidan yaxshigina daromad olmoqda.

“Hozircha vrachlar oyoqqa turishim haqida aniq bir xulosaga kelgani yo`q. Ba`zilari tuzalasan, desa, ba`zilari umid yo`q, deydi. Ayni paytda  men bu haqda o`ylab, siqilgandan ko`ra, bolalarimning kelajagini ta`minlashim kerakligi haqida ko`proq o`ylayapman...” dedi Rohatbek.

Источник: Даракчи.уз
Загрузка...

Теги: tashlab, Nogironligi, taslim, bolmadi, ketsa-da, rafiqasi, UCHUN

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0

Добавить комментарий


Имя:*
E-Mail:
Комментарий:
Подписка:1
Код *:

ФОТОРЕПОРТАЖ