Kirish | A'zo bo'lish
Foydali maslahat
(18+) Vidolar

Поиск по сайту

Меню
Главная
Музыка
Клипы
» Uzb News
Navoiyda hokim ustidan sudga arz qilgan fermerning jasadi topildi
Navoiyda hokim ustidan sudga arz qilgan fermerning jasadi topildi
Дата: 10.12.2020, 19:20

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga yetmay fermerning jasadi tumanning «Polvonota» MFY hududidan o'tgan ariqdan topilgan, deb xabar qilmoqda «Daryo.uz» nashri..

Ayni vaqtda Bosh prokuratura matbuot xizmati fermerning jasadi 2020 yilning 5 noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqladi. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazilib, natijasiga ko'ra, jinoyat ishi qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida qaror qabul qilinganini bildirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o'limi yurak nafas yo'llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tug'ilayotgani, ularning vajlarini to'laqonli tekshirilishini ta'minlash maqsadida jinoyat ishi qo'zg'atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilingan. Hozirda qo'shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazilmoqda.

Yangi she'rlar

Diqqat diqqat! Xato va kamchiliklar shikoyatlar uchun Admin bilan aloqa uchun..! bu yerni bosing!


Поделиться:

Метки: jonoyatchilik, Yurtimizda | Ko'rildi: 51
Категория
O'zbekiston Yangiliklar
Dunyo Yangiiklar
Sport Yangiliklar
Texnologiya Olami
Shou-Biznes Olami
Avto Yangiliklar
Pazandachilik (sirlari)
Qiziqarli (Ma'lumotlar)
Foydali maslahatlar
PREMIERA MP3, KLIP,
Статистика

Uzbekona.Uz | Designed by MavrikКонтакты